tgindex
Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal

Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal

Статистика

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin👉 @adchtirektor_bot

Последний пост
10 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 303
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 506
21 постов
Вовлечённость
192,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 10 июл.1 812345

    🎓 Aziz bitiruvchilar! Bugun Andijon davlat chet tillari instituti hayotida unutilmas, quvonchli va hayajonli kunlardan biri. Joriy yilda institutimizni jami 915 nafar talaba, jumladan, 874 nafar bakalavr hamda 41 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Bitiruvchilarimiz erishgan natijalar barchamizga katta faxr va mamnuniyat bag‘ishlaydi. Xususan, bakalavriat bosqichini tamomlayotgan talabalarimizning bir qanchasi imtiyozli diplom sohibi bo‘lmoqda. Shuningdek, bakalavr bitiruvchilarimizning deyarli barchasi xorijiy va milliy til sertifikatiga ega boʻlib, ularning 469 nafari C1 darajasini olgan. Magistratura bosqichini tamomlayotgan 41 nafar bitiruvchimizning barchasi C1 darajasidagi til sertifikatlariga ega holda institutni bitirmoqda. Bu ko‘rsatkichlar yoshlarimizning bilim olishga, xorijiy tillarni puxta egallashga va o‘z ustida muntazam ishlashga bo‘lgan yuksak intilishining amaliy natijasidir. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, institutimiz bitiruvchilari ikkita til va bitta hunarni egallagan, zamonaviy bilim, malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar sifatida katta hayot sari qadam qo‘ymoqda. Aziz bitiruvchilar! Bugun qo‘lingizga olayotgan diplomingiz ta’lim yo‘lingizning yakuni emas, balki hayotingizdagi yangi va mas’uliyatli bosqichning boshlanishidir. Institutimizda olgan bilimlaringiz, o‘rgangan xorijiy tillaringiz, egallagan kasb-hunar va amaliy ko‘nikmalaringiz kelgusidagi faoliyatingizda sizlarga mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Qayerda va qanday lavozimda faoliyat yuritishingizdan qat’i nazar, Vatanimizga sadoqatli, halol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘ling. Doimo izlaning, o‘z ustingizda ishlang, bilim va malakangizni oshirishdan to‘xtamang. Ishonamanki, sizlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan, mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda munosib namoyon etadigan, bilimli va fidoyi mutaxassislar bo‘lib yetishasiz. Barcha bitiruvchilarimizni, ularning ota-onalarini hamda ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ustoz-murabbiylarni ushbu unutilmas kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bitiruv ayyomingiz muborak bo‘lsin! Oq yo‘l sizlarga, aziz bitiruvchilar! Dilshodbek Rustamov, Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 30 июн.2 105394

    Aziz yoshlar, qadrli talabalar! Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Yoshlik — inson hayotining eng navqiron, serg‘ayrat, ulkan orzu va ezgu maqsadlarga boy davridir. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangi O‘zbekistonning kelajagi, avvalo, bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va fidoyi yoshlar qo‘lidadir. Sizlarning har bir yutug‘ingiz, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi. Andijon davlat chet tillari institutida tahsil olayotgan yoshlar ham chet tillarini puxta egallab, xalqaro bilim va tajribalarni o‘zlashtirib, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman. Aziz yoshlar! Doimo izlanishdan, bilim olishdan, yangilik yaratishdan va yuksak marralarni zabt etishdan charchamang. Vaqtingizni qadrlang, o‘z oldingizga ulug‘ maqsadlar qo‘ying va ularga erishish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qiling. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, o‘qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘oyalar va yorqin kelajak tilayman. Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 27 июн.1 400302

    HURMATLI MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI! Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi davrida jurnalistlar, muharrirlar, noshirlar, matbuot kotiblari, televideniye va radio, internet nashrlari hamda boshqa ommaviy axborot vositalari vakillarining jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyati tobora ortib bormoqda. Sizlarning xolislik, tezkorlik va haqqoniylik tamoyillariga asoslangan faoliyatingiz yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz ta’lim tizimida ro‘y berayotgan yangilanishlar, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, ma’rifiy va xalqaro faoliyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanitishda ommaviy axborot vositalari bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Hurmatli soha vakillari! Sizlarning har bir tayyorlagan maqolangiz, lavhangiz va axborot materialingiz ortida katta mehnat, izlanish, professional mahorat va mas’uliyat mujassam. Jamiyat manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli axborot ko‘prigini yaratish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz har qanday yuksak e’tirofga munosibdir. Ushbu qutlug‘ kasb bayramida barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ijodiy g‘oyalar va zafarlar tilayman. Qalamingiz hamisha o‘tkir, so‘zingiz ta’sirchan, kasbiy faoliyatingiz esa xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga xizmat qilaversin! 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Rustamov ✅ @d_roostamov

  • 26 мая2 683773

    Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz talabalar! Avvalo, sizlarni mehr-oqibat, ezgulik, saxovat va hamjihatlik timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Qurbon hayiti xalqimizning asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan yuksak ma’naviy qadriyatlari, insonparvarlik fazilatlari, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat an’analarini yanada mustahkamlaydigan qutlug‘ bayramdir. Bu muborak kunlarda har bir xonadonga fayz-u baraka, oilalarga tinchlik-xotirjamlik, qalblarga ezgulik va shukronalik tuyg‘ulari kirib boradi. Bugungi kunda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni ilmli, ma’naviyatli, vatanparvar va dunyoqarashi keng insonlar etib tarbiyalash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor, xalqaro hamkorlikning kengayib borayotgani barchamizdan yanada mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlikni talab etadi. Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida yoshlarimizga puxta bilim berish, ularni zamonaviy fikrlaydigan, xorijiy tillarni mukammal egallagan, milliy qadriyatlarga sodiq va xalqaro maydonda munosib o‘rin egallay oladigan yetuk mutaxassislar sifatida tarbiyalash borasida astoydil mehnat qilmoqda. Qurbon hayitining ulug‘ hikmati ham insonlarni ezgulikka, birdamlikka, mehr-shafqatga, o‘zaro yordam va hamkorlikka chorlaydi. Shu bois bu ayyomda ota-onalarimiz, ustozlarimiz, keksalarimiz, yaqinlarimiz holidan xabar olish, muhtojlarga ko‘mak berish, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash xalqimizga xos eng go‘zal fazilatlardan biridir. Aziz hamkasblar, qadrli talabalar! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin. Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin! Dilshodbek Rustamov, Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 4 мая923362

    Respublikamizning markaziy nashrlaridan biri — “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Prezidentimizning 2026-yil 10-apreldagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–58-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Intellektual rivojlanish poydevori” nomli maqolam chop etildi. Maqolada oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini yangi bosqichga olib chiqish, universitetlarning ilmiy salohiyatini kuchaytirish, “5T” tamoyili, ilmiy klasterlar, xalqaro ochiqlik, raqamli boshqaruv va hududiy oliy ta’lim muassasalari oldidagi yangi imkoniyatlar haqida fikr yuritilgan. ✅ @d_roostamov

  • 4 мая1 848374

    Respublikamizning markaziy nashrlaridan biri — “Bugungi O‘zbekiston” gazetasida oliy ta’lim tizimidagi yangi huquqiy asoslar, xususan, yangi “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom”ning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan “Yangi Nizom — yangi sifat bosqichiga huquqiy poydevor” nomli maqolam chop etildi. Mazkur maqolada oliy ta’limda sifat, raqobatbardoshlik, akademik mustaqillik, xalqaro hamkorlik, talaba va professor-o‘qituvchi maqomi bilan bog‘liq muhim jihatlar tahlil qilindi. Zero, bugungi universitetlar — Yangi O‘zbekistonning ertangi ilmiy, ma’naviy va intellektual salohiyatini shakllantiradigan strategik maskanlardir. ✅ @d_roostamov

  • 12 апр.2 251315

    “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Prezidentimiz raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan videoselektor yigʻilishida bildirgan fikrlari munosabati bilan oʻz munosabatim aks etgan maqolam e’lon qilindi. “…Yig‘ilishning eng muhim xulosalaridan biri shuki, sportga endi faqat ommaviylik nuqtayi nazaridan emas, balki uning real ijtimoiy samarasi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Ya’ni sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining o‘sishi o‘z-o‘zicha maqsad emas; asosiy mezon — aholining sog‘lig‘i yaxshilanmoqdami, yurak-qon tomir xastaliklari kamaymoqdami, diabet va jismoniy sustlik ko‘rsatkichlari pasaymoqdami, degan savollarga borib taqaladi.” ✅ @d_roostamov

  • 12 апр.948231из yuz_official

    Спорт – миллат саломатлиги, мамлакат қудрати намойиши 👉 Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/142005 👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/142005 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

  • 19 мар.2 284453

    Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ramazon oyi davomida qalblarimiz poklanib, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Ushbu muborak kunlar har bir xonadonga fayz-u baraka, tinchlik va farovonlik olib kirishini tilayman. Yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat kabi qadriyatlar bardavom bo‘lsin. Ayniqsa, yoshlarimizning ilm olish yo‘lida qilayotgan izlanishlari, ularning yuksak maqsadlari va orzulari doimo qo‘llab-quvvatlansin. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Har bir kuningiz ezgu amallar, yorug‘ niyatlar va quvonchli lahzalarga boy bo‘lsin! Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 7 мар.2 674608

    Hurmatli ayollar! Aziz opa-singillar! Sizlarni kirib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Jamiyatimiz taraqqiyotida, ayniqsa ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat sohalarida xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir. Sizlar o‘z bilim va salohiyatingiz, fidokorona mehnatingiz hamda yuksak mas’uliyatingiz bilan nafaqat institutimiz ravnaqiga, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Andijon davlat chet tillari institutida faoliyat yuritayotgan barcha ayol professor-o‘qituvchilar, xodimalar va talaba-qizlarimiz o‘zlarining intellektual salohiyati, tashabbuskorligi va mehnatsevarligi bilan jamoamiz nufuzini yanada yuksaltirib kelmoqda. Sizlarning bilimli, fidoyi va ma’rifatparvar bo‘lishingiz yosh avlod tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hayotingiz doimo e’tibor, hurmat va mehr bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsin. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 5 мар.1 984323

    AZIZ TALABALAR, BUGUN SIZNING KUNINGIZ! ​Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! ​Bugun — haftaning eng jo‘shqin kuni, oliygohimizda an’anaga aylangan "Payshanba — yoshlar kuni". Ushbu kun doirasida rejalashtirilgan har bir tadbir, sport musobaqasi-yu intellektual o‘yinlar aynan sizning iqtidoringizni yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan. ​Men barcha talabalarimizni bugungi tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlayman. Shuni unutmangki, men har biringiz uchun doimo ochiqman. Sizning har bir murojaatingiz, taklifingiz va tashabbusingiz men uchun g‘oyat muhim. Oliy ta’lim dargohimizni birgalikda yanada rivojlantirishga tayyormiz. 🏆 ​Bugungi sport bayramida siz bilan birga bo‘laman: 🟢​Soat 11:00da: O‘z tashabbusimiz bilan tashkil etilgan Armrestling bo‘yicha viloyat chempionatining tantanali ochilish marosimida ishtirok etaman. Bilagi kuchli yoshlarimizning shijoatini birga kuzatamiz. 🟢​Final bahsi: Institutimiz sport zalida viloyat OTM talabalari o‘rtasida kechayotgan Qo‘l to‘pi chempionatining hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Quvonarlisi, bizning jamoamiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Men shaxsan jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyuraman va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etaman. ​Aziz bilimdonlar va sportsevar yoshlar! Omad sizga yor bo‘lsin. Sizning yutug‘ingiz — institutimiz yutug‘idir! ​Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov, Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 28 февр.2 214386

    Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti jamiyatimizdagi eng muhim bir haqiqatni ochiq-oydin ko‘rsatdi: yangi O‘zbekistonning ertangi kuni bugungi yoshlarimizning bilimida, kasbida, g‘oyasida va ijtimoiy mas’uliyatida mujassam. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz deb bejiz ta’kidlamadi. Ushbu muloqotda bildirilgan fikrlar, taklif va tavsiyalarga "Yangi O‘zbekiston" gazetasida o‘z munosabatimni bildirdim. ✅ @d_roostamov

  • 27 февр.2 6294713

    ​ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI REKTORI, PROFESSOR DILSHODBEK ABDUVAHIDOVICH RUSTAMOVNING TALABA-YOSHLARGA MUROJAATNOMASI ​Aziz hamkasblar! ​Qadrli ota-onalar hamda shijoatli talaba-yoshlar! ​Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan samimiy muloqoti barchamizni, ayniqsa, oliy ta’lim fidoiylarini g‘oyat to‘lqinlantirib yubordi. ​Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 32 ta yirik tashabbus — bu nafaqat yoshlar uchun imtiyoz, balki biz, rektorlar zimmasiga yuklatilgan ulkan mas’uliyatdir. Bizning Andijon davlat chet tillari instituti ham ushbu tarixiy islohotlarning markazida turib, ilm va til o‘rgatish maskanidan — imkoniyatlar va hayotiy yutuqlar maydoniga aylanishi shart. ​Til bilgan — el biladi: Bizning strategik maqsadimiz ​Prezidentimiz xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 ming nafar instruktor shakllanganini alohida e’tirof etdilar. Bu ko‘rsatkichda bizning institut bitiruvchilarining ulushi sezilarli bo‘lishi — bizning sharafli burchimizdir. ​Xalqaro stajirovka: Endilikda institutimizning eng iqtidorli yosh o‘qituvchilari va talabalari AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Singapur kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi. ​“Ko‘mak” va o‘quv markazlari: Biz institut qoshida chekka hududlardagi yoshlarga til o‘rgatuvchi metodik markazlar tarmog‘ini kengaytiramiz. Bu orqali talabalarimiz nafaqat o‘qiydi, balki o‘qituvchi sifatida ilk ish joyi va daromadiga ega bo‘ladi. ​“Mening birinchi kasbim” — Bandlikka kafolat ​Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida bitiruvchilarimiz uchun stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Talabalarimiz o‘qishni tamomlamasdanoq nufuzli tashkilotlarda amaliyot o‘tab, oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya olishlari uchun barcha jamoatchilik aloqalarni safarbar etamiz. ​Dual ta’lim: Biz ham ilg‘or tajribalardan namuna olgan holda, talabalarimizni maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlaridan tashqari bevosita xalqaro kompaniyalar hamda turizm klasterlarida ham o‘qish, ham ishlash tizimiga to‘liq o‘tkazamiz. ​Tadbirkor talaba — institut faxri ​Oliygohimizda faqat tilshunoslar emas, balki til biladigan tadbirkorlar avlodi shakllanadi. ​Institutimizda “Yoshlar biznes inkubatori” faoliyatini yangi bosqichga ko'taramiz. Talabalarning innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya jalb qilishda ko‘maklashamiz. ​Chet tili sohasida xususiy markaz ochmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarimizga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda olishda institut kafillik va metodik yordam beradi. ​Volontyorlik va ma’naviyat: Qalb uyg‘oqligi ​Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, volontyorlik — bu olijanoblik maktabi. ​Andijon davlat chet tillari instituti qoshida “Volontyorlar markazi” tashkil etilib; ekologiya, ta’lim va ijtimoiy ko‘mak yo‘nalishlarida faol bo‘lgan talabalarimizga “Ijtimoiy faollik kartasi” orqali rag‘batlantirish tizimini joriy qilamiz. ​Kitobxonlik: Institut kutubxonasini dunyoning eng sara 100 ta asari bilan boyitish bilan birga, tarjimonlik yoʻnalishlarimiz talabalari ushbu asarlarni o‘zbek tiliga o‘girishda faol ishtirok etishadi. Eng faol kitobxonlarimiz esa 10 million so‘mlik maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi. ​Qadrli yoshlar! ​Sizning har bir g‘oyangiz, har bir intilishingiz shaxsan davlatimiz rahbari va bizning e’tiborimizda. Institutimiz eshiklari sizning startaplaringiz, ilmiy tadqiqotlaringiz va kreativ tashabbuslaringiz uchun har doim ochiq. Har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni”da men shaxsan har biringizning dard-u taklifingizni eshitishga tayyorman. ​Bizning maqsadimiz aniq: Institutimiz bitiruvchisi — dunyo bilan muloqot qila oladigan, mustaqil fikrli, tadbirkor va vatanparvar shaxs bo‘lishi kerak! ​Yangi O‘zbekistonni, yangi marralarni birgalikda zabt etamiz! ​Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov — Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor ✅ @d_roostamov

  • 18 февр.4 113728

    Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, institutimiz jamoasi va qadrli hamkorlar! Kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sizlarni Andijon davlat chet tillari instituti nomidan samimiy muborakbod etaman. Ramazon oyi – ma’naviy poklanish, sabr-toqat, mehr-oqibat va saxovat fazilatlari yanada yuksaladigan ulug‘ va barakali oy hisoblanadi. Bu muborak davr inson qalbini ezgulikka chorlab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlaydi. Ayniqsa, ta’lim maskanlarida ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalash jarayonida Ramazon oyining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi yuksak ma’naviyat, xalqaro hamkorlik va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Ishonchim komilki, ushbu muborak oy har birimizga yangi kuch-g‘ayrat, mas’uliyat va ilhom baxsh etadi, ta’lim va ilmiy faoliyatimizda yanada yuksak natijalarga erishishimizga xizmat qiladi. Yaratgandan qilgan ibodatlaringiz va ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lishini tilayman. Har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, qut-baraka va farovonlik yor bo‘lsin. Yurtimiz ravnaqi, yoshlarimizning porloq kelajagi yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarimiz bardavom bo‘lsin. Muborak Ramazon oyi barchamizga fayzli va barakali bo‘lsin! Hurmat bilan, Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Rustamov ✅ @d_roostamov

  • 28 янв.3 9664431

    ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI REKTORINING PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HAMDA TALABA-YOSHLARGA MUROJAATI ​Qadrli hamkasblar, aziz ustozlar! Kelajagimiz tayanchi bo‘lgan shijoatli talabalar! ✅ ​Bugun biz shiddat bilan o‘zgarayotgan, bilim va intellektual salohiyat asosiy qadriyatga aylangan davrda yashayapmiz. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, "Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakuniy va hal qiluvchi bo‘g‘inidir". Ushbu strategik maqsad yo‘lida Andijon davlat chet tillari instituti nafaqat viloyatimiz, balki respublikamizda munosib o‘rin egallashga intilmoqda. 👍 ​Bizning asosiy vazifamiz — jahon andozalariga mos, tillarni mukammal egallagan va zamonaviy tafakkurga ega kadrlarni tarbiyalashdir. Biroq taraqqiyot to‘xtovsiz harakatni talab etadi. Qayerda tahlil bo‘lsa, o‘sha yerda o‘sish bo‘ladi. 🟢 ​Hurmatli jamoa! 🇺🇿 ​Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan Umummilliy so‘rovnoma biz uchun juda muhim imkoniyatdir. Bu shunchaki statistik ma’lumotlar yig‘indisi emas, balki: ➡️ ​Sizning ovozingiz: Institutimizdagi ta’lim muhitiga berilgan xolis bahoyingiz; ➡️ ​Ochiqlik va Shaffoflik: Mavjud kamchiliklarni birgalikda aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘li; ➡️ ​Kelajak loyihasi: Ertangi ta’lim sifatini belgilovchi tahliliy asosdir. 📍 ​Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, ushbu so‘rovnoma mutlaqo anonim va maxfiy tarzda o‘tkaziladi. Unda bildirilgan fikrlar hech kimga qarshi ishlatilmaydi, aksincha, har bir taklif institutimiz rivoji uchun xizmat qiladi. 🟢 ​Aziz talabalar! 🖐 Sizning bugungi faolligingiz — ertangi muvaffaqiyatimiz garovidir. O‘zingiz tahsil olayotgan dargohning nufuzi, sharoitlari va ta’lim darajasini yanada yuksaltirishda befarq bo‘lmang. Sizning har bir "belgi"ngiz ortida ertangi kungi ADCHTI qiyofasi namoyon bo‘ladi. 🤝 ​Men barcha professor-o‘qituvchilarimizni, aziz ishchi-xodimlarimizni va qadrdon talabalarimizni ushbu umummilliy jarayonda yuksak fuqarolik mas’uliyati bilan ishtirok etishga chaqiraman. ​📑 So‘rovnomada qatnashish uchun havola: 🔗 https://survey.hemis.uz/ 🌎 ​Keling, institutimiz kelajagini birgalikda quramiz! Zero, taraqqiyot — befarq bo‘lmaganlar bilan boshlanadi! ​Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov, Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor ✅ @d_roostamov

  • 15 янв.3 3274711

    Men ro'yxatdan o'tdim, Sizchi? ✅ @d_roostamov

  • 14 янв.3 042482

    Hurmatli yurtdoshlar, aziz vatandoshlar! 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sizlarni chin qalbimdan muborakbod etaman. Bu sana — ona yurtimiz mustaqilligi, tinchligi va hududiy yaxlitligini ta’minlab kelayotgan jasur va fidoyi insonlarga bo‘lgan yuksak ehtiromning ramzidir. Bugungi O‘zbekiston tinchligi, osoyishtaligi va barqaror taraqqiyoti Qurolli Kuchlarimizning salohiyati, harbiy xizmatchilarimizning yuksak intizomi, vatanparvarligi va professional tayyorgarligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sizlarning mashaqqatli, ammo sharafli xizmatlaringiz tufayli millionlab yurtdoshlarimiz o‘z hayotini xotirjam, kelajakka ishonch bilan qurmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizning harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat tuyg‘ularining mustahkamlanishi — bugungi ta’lim tizimi va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham bu yo‘nalishda ma’naviy barkamol, intellektual salohiyatli va Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan avlodni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Shu munosabat bilan barcha harbiy xizmatchilarimizni, faxriylarimizni, huquq-tartibot va xavfsizlik organlari xodimlarini, shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xizmat va hayotingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Vatanimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan sharafli xizmatlaringiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 31 дек.3 055673

    🎉 Kirib kelayotgan Yangi yil muborak! Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar va qadrli talabalar! Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan butun Oʻzbekiston xalqini, Andijon davlat chet tillari instituti jamoasini, aziz talabalarimizni hamda ularning barcha oila a’zolarini chin qalbimdan muborakbod etaman. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi tub yangilanishlar mamlakatimizning kelajagi – yosh avlod uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Oliy ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar, ochiqlik va xalqaro hamkorlik muhiti ilmiy va kasbiy salohiyatimizni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bugun institutimiz jamoasi ham ana shu taraqqiyot yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Ilmga chanqoq talabalarimiz, zamonaviy fikrlovchi ustozlarimiz va faol tadqiqotchilarimiz yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganidan faxrlanamiz. Yangi yil barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga xotirjamlik va ishonch olib kelsin. Har biringizning ezgu orzu va maqsadlaringiz ro‘yobga chiqadigan, muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘lishini tilayman. Yangi yil muborak bo‘lsin! 🎊 Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

  • 27 дек.3 2335210

    Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamovning Prezident Murojaatnomasiga munosabati 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va butun xalqimizga yo‘llangan Murojaatnoma — bu yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, har tomonlama islohotlar yo‘lidagi aniq strategiyasi bayonoti bo‘lib, har bir soha vakilining faoliyatida yo‘nalishchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Murojaatnomada ta’lim, ilm-fan, yoshlar siyosati, milliy taraqqiyot va barqaror jamiyat barpo etish bo‘yicha bildirgan ustuvor yo‘nalishlar institutimiz uchun ham asosiy vazifalardir. Prezidentimizning murojaatida so‘nggi yillarda erishilgan iqtisodiy barqarorlik, jahon iqtisodiyotidagi murakkab sharoitlarda ham Vatanimizning muvaffaqiyatli taraqqiyoti ta’kidlangan. Shuningdek, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining markazida ekanligi qayd etilgan. Biz institut sifatida Prezident Murojaatnomasida belgilangan yuksak maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z faoliyatimizda amalga oshirishni asosiy vazifamiz deb bilamiz. Xususan: 🟢 Ta’lim sifati va xalqaro standartlar darajasini oshirish, talabalarimizni zamon talablari darajasida, milliy qadriyatlar ruhida yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash; 🟢 Ilmiy salohiyatni mustahkamlash, innovatsion izlanishlarni kengaytirish va ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish; 🟢 Yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni dolzarb masalalar, milliy taraqqiyot dasturlari va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etish; 🟢 Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy adolatni kuchaytirish va har bir fuqaroga teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish yo‘lida institutning ijtimoiy salohiyatini oshirish. Prezidentimizning murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishida institutimizning barcha imkoniyatlari safarbar etiladi. Bizning ilmiy-pedagogik jamoamiz bu yo‘nalishlarda izchil ish olib boradi, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlaydi, talabalarimizni global bilim iqtisodiyotiga tayyorlaydi hamda milliy manfaatlarimizni mustahkamlashga xizmat qiladigan salohiyatni rivojlantiradi. Tashabbuskor, maqsadli va jamiyatga xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya muhiti yaratish — institutimizning eng oliy maqsadi. Bilim berishda qat'iylik, milliy qadriyatlar hamda zamonaviy bilim standartlarini uyg‘unlashtirish orqali biz Murojaatnomada belgilangan yuksak maqsadlarga erishishda faol ishtirok etamiz va uni amaliyotga tatbiq etamiz. Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov. @d_roostamov

  • 10 дек.3 627483

    Hurmatli institut jamoasi, aziz ustozlar va talabalar! Sizlarni 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Davlat madhiyasi — bu milliy g‘ururimiz, xalqimizning orzu-umidlari, tarixiy taqdiri va kelajakka bo‘lgan buyuk ishonchini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir. Unda Vatanga muhabbat, mustaqillik ruhi, tinchlik va taraqqiyotga intilish, milliy birlik va fidoyilik kabi yuksak g‘oyalar musiqiy va badiiy timsollarda mujassam bo‘lgan. Bugungi kunda Davlat madhiyasi yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy iftixor, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, chet tillari sohasida faoliyat olib borayotgan bizning institut jamoasi uchun milliy qadriyatlarimizni chuqur anglagan holda, ularni dunyoga to‘g‘ri va munosib targ‘ib eta oladigan barkamol kadrlar tayyorlash muqaddas burchimizdir. Fursatdan foydalanib, barcha ustozlarimizga, xodimlarimizga va talabalarimizga mustahkam sog‘lik, yuksak zafarlar, ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda ulkan omadlar tilayman. Davlat madhiyamiz doimo qalblarimizni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ulari bilan jo‘sh urdirib tursin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal — tgindex