АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети
СтатистикаУшбу канал Роман-герман ва славян тиллари факультети талабалар маънавий-маърифий хаётини ёритиш, янгилик, эълонларни етказиш мақсадида ташкил этилди.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- az
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 145
- 1/48двое суток
- 166
- 1/72трое суток
- 179
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️⚡️⚡️E’LON ⏱2026-yil 22-avgust kuni soat 11:00 da (102-C xonada) Andijon davlat chet tillari institutida “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 👩💻 Kun tartibida Numonova Saidaxon Sotvoldiyevnaning 10.00.11 – "Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan quyidagi mavzudagi dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi: ✅ Mavzu: "Oilaviy diskursda er-xotin muloqot strategiya va taktikalarining kompyuter lingvistik tadqiqi" Barcha soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙 Hurmatli va faol Andijon davlat chet tillari instituti talabalari! ⚠️ Ma'lumki, har o‘quv yili yakunida talabalarning o‘quv, ilmiy va ijtimoiy faolligi natijalariga ko‘ra davlat grantlarini qayta taqsimlash jarayoni amalga oshiriladi. ❓ Shu bilan birga, ko‘plab talabalarda: 💭 Ballarni qanday to‘plash mumkin? 💭 Qaysi faoliyat turlari baholanadi? 💭 Hujjatlarni HEMIS tizimiga qanday va qachon yuklash kerak? 💭 Qaysi loyiha, tanlov va tadbirlarda ishtirok etish maqsadga muvofiq? ❓ kabi savollar yuzaga kelmoqda. ⁉️ Mazkur savollarga amaliy yechim berish hamda "Ijtimoiy faollik indeksi"ning 11 ta mezoni bo‘yicha talabalarga metodik va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi huzurida maxsus maslahat guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi. ⌛ Guruhda Sizni nimalar kutmoqda? ✅ 11 ta mezon bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar – kitobxonlik, GPA ko‘rsatkichi, volontyorlik, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport, madaniy tashriflar hamda boshqa yo‘nalishlarda ball to‘plash tartibi; ✅ Loyiha va tanlovlar taqvimi – institut, viloyat va respublika miqyosida tashkil etiladigan tanlovlar, olimpiadalar, forumlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar haqida tezkor ma'lumotlar; ✅ Metodik va uslubiy maslahatlar – bo‘lim mutaxassislari tomonidan HEMIS tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish va portfelni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar. 🔈 Agar Siz: ✔️ davlat granti asosida tahsil olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz; ✔️ "Ijtimoiy faollik indeksi"da yuqori natijalarga erishishni istasangiz; ✔️ o‘qish, ilm-fan, sport, ijod va jamoat ishlarida faol bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu maslahat guruhi aynan Siz uchun tashkil etilgan. ⭐ Andijon davlat chet tillari instituti talabalarining "Ijtimoiy faollik indeksi" maslahat guruhi: https://t.me/adchti_tifi 👑 Faolligingiz bugungi yutug‘ingizni, bugungi mehnatingiz esa ertangi muvaffaqiyatingizni belgilaydi! ⚫️ Bizni ushbu sahifada kuzating:✅Telegram
🔈 Yotoqxonaga joylashish uchun ariza berish boshlandi 1-avgustdan yuqori kurs talabalari uchun, yotoqxonaga ariza topshirish jarayoni start oladi. 1-kurs talabalari uchun esa yotoqxonaga ariza topshirish jarayoni mandat natijalari aniq bo’lgandan so’ng boshlanadi. 🔆 my.gov.uz portal orqali ariza yuborish 🔆 Yotoxonaga navbatni tekshirish 🎥 Batafsil ma’lumot videoda ⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating: ✅Telegram
💙💙💙📣 ➡️2026-yil 31-iyul kuni soat 13:00 da (102-C xonada) Andijon davlat chet tillari institutida “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. ➡️Kun tartibida Raxmonova Barnoxon Odilovnaning 10.00.11 – "Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan quyidagi mavzudagi dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi: ✅Mavzu: "Internet muloqotida gender xususiyatlar" Barcha soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.
#BizningPrezident TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, HURMATLI PREZIDENT! Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Prezidentimizning yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlari yuksak e’tirofga sazovordir. Muhtaram Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr hamda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI: SOGʻLOM KELAJAK TARAFDORIMIZ! 😲Roman-german va slavyan tillari fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni asr vabosi bo‘lmish zararli illatlardan asrash va ogohlikni oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Fakultet tyutori O. Azimova rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili yo‘nalishi 25-01 guruh talabalari tomonidan bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biriga bag‘ishlangan maxsus targ‘ibot videoroligi tayyorlandi. 🎬 Videorolik nomi: «Yoshlar giyohvandlikka qarshi!» Ushbu ijodiy ish orqali talabalarimiz giyohvandlikning inson sog‘lig‘i, oilaviy baxt va jamiyat kelajagiga tigadigan ayanchli oqibatlarini ta’sirli kadrlar yordamida ochib berishgan. Videorolikning asosiy g‘oyasi — yoshlarni o‘z hayotiga mas’uliyat bilan yondashishga, porloq kelajakni tanlashga va har qanday zararli odatlarga qarshi qat’iy turishga chorlashdir. Biz sog‘lom va barkamol avlod tarafdorimiz!
📣O‘QISHNI KO‘CHIRISHDA YANGI IMKONIYAT! 🎓Endilikda nodavlat yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabgorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi. 👍Andijon davlat chet tillari instituti ham sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi. 🗓Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha elektron platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. ☎️Murojaat uchun: +99855-203-00-03 +99855-202-24-02 🎥Video muallifi: "ADCHTI press" guruhi rahbari — Muzaffarxon Buzrukov. 👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
BITIRUVCHI TALABALARGA DIPLOMLAR TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI 👍Andijon davlat chet tillari instituti 😲Roman-german va slavyan tillari fakulteti bitiruvchi talabalariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. 🎥 Marosimning 1-kunidagi eng yorqin va unutilmas lahzalarni ushbu videolavha orqali tomosha qiling! 🎥Video mualliflari: "ADCHTI pressa" guruhi a'zosi - Sherali Ismoilov 👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
#DIQQAT 🎙 DIQQAT, TALABALAR! MUHIM AUDIOCHATGA TAKLIF ETAMIZ! 🎓 Davlat grantiga talabgormisiz? Yoki grantlarni qayta taqsimlash jarayoni qanday amalga oshirilishini bilmoqchimisiz? 🎧 Unda ushbu audiochatni aslo o'tkazib yubormang! 📢 Bugun soat 10:00 da Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimining rasmiy Telegram sahifasi — https://t.me/adchti_ybimmb kanalida "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizom" sharhiga bag'ishlangan jonli audiochat bo'lib o'tadi. 🎯 Audiochat davomida quyidagi muhim savollarga batafsil javob beriladi: ✅ Grant uchun hujjatlar qanday tayyorlanadi? ✅ Hujjatlar platformaga qanday yuklanadi? ✅ Talabgorning yutuqlari qanday tartibda baholanadi? ✅ Tyutorlar va ishchi guruh faoliyati qanday tashkil etiladi? ✅ Baholash mezonlari va yakuniy natijalar qanday shakllantiriladi? ✅ Eng ko'p uchraydigan xatolar va ularni oldini olish yo'llari. 💡 Agar grant olishni maqsad qilgan bo'lsangiz, bu audiochat Siz uchun muhim yo'riqnoma bo'ladi! 🗓 Sana: Bugun 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: https://t.me/adchti_ybimmb rasmiy Telegram kanali 🎧 Savollaringiz bilan ishtirok eting, aniq javoblar oling va grant imkoniyatidan unumli foydalaning! Bilimli qaror — muvaffaqiyat sari ilk qadam! 🎓✨ 🔹Bizni ushbu sahifada kuzating: @adchti_ybimmb
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ TARIXIY TONG, UNUTILMAS HAYAJON! ⚽️Kecha tong saharda Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini katta ekran qarshisida birgalikda tomosha qildi. 🏆Bu nafaqat futbol uchrashuvi, balki birdamlik, vatanparvarlik va tarixiy daqiqalarga guvoh bo‘lish onlari bo‘ldi. 🎥Ushbu unutilmas lahzalarni batafsil videoda tomosha qiling! 🎥Video muallifi: "ADCHTI pressa" guruhi a'zosi - Sherali Ismoilov. 👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILDI 👍Andijon davlat chet tillari institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimini keng joriy etish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi. 🔺Mazkur tashabbus doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va xodimlar qog‘oz iste’molini kamaytirish, ish jarayonlarida elektron platformalardan keng foydalanish hamda hujjatlar almashinuvini raqamli shaklda tashkil etish bo‘yicha faol ishtirok etdilar. 🔺Aksiya davomida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. ❌“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. 👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube