Shahrisabz davlat pedagogika instituti
СтатистикаShahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali https://t.me/ShDPIuz Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/V8crZuSmr3DZ2wWn8
- Последний пост
- 16:10
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 79
- Всего постов
- 899
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 159
- 1/48двое суток
- 1 328
- 1/72трое суток
- 1 432
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
#Qabul_2026 😁 IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIMGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! Ta'lim yo'nalishlari kesimida Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun SUHBAT jarayonlari tashkil etiladi. Hurmatli talabgorlar! Suhbat jarayonida ishtirok etish uchun belgilangan vaqtda tegishli hujjatlar bilan kelishingizni hamda belgilangan tartiblarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. 📲 Suhbat o‘tkazish grafigi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://shdpi.uz/events/6a7f0748d0d326f67e594596 🗓 Sana: 2026-yil 18-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: А, B binolar, ARM Bog'lanish uchun: CALL-CENTER telefon raqamlari +998914700098 +99875-522-48-72 +99875-522-48-73 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#startap "Qashqadaryo startap ligasi" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi! 🗓 Sana: 2026-yil 15-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Qarshi shahar Yoshlar markazi Hududiy (OTM) bosqichlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalar va loyiha mualliflari viloyat final bosqichida o‘z startaplarini ekspertlar oldida taqdim etadilar. Ishtirokchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda loyiha taqdimoti bilan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi. 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#Dolzarb_90_Kun #Islom_sivilizatsiyasi_markazi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy sayohat “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Shahrisabz davlat pedagogika institutining talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy sayohat tashkil etildi. 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
#Qonunchilik_yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿#Mustaqillikka_35_yil “O‘zimizning qo‘limizdan kelmaydigan masalani ko‘tarsak, Prezidentimiz zudlik bilan hal qilib beradilar” — Murotjon Azimov. To‘liq videoni ko‘rish👉https://youtu.be/BE5zaVjxG9I 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
🇺🇿#Mustaqillikka_35_yil “Odamlar bilan ko‘proq uchrashmasak oyog‘imiz yerdan uzilib qolishi mumkin” — Murotjon Azimov To‘liq videoni ko‘rish👉https://youtu.be/BE5zaVjxG9I 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
🇺🇿 #Mustaqillikka_35_yil "Qashqadaryo xom ashyo bazasiga aylangan viloyatlardan biri edi” — Murotjon Azimov To‘liq videoni ko‘rish👉https://youtu.be/BE5zaVjxG9I 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#tanlov ✍️✍️✍️✍️✍️ 😁 Bugun Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2026-2027-o'quv yili uchun Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining institut bosqichi bo'lib o'tmoqda. Tanlov quyidagi bosqichlarda suhbat va test shaklida o‘tkazilmoqda: ➡️O'zbekiston tarixi ➡️Xorijiy til ➡️Axborot texnologiyalari 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи