Qarshi davlat texnika universiteti
Статистика🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali Qarshi davlat texnika universiteti www.kstu.uz 📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh. Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
- Последний пост
- 5 янв.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 503
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hurmatli obunachilar! Universitetimizning rasmiy kanali sinovdan oʻtdi. Bugundan boshlab Siz oliygohimiz faoliyatiga doir yangiliklar va boshqa maʼlumotlardan ushbu telegram kanali orqali xabardor boʻlib borasiz. Yangi kanalga ulanish havolasi 👉 t.me/kstu_uz
Assalomu alaykum! Boshlangan yangi haftangiz va kuningiz xayrli, barakali, omadli bo‘lsin boʻlsin! Siz ko‘p ishlarga qodirsiz! O‘zingizdagi iqtidorni ezgu maqsadlarga yo‘naltisangiz, albatta, oldingi saflarda bo‘lasiz! Biz bunga ishonamiz. Odamlar hamisha... ufqqa qarab yashaydi. Ufqqa qarab yuradi. Ufqqa qarab xayol suradi. Ufqqa qarab orzu qiladi. Ufqqa qarab ... duoi fotiha oʻqiydi. Umid – odam uchun misoli ufq. Olamning oxiri – ufq. Odamning oxiri – umid! Togʻay Murod ✍️ Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Sarhisob Qarshi davlat texnika universitetining telegram kanalidagi postlar yil davomida 4,4 million martadan koʻp koʻrildi. Universitet kanalining TGStat platformasidagi statistikasiga koʻra: ➖ yil davomida 2,7 mingdan ortiq post joylangan (repostlar bilan birga); ➖ kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va oʻzaro bir-biriga 21 ming martadan koʻp ulashgan (forvard qilgan); ➖ kanaldagi eng mashhur post jami 44 mingga yaqin koʻrilib, 30 marta ulashilgan; ➖ 151 ta kanal bizdan iqtibos olgan, boshqa kanallar 2 ming marta bizni eʼtirof etgan, 1,5 ming marta repost qilishgan; ➖ yil davomida joylangan postlarga 12,7 mingdan ortiq reaksiya bildirilgan. Yangi yilda ham barchangizga omad, salomatlik va baxt yor boʻlishini tilaymiz! Bizni kuzatishda davom etayotganingiz uchun tashakkur! 2026-yilda yangi ruknlar va yangicha ruhda faoliyat olib borish niyatidamiz. Bunda Sizning ham fikr-mulohazangiz biz uchun juda muhim. Murojaat uchun – @abdurazzoq1975 QarDTU axborot xizmati ✍️
Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin! Muvaffaqiyatsizlik qoʻrquvi ustidan qozonilgan gʻalaba chinakam muvaffaqiyatdir. Pol Sviney ✍️ Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin! Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur, Koʻngil sofi safoyi ilmdandur. Anbar Otin ✍️ Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#2025_OAVda_biz #Dayjest 💻 Yoshlar.edu.uz rasmiy telegram kanalida universitetimizda Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida oʻtkazilgan yangi yil bayrami tadbiri haqidagi axborotimiz eʼlon qilindi. * * * 📻 “Oltin voha” radiosidagi turli eshittirishlarda universitetimiz professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan muloqotlar oʻtkazildi: 1. “Ibrat” eshittirishida – “Xorijiy tillar” kafedrasi oʻqituvchisi Shohista Qarshiyeva. 2. “Sayohatda birgamiz” eshittirishida – universiteti professori Shamshinur Yoqubova. 3. “Kelajak bunyodkori” eshittirishida – talabalar Mansur Yormuhammmedov va Dostonbek Doniyorov. 4. “Quyoshli xonadon” eshittirishida – magistrant Medhun Sohibov. 5. “Eʼzoz” eshittirishida – Irrigatsiya muhandisligi fakulteti dekani maslahatchisi Shohista Meyliyeva. 6. “Nuqtai nazar” eshittirishida – magistrant Rufayda Bahodirxoʻjayeva. * * * Viloyat IIB telegram kanalida 2-son jazoni ijro etish koloniyasida universitet talabalari ishtirokida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish mavzusida oʻtkazilgan davra suhbati tafsilotlari yoritildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Sport_salomatlik_garovi #Rektor_kubogi 7-8-yanvar kunlari universitet professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari oʻtkaziladi. Qishki taʼtil kunlaridan unumli foydalanish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashgan turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladigan mazkur spartakiadada mini futbol, shaxmat, shashka, voleybol va stol tennisi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Bellashuvlarning oʻtkazilish vaqti: ♟ Shaxmat. 2026-yil 7-yanvar. 🫓 Shashka. 2026-yil 7-yanvar. ⚽️ Mini-futbol. 2026-yil 7-yanvar. 🏐 Voleybol. 2026-yil 8-yanvar. 🏓 Stol tennisi. 2026-yil 8-yanvar. 👉 Musobaqa nizomi Eslatma: Har bir jamoa oʻzining sport formasi bilan qatnashishi talab etiladi. Musobaqalar belgilangan kunida, soat 9:00 da boshlanadi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#2025_OAVda_biz #Dayjest 📺 “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturida Prezidentimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasining ahamiyati va unda belgilab berilgan vazifalar mohiyati haqida soʻz yuritildi. 🎤 Axborotda universitet rektori Sherzod Neʼmatovning mulohazalari berilgan. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
Tahlilnoma | Prezident e’lon qilgan 2026-yilning 26 ta muhim yangiligi Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Bayram_tabrigi Assalomu alaykum, hurmatli ustoz-murabbiylar! Aziz talabalar! Barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Xonadoningizdan qut-baraka, tinchlik-osoyishtalik, baxt va quvonch sira arimasin. Ezgu ishlaringiz va maqsadlaringizga erishish yoʻlida Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin. Oʻtayotgan har bir kunimiz, yilimiz hayotimizda munosib oʻrin egallaydi. Tabiiyki, barchamiz uchun unutilmas onlar hadya etilgan Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili ham bugun tarixga aylanib ulgurdi. Albatta, yangiliklar, oʻzgarishlar universitetimiz faoliyatida ham oʻz ifodasini topmay qolmadi. Avvalo, shuni maʼlum qilishim lozimki, 2025-yilda Qarshi davlat texnika universiteti sifatida faoliyat boshlagan oliygohimiz qisqa davrda koʻplab yutuqlarga erishdi. “Nihol” talabalar teatr studiyamiz respublika tanlovida 2-oʻringa sazovor boʻldi. Talabamiz Mansur Yormuhammedov “Eng yaxshi erkak aktyor” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Tayanch doktorantimiz Sitora Hodiyeva “Kelajak bunyodkor” medali bilan taqdirlandi. “Nuriston” akademik litseyi bilimdonlari oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” turnirining respublika bosqichi gʻolibi boʻldilar. Xalqaro miqyosdagi hamkorlarimiz koʻlami va geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Nufuzli universitetlar va korxonalar bilan yangi memorandumlar imzolandi. Ayniqsa, talabalar bandligini taʼminlash va dual taʼlimni joriy etish borasidagi saʼy-harakatlarimiz eʼtiborga molik. Azizlar! Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ham ulkan rejalarni maqsad qilganmiz. Ilmiy salohiyatni yanada oshirish, innovatsion tadqiqotlar salmogʻini kuchaytirish, sunʼiy intellekt sohasidagi startap loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi ishlarimiz tizimli davom etadi. Ertamiz bugunimizdan yaxshi boʻlishi, yutuqlarimiz salmogʻi yanada ortishi uchun hech qachon izlanishdan toʻxtamaymiz. Buning uchun barchangizda iqtidor, intilish, ishtiyoq borligiga ishonaman. Oldingizga qoʻygan yuksak marralarni zabt etishingizda kuchli iroda, katta muvaffaqiyat va ulkan zafar yor boʻlishini tilayman. Bayramingiz yana bir bor muborak boʻlsin! Sherzod Neʼmatov, rektor Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi — Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilgan_yaxshi 1991-yil➖Alisher Navoiy yili 1992-yil➖Hamshiralar yili 1993-yil➖Ahmad Yassaviy yili 1994-yil➖Mirzo Ulug'bek yili 1995-yil➖Abu Ali ibn Sino yili 1996-yil➖Amir Temur yili 1997-yil➖Inson manfaatlari yili 1998-yil➖Oila yili 1999-yil➖Ayollar yili 2000-yil➖Sog'lom avlod yili 2001-yil➖Ona va bola yili 2002-yil➖Qariyalarni qadrlash yili 2003-yil➖Obod mahalla yili 2004-yil➖Mehr-muruvvat yili 2005-yil➖Sihat-salomatlik yili 2006-yil➖Homiylar va shifokorlar yili 2007-yil➖Ijtimoiy himoya yili 2008-yil➖Yoshlar yili 2009-yil➖Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili 2010-yil➖Barkamol avlod yili 2011-yil➖Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili 2012-yil➖Mustahkam oila yili 2013-yil➖Obod turmush yili 2014-yil➖Sog'lom bola yili 2015-yil➖Keksalarni e'zozlash yili 2016-yil➖Sog'lom ona va bola yili 2017-yil➖Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2018-yil➖Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili 2019-yil➖Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili 2020-yil➖Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili 2021-yil➖Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili 2022-yil➖Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili 2023-yil➖Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili 2024-yil➖Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili 2025-yil➖Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili 2026-yil➖Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи