QarDTU Energetika muhandisligi fakulteti axborot kanali
СтатистикаQDTU Energetika fakulteti rasmiy telegram kanali
- Последний пост
- 13:49
- Последнее чтение
- 20:44
- Постов за неделю
- 41
- Всего постов
- 681
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 39
- 1/48двое суток
- 44
- 1/72трое суток
- 48
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Rektor_kubogi #Dolzarb_90_kun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Qarshi davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Turnir vaqti: 2026-yil 20-21-avgust Manzil: Neft-gaz va geologiya fakulteti futbol maydoni. Oʻyinlar 17:00 da boshlanadi Musobaqa nizomi 👉 saytimizda Barchani futbol musobaqasiga chorlaymiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Eslatma ❗️1-avgustdan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi⚡️ Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
#ДИҚҚАТ 🎓🏠 ❗️ ЭНДИ ТАЛАБАЛАР ЁТОҚХОНАГА ЖОЙЛАШИШ ВА ВАҚТИНЧА РЎЙХАТДАН ЎТИШ УЧУН АЛОҲИДА ОВОРА БЎЛМАЙДИ 📅 1 августдан талабалар турар жойига жойлашиш ва турган жойи бўйича вақтинча рўйхатдан ўтиш битта хизмат орқали амалга оширилади. 📲 Бунинг учун my.gov.uz порталидаги «Талабалар турар жойига жойлашиш учун ариза юбориш» хизмати орқали мурожаат қилиш кифоя. 📌 Тартиб қандай? 1️⃣ Ариза электрон тарзда юборилади. 2️⃣ Ариза маъқуллангач, электрон шартнома ва йўлланма берилади. 3️⃣ Тўлов амалга оширилади. 4️⃣ Шундан сўнг талаба турган жойи бўйича вақтинча рўйхатга олингани ҳақида қайд варағини олади. ℹ️ Вақтинча рўйхатдан ўтиш муддати тўлов амалга оширилган кундан бошлаб шартномада кўрсатилган муддатгача амал қилади. 🎓 Талабалар учун яна бир ортиқча оворагарчилик бартараф этилди!
#Jarayon Bugun universitet rahbariyati ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Dastlab “Oliy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish: taʼlim dasturlari sifatini oshirish, taʼlimda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilingan masalalar haqida soʻz bordi. 2026/2027-oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, 2026/2027-oʻquv yili qabuli jarayonining borishi, toʻlov-shartnoma tushumlari, davlat grantini qayta taqsimlash masalalari ham yigʻilish ishtirokchilarining eʼtibor markazida boʻldi. Fakultetlarda startap klublari faoliyatini tashkil qilish hamda innovatsion ishlanmalarni "Innomarket.uz" elektron platformasiga joylashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Prezident_topshirigʻi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi davlat texnika universitetida hamkorlik koʻlami kengaymoqda. Oliygoh va energetika korxonalari oʻrtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish, taʼlim jarayonini bevosita ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda viloyatdagi 12 ta yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalari bilan dual taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda. Batafsil 👉 saytimizda 🇷🇺 На русском 🇬🇧 In English Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Izhor MEN OʻQISHGA KIRDIM, ONAJON! Bir SMS keldi, shu zamon Toʻxtab qoldi tomirimda qon, Hayqiraman dunyoni buzib: Men oʻqishga kirdim, onajon! Koʻchada chang kechib yuribman, Daraxtniyam quchib yuribman, Osmonlarda uchib yuribman, Men oʻqishga kirdim, onajon! Kimlargadir armon bu damlar, Kulsa-kulsin, mayli, odamlar, Katta-katta bu kun qadamlar, Men oʻqishga kirdim, onajon! Tanishsiz ham boʻlarkan-ku hal, Mana, qarang, qancha bizning ball, Byudjetiga yetmabdi-da sal, Men oʻqishga kirdim, onajon! Hammasini topgandim oʻzi, Tekshirganning bormikan koʻzi, Kimdandir kam, kimdandir oʻzib, Men oʻqishga kirdim, onajon! Xayr, shirin azobchalarim, "Rep"dagi test-sinovchalarim, Mayda yozuv kitobchalarim, Men oʻqishga kirdim, onajon! Ona-qishloq, oshyonim, xayr, Daladagi ketmonim, xayr, Rezin bovli tilponim, xayr, Men oʻqishga kirdim, onajon! Hoʻkizlarim, zoʻrdir zotingiz, Bozorgacha begʻam yotingiz, "Kontrakt" deb qoʻydim otingiz, Men oʻqishga kirdim, onajon! Otam boshqa ishini qoʻysin, Boʻrdoqini obchiqib soʻysin, Haq beraylik, hamma bir toʻysin, Men oʻqishga kirdim, onajon! Domlalarga toʻnlar yopayin, Kaltagidan hikmat topayin, Turtmagandir meni atayin, Men oʻqishga kirdim, onajon! Talabalik nasib bizga ham, Aytib qoʻying anov qizga ham, Qarab yursin endi koʻzga ham, Men oʻqishga kirdim, onajon! Oltin davr... bu qandayin baxt, Sheva boshqa, boshqachadir shaxt, "Kettu, mani kutvotti poytaxt", Man oʻqishga kirdim, onajon! ©️ Nuriddin EGAMOV Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
без подписи
#Kitobxonlik #Dolzarb_90_kun 📚 KITOB — TAFAKKUR VA MA’NAVIYAT MANBAI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida Qarshi davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti rahbariyati va talabalari ishtirokida navbatdagi kitobxonlik tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 📖 Kitob — inson tafakkurini charxlaydigan, qalbini boyitadigan va kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan bebaho manba. Tadbir davomida talabalar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar, ulardan olgan taassurotlari va hayotiy saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar. 💬 Samimiy suhbatlar davomida badiiy asarlarning mazmun-mohiyati, qahramonlarning hayotiy qarashlari, asarlarda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar hamda kitobning yoshlar dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi. ✨ Ayniqsa, “Men o‘qigan kitob menga nima berdi?” degan savol atrofidagi mulohazalar tadbirga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi. Zero, mutolaa qilingan har bir yaxshi kitob inson qalbida yangi fikr, yangi maqsad va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 🎓 Tadbir yakunida ishtirokchilar kitob o‘qish nafaqat bilim olish, balki o‘zligini anglash, tafakkurni kengaytirish va kelajakni bunyod etish vositasi ekanini yana bir bor his etdilar. 🌱 Kitobxon yosh — kelajagi porloq avlod! 📚 Mutolaa bor joyda — tafakkur, tafakkur bor joyda — taraqqiyot!
без подписи
без подписи
без подписи
#Dolzarb_90_kun #Ichki_turizm “Dolzarb 90 kun” doirasida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Qarshi davlat texnika universiteti jamoasining Toshkent shahriga maʼnaviy-maʼrifiy sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar poytaxtimizning diqqatga sazovor va tarixiy-maʼrifiy maskanlarida boʻlib, yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bugungi taraqqiyoti haqida yanada keng tasavvurga ega boʻldilar. Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi buyuk allomalarimizning ilmiy-maʼnaviy merosi hamda ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Gʻalaba bogʻi va “Magic City” boʻylab sayohat ham universitet jamoasiga bir olam taassurot va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Mustaqillik_35 Yurtimizda xotin-qizlarning ilmiy salohiyati va iqtidorini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Sitora Hodiyeva — “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Dolzarb_90_kun Universitetimizda davlatimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonalariga bagʻishlab “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha “Rektor kubogi” bellashuvi oʻtkazildi. Barcha fakultetlardan bittadan, jami 7 ta jamoa ishtirok etgan murosasiz va qizgʻin bahslarda talabalar oʻzlarining bilim va salohiyati, mantiqiy hamda tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yoʻnalishlarga oid murakkab va qiziqarli savollarga javob topish uchun bor bilim va tajribalarini ishga soldilar. Har bir savol jamoalardan nafaqat chuqur bilim, balki topqirlik, hamjihatlik va tezkor qaror qabul qilishni talab etdi. Qizgʻin kechgan bahslar yakunida Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Taraqqiyot” jamoasi tengsiz, deb topildi. Energetika muhandisligi fakultetining “Energetika” jamoasi 2-oʻringa munosib boʻlgan boʻlsa, 3-oʻrin Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetining “Shahri Kesh” jamoasi aʼzolariga nasib qildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar rag‘batlantirildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Mustaqillikka_35_yil Mustaqillik – gʻurur, mustaqillik – ishonch, mustaqillik – imkoniyat... Bu soʻzlar ayni haqiqat ekanligini 35 yillik davr koʻrsatib berdi. Bir yigitning kamolot yoshi – bu. Bugun qaysi bir yutuqlarimiz bilan faxrlanadigan boʻlsak, barchasi istiqlol tufayli. Erkinlik oʻzimizga boʻlgan ishonchni oshirdi. Katta imkoniyatlar yaratdi. Hozirda universitetimizdagi Neft-gaz va geologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat olib borayotgan Abbos Shodiyev – istiqlol tengdoshi. U shu yillar davomida kamolga yetdi, koʻplab yutuqlarga erishdi. 2021-yilda “Shuhrat” medali, 2022-yilda esa “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Texnika fanlari doktori, professor darajasiga erishdi. Yosh olimning ilmiy faoliyati noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan. Abbos Shodiyev rahbarligida “Olmaliq KMK AJ yarim mahsulotlaridan nikelni ajratib olish va nikel kuporosi ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” mavzusida amaliy tadqiqotlar olib borildi. Olimning ilmiy ishlanmalari zamonaviy metallurgiyaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallarida ham oʻz aksini topgan. Abbos Shodiyevning 2026-yildagi ilmiy tadqiqotlari texnogen metallurgiya chiqindilaridan germaniyni va skandiy ajratib olish hamda noyob metallar xomashyosidan kompleks foydalanish yoʻnalishlariga bagʻishlangan. Bir soʻz bilan aytganda, yosh olimning yuqori natijalari mustaqillikning neʼmatlaridan biri, yoshlarga koʻrsatilayot eʼtibor va ishonchning mevasidir. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Giyohvandlik 🔻 Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi! Talabalar va yoshlar diqqatiga! “Oson pul” ortidagi dahshatli qopqon! ↪️Bugungi kunda ayrim yoshlar internet orqali ish izlab, giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar qopqoniga tushib qolmoqda Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram