️QarDTU Iqtidorli talabalari
Статистика🏢 Qarshi davlat texnika universiteti 🎓 Talabalar, magistrantlar va yosh olimlar uchun ✨️ stipendiya tanlovlari, 📚 ilmiy stajirovkalar, 📈 startap dasturlari, 🔹️seminarlar hamda boshqa muhim tadbirlar bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 227
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 103
- 1/48двое суток
- 118
- 1/72трое суток
- 127
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
⚡️Qarshidagi "Umummilliy AI Hackathon"ga 3 kun qoldi! 15–18 avgust kunlari sun'iy intellekt sohasidagi bilimingizni sinab ko'rish, kuchli jamoa bilan ishlash va yirik sovrinlar uchun kurashish vaqti keldi! 📍Manzil: Qarshi davlat universiteti, Yoshlar Markazi 🎁G'oliblarni quyidagi sovrinlar kutmoqda: 🥇1-o'rin — Apple MacBook Air 🥈2-o'rin — 20 000 000 so'm 🥉3-o'rin — 10 000 000 so'm 💡G'oyalaringizni haqiqiy loyihaga aylantiring, tajriba orttiring va O'zbekistonning eng iqtidorli yosh dasturchilari bilan bir sahnada bo'ling. Ishtirok etish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting: eventflow.uz Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling: 💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram
⚡️ SMM AI Savodxon bitiruvchilari, bu siz uchun ajoyib imkoniyat! 🚀 Kurs davomida sun'iy intellekt va kreativ kontent yaratishni o'rgandingiz. Endi esa bilimlaringizni amalda sinab ko'rish va yirik mukofotlarni qo'lga kiritish vaqti keldi! 💡 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹📷“Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); 🔹🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; 🔹📱 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: 🔹“Mustaqillik mening taqdirimda”; 🔹“Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; 🔹“Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; 🔹“Mening Vatanim – mening faxrim”. 🏆Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin - 15 million so‘m 🥈2-o‘rin - 10 million so‘m 🥉3-o‘rin - 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🏆G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi.🎉 Ijodiy ishlarni Telegram orqali +99870-484-71-79 telefon raqamiga (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborishingiz kerak. 📥 💬 O'rgangan bilimlaringizni namoyish qiling va O'zbekiston miqyosida o'zingizni ko'rsating! 👍 @smmsavodxon
❗️Vohamiz tadbirkorlari diqqatiga! Faoliyatingizni zamonaviy SMM mutaxassislari va mobilograflar bilan yangi bosqichga olib chiqing! 🗓 11-avgust kuni soat 13:30 da Qashqadaryo viloyatida "SMM maktabi" va "Yosh mobilograflar maktabi" loyihalari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish hamda ularning media ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 💼 Tadbirkorlar uchun bu - yangi imkoniyat! Bugun mijozlar mahsulot va xizmatlarni, avvalo, ijtimoiy tarmoqlarda izlaydi. Kuchli SMM mutaxassisi va kreativ mobilograf esa biznesning eng muhim hamkoriga aylanmoqda. 📍Qarshi shahri, viloyat "Yoshlar markazi". ✏️ @hamroyev90 Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
🎓 Talabalik — faqat dars va imtihonlardan iborat emas. O‘qish bilan birga daromad topishni xohlaysiz, lekin oddiy ishga vaqtingiz yetmayaptimi? Siz sun'iy intellekt yordamida: • rasm va video yaratish; • prompt yozish; • professional kontent tayyorlash • SMM asoslarini o‘rganishingiz mumkin. 🚀 Prezident Administratsiyasi huzuridagi Kontent markazi va AloqaBank tomonidan tashkil etilgan “SMM AI Savodxon” kursida bularning barchasi bosqichma-bosqich, online va mutlaqo bepul o‘rgatiladi. Bu ko‘nikmalar orqali bizneslarga xizmat taklif qilib, ilk buyurtmalaringizni olish uchun imkoniyat yaratasiz. 🔥 Darslarni o‘zingizga qulay vaqtda o‘rganing. 👉 Ro’yxatdan o’tish uchun havola👈 📱 Telegram | 📱 Instagram
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Diqqat “KELAJAKKA QADAM” — YOSHLARGA KENG IMKONIYATLAR! 🎓 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yoʻnalishlarda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda. 💼 Dastur doirasidagi asosiy yoʻnalishlar: — “Tadbirkorlikka ilk qadam” — “Biznes start” — “Biznes progress” — “Talaba invest” — “Mening birinchi kasbim”. 💰 Ushbu loyihalar orqali: • biznesni boshlash va kengaytirish • kasb egallash va malaka oshirish • yangi ish oʻrinlari yaratish • xorijda oʻqish va tajriba orttirish imkoniyatlari yaratilgan. 🚀 ENDI SIZ HAM OʻZ GʻOYANGIZNI REAL LOYIHAGA AYLANTIRING! 📌 Batafsil: https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari 📞 (78) 148 00 10 Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
🇩🇪 Germaniyada ilmiy tadqiqot olib borish uchun DAAD granti! Doktorant va yosh olimlar uchun yaxshi imkoniyat: Germaniyaning DAAD — Research Grants in Germany dasturi orqali Germaniyada ilmiy tadqiqot olib borish mumkin. Grant deyarli barcha fan yo‘nalishlarini qamrab oladi: huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, muhandislik va boshqa sohalar. Kimlar qatnashishi mumkin? 🔹 doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar; 🔹 PhD darajasini olganiga 4 yildan oshmagan yosh olimlar. Tadqiqot muddati: — doktorantlar uchun: 2–12 oy; — postdoklar uchun: 2–6 oy. Grant doirasida: — oyiga 1 400 yevro stipendiya; — sug‘urta xarajatlari; — ayrim holatlarda yo‘l xarajatlari; — uzoq muddatli tadqiqotlar uchun qo‘shimcha ilmiy xarajatlar ham qoplanishi mumkin. Eng muhim shart. Ariza topshirishdan oldin Germaniyadagi universitet yoki ilmiy markazdan o‘z mavzuingizga mos professor yoki ilmiy rahbar topish kerak. Professor sizning tadqiqot loyihangizni qabul qilishi va tegishli tasdiq xatini berishi lozim. Ariza topshirish muddati: 2026-yil 3-sentabr. Agar hali ilmiy rahbar topmagan bo‘lsangiz: 1. mavzuingizga yaqin maqolalar yozgan nemis olimlarini toping; 2. ularga qisqa CV yuboring; 3. bir sahifalik tadqiqot g‘oyangizni ilova qiling; 4. aynan nima uchun shu professor bilan ishlamoqchi ekaningizni yozing. 🔗 DAAD grantlar bazasi: https://www2.daad.de/deutschland/stipendium/datenbank/en/21148-scholarship-database/ Saytga kirgach, qidiruvga: Research Grants in Germany deb yozing va Country — Uzbekistan ni tanlang. DAAD Scholarships & Funding: https://www.daad.de/en/studying-in-germany/scholarships/ Germaniyadagi universitet va ilmiy markazlarni izlash: https://www.gerit.org/en/ 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
#KelajakMuhandislari #1_kun “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi: “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishi bo‘yicha 1-kun tafsilotlari Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Mustaqil izlanuvchilikka qabul davom etmoqda! 2026-yil 4-avgust holatiga ko‘ra, 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka jami 1967 ta ariza kelib tushgan. ⭕️ Ko‘rib chiqilayotgan arizalar — 245 ta ❌ Rad etilgan arizalar — 740 ta ✅ Qabul qilingan arizalar — 982 ta Hujjatlar 2026-yil 15-avgust soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. Arizalarni daraja.ilmiy.uz yoki my.gov.uz orqali topshirish mumkin. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi! 📌Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xatiga binoan, respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlari hamda yoʻnalishlar kesimida yangi oʻquv yili uchun davlat stipendiyalarining kvotalari belgilandi. Jami: 776 ta. 👇Stipendiyalarning turlari va ajratilgan kvotalar ro‘yxati: 🔹 Prezident stipendiyasi — 187 ta; 🔹 Islom Karimov stipendiyasi (barcha yoʻnalishlarda) — 194 ta; 🔹 Navoiy stipendiyasi (gumanitar yoʻnalishlarda) — 175 ta; 🔹 Bobur stipendiyasi (tarix va geografiya yoʻnalishlarida) — 51 ta; 🔹 Imom al-Buxoriy stipendiyasi (Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida) — 44 ta; 🔹 Beruniy stipendiyasi (texnika yoʻnalishlarida) — 38 ta; 🔹 Ibn Sino stipendiyasi (tibbiyot yoʻnalishlarida) — 33 ta; 🔹 Abdulla Avloniy stipendiyasi (pedagogika yoʻnalishida) — 16 ta; 🔹 Ulugʻbek stipendiyasi (tabiiy yoʻnalishlarda) — 13 ta; 🔹 Toʻlepbergen Qaipbergenov stipendiyasi (Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda) — 11 ta; 🔹 Ibroyim Yusupov stipendiyasi (Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda) — 11 ta; 🔹 Pahlavon Mahmud stipendiyasi (jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida) — 3 ta. 🔹Ushbu stipendiyalar respublikamiz bo‘yicha jami 335 ming 471 nafar yuqori kurs talabalari orasidan eng munosiblariga taqsimlanadi. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group
📹 Mehrning ovozi → Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi. #MehrUlashing #JonivorlargaMehr #HayvonlarniAsraylik #EzguQadriyatlar #Yalpiz_Darxan 😄"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:@ilovetiiame
🏆 Xalqaro informatika olimpiadasi O‘zbekistonda! Keling, milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! 🏆 9–16-avgust kunlari Toshkent shahri tarixda ilk bor 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) ga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng iqtidorli yosh dasturchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham yurtimiz sharafini himoya qiladi. 💻 Milliy saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar oylar davomida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi mashg‘ulotlarda tayyorgarlik ko‘rdi va endi dunyoning eng kuchli ishtirokchilari bilan bilim va mahoratda bellashishga tayyor. 🇺🇿 Bugun ular nafaqat o‘z maktablari, balki butun O‘zbekiston nomidan maydonga chiqmoqda. Keling, yoshlarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik va ularga omad tilaylik! Videoda IOI 2026da yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bilan tanishing. 📲 IOI 2026 haqidagi yangiliklarni @xalqaro_it_olimpiada rasmiy Telegram kanali orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
#Diqqat BITIRUVCHILAR DIQQATIGA! ✅ Olmaliq kon metallurgiya kombinati 3-mis boyitish fabrikasi boʻsh ish oʻrinlariga taklif etamiz! ⚡️ “Olmaliq KMK” AJ 3-mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlarga rezyumelar qabul qilinadi: 1️⃣ Elektr gaz payvandchi 2️⃣ Taʼmirlovchi-chilangar 3️⃣ Mexanik 4️⃣ Toʻyintiruvchi mashinist 5️⃣ Nasos qurilmasi mashinisti 6️⃣ Konveyer mashinisti 7️⃣ Gʻalvirlovchi 8️⃣ I toifali avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari boʻyicha muhandis 9️⃣ Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika boʻyicha chilangar 🔟 Agronom Rezyumelar 2026-yil 9-avgustga qadar qabul qilinadi. Onlayin rezyume xizmati: 👉 @murojaatadminga577 Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirish uchun rezyume topshirganlar bilan muloqot uchun: 👇 https://t.me/Agmkrezyume_kombinat Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
🚀 INNO LAB AKSELERATSIYA DASTURIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI! Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi? Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat! 📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda: 🔬 Biotexnologiya 🧬 Biomuhandislik 💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar ⚗️Kimyo va yangi materiallar 💊 Tibbiyot va farmatsevtika 🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari 🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari ✅Ishtirok etish mutlaqo bepul ✅ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi ✅ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati ✅ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati ✅ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash ✅ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar 📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola 🇺🇿 Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash ofisi ✅Telegram ✅Instagram