tgindex
Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

Статистика

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt:KTB_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
61
Всего постов
289
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
859
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
130
40 постов
Вовлечённость
15,1%
к подписчикам
Постов в день
8,7
всего 289
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
73
1/48двое суток
83
1/72трое суток
90

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

  • 🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏 🇺🇿🇷🇺Rossiya Federatsiyasining PAO «KAMAZ» delegatsiyasi bilan uchrashuv Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J.Kalandarov hamda Migratsiya agentligining Navoiy hududiy filiali rahbari I. Boltayev hamda PAO «KAMAZ» delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi: Dual ta’lim tizimi Kasbiy ta’lim tizimida texnikumlar bilan hamkorlikda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi. Xatirchi tumanida «Xalqaro avtomobilsozlik maktabi»ni tashkil etish orqali zamonaviy talablar asosida kasb-hunarga o‘qitish (259 soatlik) va Rossiya Federatsiyasida qabul qilinadigan guvohnoma berish, shuningdek, PAO «KAMAZ» ehtiyojlariga mos malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari belgilab olindi. Maqsad — zamonaviy kasbga ega, malakali mutaxassislarni tayyorlash va ular uchun munosib mehnat imkoniyatlarini yaratish Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

  • 📚 “Skills-2026 Workshop”: yangi avlod modulli ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etilmoqda Qiziltepa tumani 3-son texnikumida “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusidagi amaliy seminar-treningning 2-kuni bo‘lib o‘tdi. Seminarda texnikumlarning maxsus fan o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda uslubchilari ishtirok etdilar. Trenerlar tomonidan seminar ishtirokchilariga yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berib, amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi. 🎯 Seminarda ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasbiy-metodik salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi. 🤝 Mazkur workshop pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

  • 14 авг.26из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 14 авг.611из trm_uz

    #diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik o‘rganildi Yangi 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, texnikumda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quv jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mas’ul rahbarlar ishtirokida Konimex tuman texnikumida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev va viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J.Kalandarovlar texnikumga tashrif buyurib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, o‘quv xonalari, ustaxonalarning holati, hududning obodonlashtirilishi, mavjud jihozlarning sozligi hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish, texnikum hududi va o‘quv xonalarini zamonaviy talablar asosida tayyorlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik — ustuvor vazifa! Yangi 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish va tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirish maqsadda viloyat hokimining oʻrinbosari J.Xodjayev hamda Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J.Kalandarovlar tomonidan Qiziltepa tuman 1-son texnikumida bo'lib yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida ta’lim tashkilotidagi o‘quv xonalari, amaliyot ustaxonalari va laboratoriyalarning holati, moddiy-texnik baza, mavjud jihozlardan foydalanish samaradorligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim tashkilotida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, hududning tozaligi va yangi o‘quv yiliga oid tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, o‘quv xonalari va amaliyot bazalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash, shuningdek, yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan boshlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. O'rganishdan asosiy maqsad — yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga sifatli o‘qitish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakda munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

  • 🇺🇿 MODULLI TA'LIM DASTURLARINI ISHLAB CHIQISH BO'YICHA AMALIY SEMINAR DAVOM ETMOQDA Mazkur seminarlar kasbiy ta'lim tizimida natijaga yo'naltirilgan, amaliy ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta'lim dasturlarini yaratish borasida pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Navoiy viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

  • без подписи