tgindex
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Статистика

OʻzDXA Urganch filiali norasmiy sahifasi Veb-sayt: https://www.uzdxauf.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzdxauf.uz Instagram: http://www.instagram.com/uzdxauf.uz Murojaat uchun: info@uzdxauf.uz @uzdxaufbot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
446
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
310
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
90
40 постов
Вовлечённость
29,0%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 446
Упоминаний
47
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
35
1/48двое суток
40
1/72трое суток
43

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • 11 авг.501из eduuz

    ❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 10 авг.71из eduuz

    Xalqaro konferensiya! “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi! 📌 Konferensiya mavzusi: “Xalq soʻzi” va “Народное слово” fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi” 📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 10-sentyabr; 🌐 Tillar: oʻzbek, rus, ingliz tillari; 📧 Maqolalarni va toʻldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz soʻraladi: Email: akramxamraqulov01@gmail.com Telegram: @qabuln1 📞Maʼlumot va aloqa uchun tel: • Akram Xamraqulov: +998 50 979 00 24 📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 8 авг.79из eduuz

    Uch kun. Yuzlab g‘oyalar. Bitta katta maqsad. 5–7-avgust kunlari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar. Qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar — tanlovning uch kunlik tafsilotlari bir videoda. #KelajakMuhandislari #Final Facebook | Instagram | YouTube |Telegram

  • 7 авг.70из eduuz

    ⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 4 авг.109из eduuz

    😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda! Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi. Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi: ✅ 5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya” ✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha” ✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro” Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar. Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi. ✔️Boshlanish vaqti: 10:00 ✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 3 авг.84из eduuz

    #Qonunchilik_yangiliklari 20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat! 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi. 📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun; 💵 Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi. Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi. 📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ▫️ ariza; ▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; ▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun); ▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab); ▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys; ▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot; ▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun). 📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi. Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

  • 3 авг.71из eduuz

    Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak Bir kosa suv, bir parcha ozuqa yoki shunchaki shafqatli munosabat — kim uchundir kichik ish boʻlishi mumkin. Ammo jonivor uchun bu hayotni saqlab qoluvchi mehr ifodasidir. Jamiyatning insonparvarligi eng avvalo ojizlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Hayvonlarga mehr-shafqat koʻrsatish, ularni asrash va himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning insoniy burchimizdir. Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi. #MehrUlashing #JonivorlargaMehr #HayvonlarniAsraylik #EzguQadriyatlar #Yalpiz_Darxan Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 31 июл.93из eduuz

    ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 31 июл.88из eduuz

    🎓 Rossiyaning TOP muhandislik universitetida o‘qish imkoniyati endi Toshkentda! Agar siz IT, axborot texnologiyalari yoki elektronika yo‘nalishlarida tahsil olishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-276-son qarori asosida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent filiali ilk bor abituriyentlar uchun qabulni boshladi. 📅 Hujjatlar 28-avgustga qadar qabul qilinadi. 📚 Bakalavriat yo‘nalishlari: ▫️ Informatika va hisoblash texnikasi ▫️ Axborot tizimlari va texnologiyalari ▫️ Elektron vositalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi 📝 Kirish imtihonlari: ✔️ Matematika ✔️ Rus tili 📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy. 🌐 Batafsil ma'lumot: 🌍 Rasmiy sayt 📎 Hujjat topshirish 🚀Telegram 📷Instagram Murojaat uchun: ☎️ +998 50 074 40 80 ☎️ +998 97 712 10 30 ⚡️ Muhandislik sohasida xalqaro darajadagi ta'lim olishni istasangiz, hujjat topshirishni kechiktirmang! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 30 июл.97из eduuz

    #30_iyul_Xalqlar_doʻstlik_kuni #Hududlarda_bayram_shukuhi 30-iyul - Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Do‘stlik” festivalidan videorolik. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

  • 30 июл.89из eduuz

    #mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 29 июл.96из eduuz

    #diqqat_tanlov Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat. ☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: ⏺Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8  ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi. “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM  Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari  Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali 🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 29 июл.83из eduuz

    💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 24 июл.138из eduuz

    Hurmatli Prezident! Mamlakatimiz taraqqiyotini ilm-fan, taʼlim va inson kapitali bilan bogʻlagan yuksak ishonchingiz bugun Yangi Oʻzbekistonning mustahkam kelajagini barpo etmoqda. Yoshlarning bilim olishi, ilm bilan shugʻullanishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har birimizga yuksak masʼuliyat va ilhom bagʻishlaydi. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 23 июл.1191из eduuz

    SUN’IY INTELLEKT MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI! Tashkent International University sun’iy intellekt sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabalarni 12 haftalik intensiv ta’lim dasturiga taklif etadi. 🎓 Dastur 100% grant asosida — mutlaqo bepul! 📚 Asosiy yo‘nalishlar: 🔹 Microsoft Azure AI Fundamentals 🔹 Generative AI va Prompt Engineering 🔹 MLOps 🔹 AI Convergence va zamonaviy AI yechimlari 🏆 Dastur ishtirokchilariga: ✅ 12 haftalik intensiv va amaliy ta’lim ✅ Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan darslar ✅ Microsoft Azure AI-900 xalqaro imtihonida qatnashish imkoniyati ✅ Xalqaro va universitet sertifikatlari ✅ Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar ✅ Eng faol bitiruvchilar uchun pullik amaliyot imkoniyati 🌏 Dastur Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti ko‘magida, Tashkent International University va Cheju Halla University hamkorligida amalga oshiriladi. 📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://koica-tiu-azure.halla.ai/register Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 22 июл.116из eduuz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishib, Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa obyektlar qurilishiga start berdi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 22 июл.101из eduuz

    Davlatimiz rahbari O‘rta Chirchiq tumanidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 21 июл.110из eduuz

    #soʻragan_edingiz ❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi? 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi. 📐 Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari: ▪️ Matematika; ▪️ Matematik iqtisodiyot; ▪️ Aktuar va moliyaviy matematika; ▪️ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika). 🇬🇧 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi: ▪️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili. 📚 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari: ▪️ Lingvistika: ingliz tili; ▪️ Adabiyotshunoslik: ingliz tili. 🗣 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari: ▪️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili; ▪️ Sinxron tarjima: ingliz tili. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 21 июл.1091из eduuz

    #Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. Magistratura kvotasi bu yerda: 👉 KUNDUZGI 👉 KECHKI 👉 MASOFAVIY Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram