O'zDXA rasmiy kanal
СтатистикаO'zDXA - O’ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI rasmiy kanali . www.uzdxa.uz . Facebook.com/uzdxa.uz . Instagram.com/uzdxa.uz . Youtube.com/@uzdxauz . Facebook.com/Toxtasimov ☎️ Murojaat uchun: @UzDXaAloqaBot © O'zDXA Matbuot xizmati
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 618
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 162
- 1/48двое суток
- 185
- 1/72трое суток
- 200
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Tanlov ⚡️Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. 🌟 Batafsil: https://t.me/Jurnalistlari_Uz/28128 Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
🇺🇿 Vatan — muqaddas maskan Dunyoda shunday bir maskan borki, uni hech qanday boylikka almashtirib bo‘lmaydi. U — Vatan. Inson qayerga bormasin, qancha yuksak cho‘qqilarni zabt etmasin, qalbining bir burchida doimo o‘z Vataniga bo‘lgan mehr yashaydi. Vatan — bu shunchaki xaritadagi hudud emas. U — ona tilimiz, bolaligimiz o‘tgan ko‘chalar, bobolarimiz qoldirgan tarix, onamizning duosi, xalqimizning orzu-umidlaridir. Shuning uchun Vatanni sevish — o‘zligimizni sevish demakdir. Bu ulug‘ tushuncha Amir Temurning "Temur tuzuklari"dagi g‘oyalarda ham o‘z aksini topgan. Amir Temur uchun yurt tinchligi, davlat qudrati, xalq manfaati va mamlakat obodligi eng muhim masalalardan bo‘lgan. Uning hayoti va faoliyati bizga Vatanni sevish so‘z bilan emas, amal bilan isbotlanishini ko‘rsatadi. #mustaqillik_35_yil Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
🇺🇿 Mustaqillik-35 yil! 🦅 O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Mustaqillik bayrami”shukuhi 💎 Yagona Vatan, Yagona Xalq bo’lib, Yangi Hayot va Kelajak Yaratamiz! 🌐 Akademiyaning rasmiy sahifalari 👇👇👇 ✅ @uzdxa_official 🔣 Uzdxa.uz Facebook 📷 Instagram You Tube ➡️@UzDXaAloqaBot ➡️@uzdxa_rektoriga_murojaat_bot @uzdxa_tyutorga_murojaat_bot
ZaminProfArt ijodiy jamoasi qabul jarayonlari 1-sentabrgacha deb belgilandi. Ammo ajratilgan joylar to’lishi bilan qabul yopiladi! “Marhabo Talantlar-2026” ko’rik tanlovidan ajratilgan bo’sh o’rinlar sanoqli qolganini malum qilamiz
🎭🎶🌟 “Marhabo tanaltlar-2026” Respublika ko’rik tanlovi 🌟🎶🎭 BUGUN SONGI KUN QABUL YOPILISHIGA SANOQLI SOATLAR QOLDI! ✨ Musiqa, vokal, raqs, teatr yoki tasviriy san’at yo‘nalishida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda Respublikamizning eng nufuzli ijodiy loyihalaridan biri — “Marhabo Talantlar – 2026” tanloviga marhamat! 🏆 Yo‘nalishlar: 🎼 Cholg‘u ijrochiligi 🎤 Vokal ijrochiligi 💃 Xoreografiya 🎭 Teatr aktyorligi 🎨 Tasviriy va amaliy san’at 👥 Ishtirokchilar: ✅ 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ✅ BMSM o‘quvchilari ✅ Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari ✅ Talabalar 🎁 Har bir ishtirokchiga: 🏅 Diplom va medallar 🎁 Esdalik sovg‘alari 🏆 Gran-pri sohiblariga maxsus statuetkalar va qimmatbaho sovg‘alar ✈️ FINAL BOSQICH G‘OLIBLARIGA: 🇦🇪 DUBAY SAYOHATI! Hoziroq ariza topshiring hamda to’lovlarni amalga oshiring biz siz bilan Sayohatga bormoqchimiz! 📞 Murojaat uchun: ☎️ +998 95 339 06 10 📲 Telegram: @zamin_profart_admin 📰 Yangiliklar kanali: @zaminprofart
#Tanlov 🔥 “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi! O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi! Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborishlari talab etiladi. Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun telefon +99894 368 65 65 Shoshiling joylar soni cheklangan. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
#vakansiya 📝 Madaniyat vazirligi vacancy.argos.uz platformasi orqali bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e’lon qiladi. 📎 Vakant lavozimlar bilan tanishish ✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod vacancy.argos.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#Respublika_kengashi 🎓 Poytaxtda madaniy ta’lim ziyolilarini bir nuqtada jamlaydigan Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
❓ Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust — dushanba barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shunga ko‘ra: ➖5 kunlik ish haftasida — 29-avgustdan 1-sentyabrgacha 4 kun dam olinadi; ➖6 kunlik ish haftasida — 30-avgustdan 1-sentyabrgacha 3 kun dam olinadi. 📅 1-sentyabr — Mustaqillik bayrami. 2-sentyabr, chorshanba — odatiy ish kuni. Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤩 Yana bir yangi loyihani kutib oling! “Qizlar akademiyasi” loyihasi ayol-qizlar uchun biznes sohasining tajribali mutaxassislaridan bepul bilim olish va esdalik sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etadi. “Qizlar biznes marafoni”da 6 nafar biznes sohasining kuchli mutaxassislarining ekslyuziv darslari, qimmatbaho sovg‘alar va maxsus sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniniyati taqdim etiladi! ✅ Marafonda qatnashish mutlaqo bepul va yosh chegaralanmagan! @QizlarAkademiyasiMarafonBot Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
💡Kitob — bilim va tafakkur manbai Kitob mutolaasi insonning bilimini oshiradi, fikrlash doirasini kengaytiradi. Shu bois yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🖋Bir kitob — mingta olam. Kitob o‘qing, kelajagingizni o‘zgartiring. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi 🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi. Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar: 🔹 Vibe Coding; 🔹 Prompt Engineering (AI); 🔹 Sunʼiy intellekt; 🔹 Data Science; 🔹 Kiberxavfsizlik; 🔹 UI/UX; 🔹 AI Agent texnologiyalari. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish ⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Yosh olima ayollar uchun maxsus loyiha 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yoshlar va ilm-fan” jurnali yosh tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida “Women in science” tanlovini e’lon qildi. Unda barcha xotin-qizlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar @yoshlar_ilm_fan_bot manzili orqali quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi: ↪️Texnika fanlari; ↪️Tabiiy fanlar; ↪️Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 🏆 Tanlov doirasida saralangan eng yaxshi maqolalar bepul nashr etiladi hamda g‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ⬇️Qabul muddati: 2026-yil 25-avgustgacha Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🧠 President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun $1 000 000 mukofot jamg‘armasiga ega milliy tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang. 🏆 G‘oliblar nimalarga ega bo‘ladi? Har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi loyiha investitsiya oladi: 🥇 1-o‘rin — $100 000 🥈 2-o‘rin — $60 000 🥉 3-o‘rin — $40 000 Jami 15 ta jamoa IT Park Ventures tomonidan KPI natijalariga muvofiq bosqichma-bosqich investitsiya, shuningdek, akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing. Vaqtni boy bermang — arizangizni yakunlab, belgilangan muddatgacha topshiring. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
📢📢 “Rektorlar maktabi” — oliy ta'lim rahbarlarini tayyorlash milliy dasturi Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga, strategik fikrlash qobiliyatiga va xalqaro tajribaga ega rahbarlarni talab etmoqda. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” milliy dasturiga qabul boshlandi. Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalari uchun zamonaviy boshqaruv kompetensiyalariga ega, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan hamda ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qodir rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. 📹 Videoda "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori Bahodir Ahmedov dastur maqsadi, tanlov bosqichlari va ushbu tashabbusning mamlakat oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beradi. Dastur yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 40 nafar tinglovchi Garvard universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Ular dunyoning yetakchi universitetlari boshqaruv tajribasini o‘rganib, ushbu bilim va ko‘nikmalarni O‘zbekiston oliy ta’limi rivoji yo‘lida amaliyotga tatbiq etadilar. Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; • 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi; • kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi; • oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; • shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi. Qabul ochiq tanlov asosida va mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Tanlov bosqichlari: • hujjatlarni qabul qilish; • test sinovlari; • psixologik baholash; • suhbat. 📌 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-avgustga qadar. 📌 Qabul kvotasi: 40 nafar. 📞 Murojaat uchun: ✔️ Telefon: +998 (71) 202-41-11 (220) ✔️ E-mail: info@newuu.uz Siz ham "Rektorlar maktabi" dasturiga hujjat topshiring va O‘zbekiston oliy ta’limining yangi avlod rahbarlari safidan o‘rin oling! 👉 Ro‘yxatdan o‘tish
Universitetlar nafaqat bilim beradi ular mamlakat kelajagini shakllantiradi. Bugun O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi oldida yangi vazifalar turibdi. Tizim ko‘lami sezilarli darajada kengaydi, endi esa asosiy ustuvor yo‘nalish boshqaruv sifati, strategik rivojlanish va kuchli akademik rahbarlarni tayyorlashdir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Yangi O‘zbekiston universitetida Rektorlar maktabi tashkil etilmoqda. Bu kelajakdagi rektorlar, universitet prezidentlari va oliy ta’lim tizimining yuqori darajadagi rahbarlarini tayyorlashga qaratilgan milliy flagman dasturdir. Dastur ishtirokchilari strategik boshqaruv, institutsional rivojlanish, xalqaro hamkorlik hamda ilmiy innovatsiyalarni boshqarish yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kuchli universitetlar kuchli rahbarlardan boshlanadi. Kuchli rahbarlar esa sifatli tayyorgarlik orqali shakllanadi. Rektorlar maktabi Yangi O‘zbekiston oliy ta’limi va inson kapitali kelajagiga qaratilgan muhim sarmoyadir.
📢 “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul 28-iyuldan boshlanadi “Yangi O‘zbekiston” universitetida oliy ta'lim rahbar kadrlarini tayyorlashga mo'ljallangan "Rektorlar maktabi" dasturiga hujjatlar qabuli 2026-yil 28-iyuldan boshlanadi. Dastur oliy ta’lim tizimi uchun zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega, strategik fikrlaydigan va xalqaro tajribaga tayangan rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Dasturga quyidagi talablarga javob beruvchi nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin: ✔️ O’zbekiston fuqarosi bo’lishi; ✔️ 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi; ✔️ kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi; ✔️ oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; ✔️ shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi. Qabul ochiq tanlov asosida va mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Nomzodlar hujjatlarni topshirish, test sinovlari, psixologik baholash hamda suhbat bosqichlaridan o‘tadilar. 📌 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 28-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi; 📌 Qabul kvotasi: 40 nafar. 📞 Bog‘lanish uchun: ✔️ Telefon: +998 (71) 202-41-11 (220) ✔️ E-mail: info@newuu.uz 👉 “Rektorlar maktabi” kanaliga obuna bo‘ling: https://t.me/rektorlar_maktabi
#Bandlik #Bitiruvchilar #IshImkoniyati #OsonishUz 🎓 Hurmatli bitiruvchi talabalar! ✅ Sizning kelajakdagi ish faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan sun’iy intellekt asosida yaratilgan osonish.uz platformasi ishga tushirildi. 📌Ushbu platforma orqali siz: — Mavjud vakant ish o‘rinlari bilan tanishishingiz — O‘zingizga mos ish topishingiz — Professional rezyume yaratishingiz — Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishingiz mumkin. ✅Shu munosabat bilan barcha bitiruvchi kurs talabalari: ✅ osonish.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tishga ✅shaxsiy rezyumelarini shakllantirishga ✅platforma imkoniyatlaridan faol foydalanishga chaqiriladi 💼 Sizning muvaffaqiyatli kelajagingiz — bugungi to‘g‘riqadamingizdan boshlanadi! ➡️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: osonish.uz ➡️Savollar yuzasidan Akademiyaning Karyera markaziga yoki Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 Akademiyaning rasmiy sahifalari 👇👇👇 ✅ @uzdxa_official 🔣 Uzdxa.uz Facebook 📷 Instagram You Tube ➡️@UzDXaAloqaBot ➡️@uzdxa_rektoriga_murojaat_bot @uzdxa_tyutorga_murojaat_bot