Onlayn JURNAL | rasmiy
Статистика“Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati saytining telegramdagi rasmiy kanali. Sayt: onlaynjurnal.uz Telegram: t.me/online_journal_UZ Instagram: instagram.com/onla.ynjurnal Facebook: Onlayn jurnal YouTube:https://youtube.com/@onlayn_jurnal
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 32
- Всего постов
- 227
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 61
- 1/48двое суток
- 69
- 1/72трое суток
- 75
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga 18 kun qoldi 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#suhbat O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov Amir Temur obrazida. 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
🇺🇿 Vatan — muqaddas maskan Dunyoda shunday bir maskan borki, uni hech qanday boylikka almashtirib bo‘lmaydi. U — Vatan. Inson qayerga bormasin, qancha yuksak cho‘qqilarni zabt etmasin, qalbining bir burchida doimo o‘z Vataniga bo‘lgan mehr yashaydi. Vatan — bu shunchaki xaritadagi hudud emas. U — ona tilimiz, bolaligimiz o‘tgan ko‘chalar, bobolarimiz qoldirgan tarix, onamizning duosi, xalqimizning orzu-umidlaridir. Shuning uchun Vatanni sevish — o‘zligimizni sevish demakdir. Bu ulug‘ tushuncha Amir Temurning "Temur tuzuklari"dagi g‘oyalarda ham o‘z aksini topgan. Amir Temur uchun yurt tinchligi, davlat qudrati, xalq manfaati va mamlakat obodligi eng muhim masalalardan bo‘lgan. Uning hayoti va faoliyati bizga Vatanni sevish so‘z bilan emas, amal bilan isbotlanishini ko‘rsatadi. #mustaqillik_35_yil 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#мақола Театр Йиғлатсин, Ўйлантирсин! Кейинги пайтда жамоатчилик орасида театрларда қайнона-келин можароларидан нари ўтмайдиган тор мавзули спектакллар кўпайиб кетмоқда, деган гаплар тез-тез қулоққа чалинади. Қолаверса, бозор иқтисодиёти шароитида репертуар режасини тўлдириш учун «Театр томошабинга эргашиши керакми ёки томошабин театрга?» деган савол ҳам кўндаланг турадики, ижодий жамоалар бундан кўз юмолмайди. Юртимизда театр санъатининг қадри ҳамиша юқори бўлган, соҳа қадрланиб келинган. Ҳар йили «Театр куни» арафасида республикамиздаги барча театрларда «Очиқ эшиклар» куни ўтказилади ва ҳафта давомида спектакллар томошабинга бепул намойиш этилади. 1950-1980 йиллар бошида театрларга ташриф буюрган томошабинлар ёки отахон актёрларнинг хотираларини тингласангиз, ўша даврдаги спектакллар 3-4 соатлаб давом этгани, лиқтўла томоша зали сув қуйгандек жимжит, мухлислар актёрларнинг ижро маҳоратига маҳлиё бўлишгани эсланади... 🔗батафсил Нигора УМАРОВА «Театр» 3-сон/2026 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#kun_iqtibosi Hozirda bizga birdan-bir lozim bo‘lg‘on narsa – adabiyot, adabiyot, adabiyot... Cho‘lpon 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#suhbat Barcha o‘zbek ayollari – qahramon. Oʻzbekiston Qahramoni Munojat Yoʻlchiyeva Suhbatning toʻligʻini bu yerda: https://youtu.be/8NlST1cmCdw?si=f9W-fVDF7SwxOPZ3 tomosha qilishingiz mumkin. 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#milliy_fleshmob #maqom_durdonalari 🇺🇿🔥O’zbek milliy maqom san’ati markazi Toshkent viloyati bo’limi ijodiy jamoasi Mustaqilligimizning 35 yillik tantanalari arafasida Qibray tumani Do’rmon madaniyat uyi yonida milliy fleshmob tashkil qilishdi. 🎶⭐️Viloyat maqom ustalari tomonidan ijro etilgan xalqona qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo’lib, qibrayliklar va shahar mehmonlariga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. #mustaqillik35yil #mustaqillikshukuhi #milliychallenge #milliyraqs #qibray TOSHKENT VILOYATI MADANIYAT BOSHQARMASI 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#suhbat Orolmirzo SAFAROV: EL NAZARIDAN QOLISHDAN QOʻRQAMAN –Самарқанднинг оддий қишлоғида, оддий оилада ўсган Оролмирзо халқ ҳофизи даражасига эришди. Кўп йўлларни босиб ўтдингиз, кўпни кўрдингиз, хулосангиз қандай? –Болалик беғубор фасл бўлса, ўсмирлик ҳаётни англай бошлаш даври экан. Гоҳида гўзаллик сизни ром этса, гоҳида аянчли манзаралар букиб қўйгудек бўлади. 1970 йилда Самарқанд туманида туғилганман. Икки қиз, тўрт ўғил вояга етдик. Отам ўқитувчи, онам колхозда ишлаганлар. Тақдирнинг синови экан, Абдулҳамид акам ва мен кўзимиз ожиз бўлиб туғилдик. Самарқанд шаҳридаги 59-кўзи ожиз болалар мактаб-интернатида таълим олдим. Футбол ўйнардик, дарвозабон ҳам, ҳимоячи ҳам, ҳужумчи ҳам бўлардим. Футбол шарҳловчиси бўлгим келган. Акам иккимиз радио орқали бериладиган инсцениров каларни жон қулоғимиз билан эшитардик. «Бой ила хизматчи», «Отелло», «Қирол Лир», «Мирзо Улуғбек» трагедияси... 🔗batafsil Шаҳрибону ИМОМОВА суҳбатлашди. “Guliston” 2026/3 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
#kun_iqtibosi Daraxtning kamolga yetgani mevasi bilan bo‘lganidek, baxt-saodatning mukammal bo‘lishi yaxshi xulqlar bilan namoyon bo‘ladi. Abu Nasr FOROBIY 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga 20 kun qoldi 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Teatr ⚡️ Respublika teatrlari faoliyati: birinchi yarim yillik yakunlari tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi 11-avgust kuni Madaniyat vazirligida Respublika teatrlari tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda yilning ikkinchi yarmida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev rahbarlik qildi. Unda Respublika teatrlari direktorlari, bosh rejissyorlari, badiiy rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda teatr san’atini yanada rivojlantirish, ijodiy jarayonlarni takomillashtirish, repertuar siyosatini zamonaviy talablar asosida shakllantirish hamda teatrlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida teatrlarning 2026 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati tahlil qilinib, repertuar rejalarining bajarilishi, spektakllar namoyishi, tomoshabinlar qamrovi va ijodiy loyihalarni amalga oshirish holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, teatrlarning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy teatrlar va ijodiy jamoalar bilan tajriba almashishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda davlat buyurtmalarini shakllantirish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlashda asar mavzusining dolzarbligi, g‘oyaviy-badiiy qimmati va tomoshabinga ta’sirchanligi muhim mezon bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijodiy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni shaffof, aniq va asoslangan tarzda shakllantirish zarurligi qayd etildi. Mualliflik huquqlarini ta’minlash masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, davlat teatrlari tomonidan mualliflarga tegishli foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish zarurligi ta’kidlandi. Teatrlarning moliyaviy faoliyati yuzasidan ham muhim ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Jumladan, teatrlar tomonidan ishlab topilayotgan mablag‘lar, tomoshabinlar soni, spektakllar namoyishi ko‘rsatkichlari hamda amaldagi tartibga muvofiq ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar holati ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchilarini teatrlar tizimida ish bilan ta’minlash, yosh mutaxassislarni ijodiy jarayonlarga keng jalb etish, ular uchun munosib mehnat va ijodiy muhit yaratish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, teatrlar faoliyatida zamonaviy auditoriya bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni oshirish, spektakllar va ijodiy loyihalarni keng targ‘ib qilish orqali tomoshabinlar qamrovini kengaytirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi. Yig‘ilish yakunida teatrlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy va moliyaviy intizomni mustahkamlash, repertuar siyosatini takomillashtirish, zamonaviy va dolzarb sahna asarlarini yaratish, tomoshabinlar uchun sifatli teatr mahsulotlarini ko‘paytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu asosda Respublika teatrlari tomonidan 2026-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan chora-tadbirlar teatrlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, soha faoliyatida samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish hamda aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 🕸Sayt 😎Telegram 😎Instagram 😎YouTube 😎Facebook