Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakulteti
Статистика🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakulteti ☎️ Telefon, Faks: 75 228-02-32 ⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 21
- Всего постов
- 237
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 132
- 1/48двое суток
- 151
- 1/72трое суток
- 163
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi 🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
⚡️⚡️ Rasman: Ertaga O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, ertaga soat 08:00 da mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari — mandat e’lon qilinadi. 📢 Natijalarni kutayotgan yaqinlaringizga xabarni yuboring! So‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! Bizni birga kuzatib boring: 👇 Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt fakulteti axborot xizmati ✍️
#Diqqat_shoshilinch 🚨 REKTOR NOMIDAN LOYIHALASHTIRILGAN FIRIBGARLIK! ✅ Hurmatli professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar! 📱 Universitetimiz nufuzi va sizning xavfsizligingizga raxna soluvchi jiddiy holat aniqlandi. Telegram messenjerida Qarshi davlat texnika universiteti rektori Neʼmatov Sherzod Qalandarovich nomidan "Sherzod Nematov" deb nomlangan soxta (feyk) profil ochib, firibgarlik harakatlari olib borilmoqda! 🚫 Rasmiy bayonot: rektor Sh.Neʼmatov tomonidan Telegram messenjeri orqali hech kimga hech qanday topshiriq yoki xabar yuborilmagan. Bu soxta akkaunt ortida turganlarning maqsadi faqatgina firibgarlikdir. ‼️ Sizdan iltimos qilamiz: ishonchingizni suiisteʼmol qilishlariga yoʻl qoʻymang! Bunday profillarga aslo aldanmang, ular bilan muloqotga kirishmang va shaxsiy maʼlumotlaringizni ochiqlamang. ⚡️ DIQQAT QILING VA ESDA TUTING! Amaldagi xavfsizlik meʼyorlariga koʻra, rahbar shaxsan hech kimga toʻgʻridan-toʻgʻri xabar yoki soʻrovlar yubormaydi. ✅ OGOH BO‘LING, SHUBHALI MUROJAATLARGA ISHONMANG! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#no_comment Ayni paytda Toshkentdagi “Hilton Tashkent City“da oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ta’limda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanish arafasida. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Dolzarb_90_kun #Ichki_turizm “Dolzarb 90 kun” doirasida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Qarshi davlat texnika universiteti jamoasining Toshkent shahriga maʼnaviy-maʼrifiy sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar poytaxtimizning diqqatga sazovor va tarixiy-maʼrifiy maskanlarida boʻlib, yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bugungi taraqqiyoti haqida yanada keng tasavvurga ega boʻldilar. Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi buyuk allomalarimizning ilmiy-maʼnaviy merosi hamda ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Gʻalaba bogʻi va “Magic City” boʻylab sayohat ham universitet jamoasiga bir olam taassurot va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
#Qabul_2026 Qarshi davlat texnika universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul qizgʻin davom etmoqda Kelajagingizga ishonchli qadam qoʻying va zamonaviy bilim hamda amaliy koʻnikmalarni egallash imkoniyatidan foydalaning! 🔹 63 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari; 🔹 47 ta magistratura mutaxassisliklari; 🔹 kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari; 🔹 zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion taʼlim muhiti; 🔹 xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari; 🔹 iqtidorli talabalar uchun keng imkoniyatlar mavjud. ❗️ Aziz abituriyentlar! Orzuingizdagi kasbni egallash yoʻlida toʻgʻri tanlov qiling. ☎️ Call markaz raqami: +998-75-220-09-24 Qarshi davlat texnika universiteti — kelajak muhandislari, IT mutaxassislari va yuqori malakali kadrlar tayyorlanadigan zamonaviy taʼlim maskani! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#2026_OAVda_biz #Dayjest 📺 Viloyat TVning “Maxsus reportaj” (”Специалный репортаж”) koʻrsatuvida “Kelajakka qadam” dasturi orqali oʻz biznesini yoʻlga qoʻyayotgan universitetimiz talabalari faoliyati haqida soʻz yuritildi. 🎤 Axborotda rektor Sherzod Neʼmatov hamda talabalar – Shahboz Yoʻldoshev va Sitora Choriyeva oʻz mulohazalarini bildirganlar. * * * 💻 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi Yoshlar.edu.uz rasmiy telegram kanalida 2 ta axborotimiz yoritildi: - Energetika muhandisligi fakultetida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar. - 2026/2027-oʻquv yili boʻyicha qabul eʼloni. * * * 📻 “Oltin voha” radiosining “Islohot” eshittirishida iqtisod fanlari nomzodi, professor Shirin Fayziyeva bilan muloqot oʻtkazildi. * * * Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi telegram kanalida Neft-gaz va geologiya fakulteti dekani Abbos Shodiyevning mulohazalari eʼlon qilindi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
❗️Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi 📌 Agar siz maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlashni istasangiz, Pedagog platformasi orqali e’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Pastdagi havola orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting va o'zingizga mos yo'nalish bo'yicha pedagoglik faoliyatingizni davom ettiring 👇👇👇👇 https://pedagog.uzedu.uz/jobs/vacancy-list?regionSoato=18&page=0 ✔️ Ayni paytda platformada 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. 📑Siz o‘zingizga mos hudud, tuman yoki ta’lim muassasasini tanlab, bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza yuborishingiz mumkin. Bizni birga kuzatib boring: 👇 Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt fakulteti axborot xizmati ✍️
#Ogohlik ⚡️ ENERGIYA – UMUMIY BOYLIGIMIZ! ✅ Qarshi davlat texnika universiteti jamoasini energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga chorlaymiz! ❗️ Bugungi kunda elektr energiyasini tejash – nafaqat iqtisodiy manfaat, balki atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun barqaror energetikani taʼminlashning muhim shartidir. 💡 Energiya tejash uchun oddiy qoidalarga amal qilaylik: 🔹 Xonadan chiqishda chiroqlarni oʻchiring; 🔹 Foydalanilmayotgan kompyuter, printer, konditsioner va boshqa elektr jihozlarini oʻchirib, imkon qadar elektr tarmogʻidan uzing; 🔹 Tabiiy yorugʻlikdan imkon qadar samarali foydalaning; 🔹 Konditsioner va isitish tizimlaridan meʼyorida foydalaning; 🔹 Energiya tejamkor LED yoritish vositalaridan foydalaning; 🔹 Elektr jihozlaridan foydalanishda tejamkorlik va masʼuliyat tamoyiliga amal qiling. 🌱 Har bir tejab qolingan kilovatt – iqtisod qilingan mablagʻ va tabiatga koʻrsatilgan gʻamxoʻrlikdir! 🤝 Energiya tejash – barchamizning umumiy vazifamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️