tgindex
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

Статистика
@nqaaeuzузбекский

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Veb-sayt: nqaae.uz Instagram: instagram.com/nqaaeuz Facebook: facebook.com/nqaaeuz Aloqa bot: @nqaaeuzbot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
55
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 396
+2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 642
40 постов
Вовлечённость
107,2%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 55
Упоминаний
49
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 288
1/48двое суток
1 476
1/72трое суток
1 591

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.12,7 тыс24

    Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 14 авг.1 06010

    Abituriyent yangi ta’lim dasturiga hujjat topshirishdan avval bitta muhim savolga javob topishi kerak: ushbu dastur sifat talablariga javob beradimi? Aynan shu maqsadda maxsus davlat akkreditatsiyasi joriy etilgan. Mazkur jarayonda yangi ochilayotgan yoki hali bitiruvchilari bo‘lmagan har bir ta’lim dasturi o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin alohida baholanadi. Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlariga talabalarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra: ➖ 86 ta ta’lim tashkilotining 474 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasiga taqdim etildi; ➖ 204 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi; ➖ 14 ta ta’lim dasturi belgilangan talablarga javob bermagani sababli akkreditatsiyadan o‘tmadi; ➖ 256 ta ta’lim dasturi o'rganish jarayonida. Har bir ta’lim dasturi bir nafar mahalliy va bir nafar xorijiy ekspert tomonidan baholanadi. Maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari, natijalari hamda asosiy tendensiyalar yoritilgan batafsil axborot-tahliliy sharh bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 13 авг.1 10529из rektorlar_maktabi

    Rektorlar maktabi butun dunyoda raqobatbardoshlikni taminlay oladigan liderlar sinfini yaratadi Bugungi kunda ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirishda samarali boshqaruv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Rektorlar maktabi” milliy dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur dastur zamonaviy ta’lim boshqaruvi tamoyillarini chuqur biladigan, strategik fikrlaydigan va xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lgan yangi avlod ta’lim liderlarini tayyorlashga qaratilgan. 📹 Videoda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi rahbari Baxtiyor Yo’ldoshev “Rektorlar maktabi”ning maqsadi, dastur imkoniyatlari va uning oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beradi. Dastur to‘liq davlat tomonidan moliyalashtiriladi va davlat granti asosida amalga oshiriladi. Dastur doirasida ishtirokchilar dunyoning yetakchi universitetlari tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng faol 40 nafar ishtirokchi esa xorijiy nufuzli universitetlarda malaka oshirish uchun yuboriladi. 📌 Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; • 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi; • kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi; • oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; • shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi. 📌 Tanlov bosqichlari: • hujjatlarni qabul qilish; • test sinovlari; • psixologik baholash; • suhbat. Qabul ochiq tanlov asosida va mutlaqo bepul amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun: ✔️ Telefon: +998 (71) 202-41-11 (220) ✔️ E-mail: info@newuu.uz “Rektorlar maktabi” ta’lim boshqaruvida o‘zini ko‘rayotgan mutaxassislar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro tajribani o‘rganish hamda uni O‘zbekiston oliy ta’limi rivojiga tatbiq etish uchun katta imkoniyat. @rektorlar_maktabi

  • 10 авг.1 80125

    Qarshi davlat texnika universitetining 17 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasi asosida baholandi Akkreditatsiya jarayonida 34 nafar mahalliy va xorijiy ekspert ishtirok etdi. Quyidagi ta’lim dasturlari akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o'tdi: Bakalavriat (7 ta): ➖Marketing; ➖Axborot xavfsizligi; ➖Biotibbiyot muhandisligi; ➖Sanoat muhandisligi va menejmenti; ➖Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi; ➖Agromuhandislik; ➖Ishlab chiqarish muhandisligi. Magistratura (7 ta): ➖Robototexnika; ➖Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari; ➖Konchilik mashinalari va jihozlari; ➖Xalqaro qishloq xoʻjaligi; ➖Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati; ➖Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; ➖Seleksiya va urugʻchilik. Quyidagi ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmadi: Bakalavriat: ➖Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; ➖Agrokimyo va tuproqshunoslik. Magistratura: ➖Gidravlik mashinalar. Qarshi davlat texnika universiteti haqidagi batafsil ma'lumot bilan uchbu havola orqali tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 8 авг.2 02813

    Akkreditatsiyaga tekshiruv emas, rivojlanish imkoniyati sifatida qarash kerak Markaziy Osiyo universiteti (CAU) Tibbiyot fakulteti dekani Murodbek Ahrorov kompleks davlat akkreditatsiyasining oliygohlar rivojidagi o‘rni va ushbu jarayonning amaliy ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 7 авг.9 8936

    Education World Forum podkastida Oʻzbekistonda taʼlim sifati islohotlari haqida soʻz yuritildi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo'ldoshev taʼlim sohasidagi eng nufuzli xalqaro platformalardan biri — Education World Forum'ning EWF Conversations podkasti mehmoni boʻldi. EWF dasturi direktori Fabrizio Trifirò bilan suhbatda Oʻzbekistonda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, taʼlim sifatini taʼminlash va mamlakatni mintaqaviy taʼlim xabiga aylantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 🎧 Podkastni havola orqali tinglashingiz mumkin: Podkast English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 7 авг.4 43917

    Yana 3 ta oliygohning yangi ta'lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tdi 3 ta oliygohning 6 ta yangi ta'lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi. Davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta'lim dasturlari: Buxoro davlat pedagogika instituti – 3 ta bakalavriat ta'lim dasturi: ➖Sun'iy intellekt; ➖Axborot tizimlari va texnologiyalari; ➖Xorijiy til va adabiyoti (koreys tili). Samarqand davlat pedagogika instituti – 1 ta bakalavriat ta'lim dasturi: ➖Sun'iy intellekt. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali – 2 ta bakalavriat ta'lim dasturi: ➖Matematika (bakalavriat); ➖Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) (magistratura). Mazkur ta'lim dasturlari mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida belgilangan mezonlar asosida baholandi. Havolalar orqali oliygohlar faoliyatiga oid ma'lumotlar bilan tanishishingiz hamda sertifikatlarni yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 6 авг.2 46416

    Xalqaro ekspert: Akkreditatsiya talabalarga taqdim etilayotgan ta’lim imkoniyatlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi Germaniyaning Frankfurt Gyote universiteti (dunyo reytingida 201–250-o'rin) professori, xalqaro ekspert Luciano Rezzolla Markaziy Osiyo universiteti (CAU)da o‘tkazilayotgan kompleks davlat akkreditatsiyasiga raislik qilmoqda. Videoda professor ta’lim sifatini baholashning ahamiyati va uning universitetlar hamda talabalar uchun qanday imkoniyatlar yaratishi haqida fikr bildiradi. Professor Luciano Rezzolla — nazariy astrofizika sohasidagi dunyoning yetakchi olimlaridan biri. U 350 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, insoniyat tarixidagi ilk qora tuynuk tasvirini yaratgan Event Horizon Telescope xalqaro hamkorligi boshqaruv kengashi a’zolaridan biri hisoblanadi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 4 авг.3 22825

    Andijon davlat texnika institutining yangi taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtdi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi huzuridagi ekspertlar komissiyasi tomonidan Andijon davlat texnika institutining 11 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Baholash jarayonlarida 10 nafar mahalliy va 10 nafar xorijiy ekspert ishtirok etib, taʼlim dasturlarining amaldagi davlat talablarini oʻrgandi. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim dasturlari: Bakalavriat – 10 ta taʼlim dasturi ➖Kompyuter injiniringi (kunduzgi, kechki); ➖Axborot xavfsizligi (kunduzgi, kechki); ➖Arxitektura; ➖Transport vositalari muhandisligi; ➖Kadastr; ➖Biznesni boshqarish; ➖Energetika muhandisligi; ➖Elektr muhandisligi. Magistratura – 1 ta taʼlim dasturi ➖Marketing. Mazkur universitet haqidagi ma'lumotlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 4 авг.2 32517

    Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi “Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi”da kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan 7 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari: ➖Housekeeping xizmatlarini tashkil etish va sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash; ➖Tur agentlik faoliyati: turistlarni jo‘natish; ➖Mehmonxona qabulxonasi (Front Office) xizmatlarini professional darajada tashkil etish; ➖ Turoperatorlik: turistlarni qabul qilish; ➖ Professional gid-ekskursovod tayyorlash; ➖ Turizm va mehmondo‘stlik; ➖Professional gid-ekskursovod tayyorlash kursi. Ta’lim dasturlarini baholash jarayonida 2 nafar mahalliy va 2 nafar xorijiy ekspert ishtirok etdi. Quyidagi havola orqali maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlari sertifikatlarini yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 1 авг.3 87620

    Ekspertlar safida talaba 30–40 yillik tajribaga ega ekspertlar bilan bir jamoada faoliyat yuritish katta sharaf, beqiyos tajriba va yuksak mas’uliyat Davlat akkreditatsiyasi jarayonida ilk bor talaba-ekspert sifatida Abdujabbor Imomkulov ishtirok etmoqda. Ayni damda Central Asian Universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ekspertlar guruhi tarkibida 20 dan ortiq mahalliy va xalqaro ekspertlar faoliyat olib bormoqda. Ushbu akkreditatsiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, baholash jarayoniga ekspert sifatida talaba ham jalb etilgan. Biz talaba-ekspertdan mazkur jarayondagi ishtirok taassurotlari haqida so‘radik. Intervyuda u o'zining ilk taassurotlari, ekspertlar guruhidagi o‘rni hamda bunday muhim jarayonlarda yoshlarning ishtirok etishi nima uchun muhim ekani haqida so‘zlab berdi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 1 авг.2 3298

    Yana 3 ta oliygohning yangi ta’lim dasturlari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi 3 ta oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari: Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti: ➖Siyosatshunoslik. Turkiy davlatlar xalqaro universiteti: ➖Oziq-ovqat texnologiyasi. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti: ➖Biznesni boshqarish; ➖Menejment. Universitetga berilgan havolalarda ularning faoliyatiga oid ma'lumotlar hamda yangi ta'lim yo'nalishlarining sertifikatlari joylashtirilgan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 31 июл.2 85817

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.2 88916

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.1 90516

    Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Hamkorlik doirasida oliygohlarning sifatni ta’minlash mutaxassislari uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ekspertlar almashinuvini tashkil etish hamda oliygohlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishildi. ACQUIN O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Bugunga qadar ACQUIN tomonidan 4 ta oliygohning 39 ta taʼlim dasturi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va tan olingan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 30 июл.2 56520

    Xalqaro Nordik universitetining 6 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi Xalqaro Nordik universitetining yangi ta’lim dasturlari 6 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert tomonidan baholandi. Akkreditatsiyadan o'tgan ta’lim dasturlari: Bakalavriat 4 ta: ➖Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili); ➖Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili); ➖Buxgalteriya hisobi; ➖Bank ishi. Magistratura 2 ta: ➖Tarix; ➖Biznesni boshqarish (MBA). Xalqaro Nordik universitetiga oid barcha ma'lumotlar hamda akkreditatsiyadan o‘tgan yangi ta'lim dasturlari sertifikatlari bilan ushbu havolada tanishish mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 29 июл.4 05028

    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 6 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yangi taʼlim dasturlari talabga muvofiq deb topildi. Baholash jarayonlari 7 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirildi. Akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari: Bakalavriat: ➖Mexanika va matematik modellashtirish; ➖Kartografiya va masofadan zondlash; ➖Sport faoliyati: kurash; ➖Sport faoliyati: voleybol; ➖Sunʼiy intellekt. Magistratura: ➖Matematik injiniring. Universitet faoliyatiga oid batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 29 июл.3 87333

    Ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisi ta’lim sifatiga mas’ul bo‘lishi kerak Ta’lim dasturlari uchun akkreditatsiya nima beradi? U universitet faoliyatida qanday o‘zgarishlarni boshlab beradi? Nima uchun ta’lim sifati uchun mas’uliyat ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisiga tegishli? Bu haqda ishtirokchilarning fikrlarini bilish uchun Buxoro davlat universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Ziyodulla Nurovga mikrofon tutdik. U akkreditatsiyaning ahamiyati, universitet tajribasi, erishilgan natijalar hamda joriy yilda yangi ta’lim dasturlarining davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 28 июл.2 50515

    Chirchiq davlat pedagogika universitetining yangi taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika universitetining akkreditatsiyaga taqdim etilgan 7 ta bakalavriat taʼlim dasturining barchasi muvofiq deb topildi. Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan taʼlim dasturlari: ➖Amaliy sanʼat: badiiy kulolchilik; ➖Rangtasvir: dastgohli; ➖Sport faoliyati: badiiy gimnastika; ➖Sport faoliyati: dzyudo; ➖Sport faoliyati: futbol; ➖Sport faoliyati: kurash; ➖Sport faoliyati: voleybol. Universitet faoliyatiga oid, shu jumladan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 25 июл.4 92539

    Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasi asosida baholandi Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6 ta ta’lim dasturi baholandi. Shundan 4 ta ta’lim dasturi belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi. Bakalavriat: ➖ Dizayn: interyer dizayni; ➖ Menejment. Magistratura: ➖Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi); ➖Menejment. Quyidagi 2 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmadi: ➖Axborot tizimlari va texnologiyalari ➖Sun’iy intellekt. Mazkur ta’lim dasturlari 10 nafar (5 nafari xorijiy) ekspert tomonidan baholandi. Davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlarining sertifikatlari ushbu havolada. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi — tgindex