tgindex
🇺🇿MMTRI - rasmiy kanal

🇺🇿MMTRI - rasmiy kanal

Статистика
@mmtri24узбекский

Ushbu kanalda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutiga oid tezkor xabarlari berib boriladi!

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
21
Всего постов
71
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
11 118
−166 за 4 дн.
Сутки
−84
−0,75%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
7 444
40 постов
Вовлечённость
67,0%
к подписчикам
Постов в день
3,0
всего 71
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
по 6 постам
1/24сутки в ленте
9 028
1/48двое суток
10 346
1/72трое суток
11 158

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 14 авг.5 493из nqaaeuz

    Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 14 авг.6 3135

    без подписи

  • 14 авг.9 0372

    без подписи

  • 14 авг.6 1543

    без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.1 5023

    без подписи

  • 14 авг.4 0034

    без подписи

  • 14 авг.9 7851

    без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.5 6094

    без подписи

  • 🔂Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan “Malakani baholashga jalb etiladigan ekspertlar” yo‘nalishida navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi. 🩷Besh kunlik o‘quv dasturi davomida ishtirokchilarning malakani baholash sohasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Mashg‘ulotlarda milliy malaka tizimi, malakani baholashning normativ-huquqiy asoslari, tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar, baholash vositalari va mezonlarini ishlab chiqish, kasbiy imtihonlarni tashkil etish, apellyatsiya jarayonlari, professional etika hamda risklarni boshqarish kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olindi. 💙Yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan ishtirokchilarga malaka oshirish sertifikatlariga ega bo'lishdi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt  😎Telegram 😎Facebook

  • 14 авг.16,5 тыс2

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt  😎Telegram 😎Facebook

  • 13 авг.10,3 тыс6

    #KasbiyStandart 📚Tanishing! “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishida kasbiy standart ishlab chiqildi. Mazkur kasbiy standart kutubxona-axborot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy faoliyati mazmuni, zarur bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini zamonaviy talablar asosida belgilashga xizmat qiladi. 📌 Kasbiy standart doirasida quyidagi kasblar qamrab olingan: 🔹 Kutubxona va arxiv materiallari qayta tiklovchisi — noyob va qimmatli hujjatlarni restavratsiya qilish, ularning jismoniy holatini baholash, saqlash sharoitlarini takomillashtirish va uzoq muddatli saqlanishini ta’minlash; 🔹 Elektron kutubxonalar kutubxonachisi — elektron hujjatlarni tizimlashtirish, raqamli fondlarni shakllantirish, elektron kataloglar va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, raqamli kutubxona xizmatlarini rivojlantirish; 🔹 Kutubxona fondini tiklovchisi — noyob va shikastlangan materiallarni ekspertizadan o‘tkazish, murakkab restavratsiya ishlarini tashkil etish hamda restavratsiya jarayonlari sifatini ta’minlash; 🔹 Bibliograf — axborot resurslarini izlash va tahlil qilish, bibliografik tavsiflar va ko‘rsatkichlar tayyorlash, axborot so‘rovlarini bajarish hamda bibliografik xizmatlarni tashkil etish; 🔹 Kutubxona texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis (bibliotexnolog) — kutubxona axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish jarayonlarini tashkil etish, axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish. ➡️ Batafsil 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt  😎Telegram 😎Facebook

  • 12 авг.9 2363

    без подписи

  • 12 авг.9 0973

    без подписи

  • 12 авг.9 1613

    без подписи

  • 12 авг.8 8263

    без подписи

  • 12 авг.8 9123

    без подписи

  • 12 авг.8 9833

    Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Milliy malaka tizimining holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Treningda Institut direktori va mas’ul mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, amaldagi institutsional tuzilma hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Muloqot davomida faoliyat yuritayotgan 24 ta tarmoq kengashining vazifalari va joriy yildagi faoliyati, shuningdek, “Mehnat bozorini prognozlashtirish → Milliy malakalar ramkasi → tarmoq malaka ramkalari → kasbiy standartlar → malaka standartlari → ta’lim dasturlari → malakani baholash va tan olish” o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt  😎Telegram 😎Facebook

  • 10 авг.11,7 тыс2

    #Qonunchilik ❗️ Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyati tartibga solindi Hukumat qarori (437-son, 07.08.2026-y.) bilan “Respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklarida ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 👍 Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi. 👍 Maslahatchi Departament bilan kelishilgan holda tegishli davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. ✅ Quyidagilar maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi: 🔵 davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari huzurida davlat tilini rivojlantirish va geografik ob’yektlarni nomlash borasidagi masalalarni ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish; 🔵 davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining davlat tilini va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirishga oid buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish va boshqalar. 📆 Maslahatchining hisobotlari Departament tomonidan 1 yilda kamida 1 marta, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining yig‘ilishlarida esa har chorakda muntazam eshitib boriladi va natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt  😎Telegram 😎Facebook