UNESCO Uzbekistan
Статистика🇺🇳YUNESКOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! 🌐 Website: https://uz.unesco.org/fieldoffice/tashkent 🔵 Facebook: https://www.facebook.com/UNESCO.Tashkent 🟣 Instagram: https://www.instagram.com/unesco_uzbekis
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 62
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 498
- 1/48двое суток
- 570
- 1/72трое суток
- 615
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌍 Xalqaro yoshlar kuni 2026 Dunyo aholisining 16 foizini 1,2 milliard yoshlar tashkil etishini bilarmidingiz? Ularning g‘oyalari, innovatsion yondashuvlari va qat’iyati bugungi kunning eng dolzarb muammolariga yechim topishda muhim o‘rin tutmoqda. 💬 YUNESKO Bosh direktori Xolid Al-Enani ta’kidlaganidek: Insoniyat taraqqiyoti yoshlarning faol yetakchiligiga bog‘liq. Ularning salohiyatiga sarmoya kiritib va kelajagimizni birgalikda shakllantirishda ularni chinakam hamkor sifatida ko‘ra olsak, yoshlarning umumiy orzu-intilishlarini barcha uchun barqaror tinchlik va taraqqiyotga aylantira olamiz. 🔸 O‘zbekistonda YUNESKO ta’lim sohasidagi uchta yirik tashabbus orqali yoshlarning kelajagini qo‘llab-quvvatlamoqda. Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish loyihasi ayniqsa qishloq hududlaridagi yoshlarning zamonaviy qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida ish bilan ta’minlanishi uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashmoqda. ISHONCH loyihasi orqali YUNESKO o‘qituvchilarning AKT, sun’iy intellekt va innovatsion pedagogik yondashuvlar bo‘yicha salohiyatini oshirish orqali ta’limning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, SMART-ED loyihasi pedagoglarni tayyorlash va mentorlik tizimlarini mustahkamlashga yordam berib, mamlakat bo‘ylab o‘quvchilarning yanada inklyuziv, sifatli va o‘quvchi markazidagi ta’limdan bahramand bo‘lishiga xizmat qilmoqda. ✨ Bugun biz yoshlarning g‘oyalari, iste’dodi va yetakchiligini e’tirof etamiz hamda ularga yanada barqaror va tinch kelajakni barpo etish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, imkoniyat va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash borasidagi sadoqatimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. #InternationalYouthDay2026 #UNESCOUzbekistan #YouthEmpowerment #Education #ISHONCH #TVET #SMARTED #DigitalTransformation #SDG4 #YouthLead
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📚 Farg‘onada trening mashg‘ulotlari boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YUNESKO hamkorligida, “Ishonch” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida treninglar boshlandi. Mashg‘ulotlar “Pedagogika va andragogika” hamda “Ingliz tili darslarida AKT va sun’iy intellekt” mavzularida tashkil etilmoqda. Treninglarda kattalar ta’limi tamoyillari, inklyuziv yondashuv, professional kommunikatsiya, fikr-mulohaza va refleksiya, shuningdek, ustoz-shogird an’anasi asosidagi kasbiy rivojlanish masalalari yoritilmoqda. 🚀TG|🔵FCB|🎬YUTB / INSTA / SAYT AXBOROT XIZMATI
YUNESKO O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy loyiha bo‘yicha yordamchi mutaxassis lavozimiga nomzodlarni izlamoqda. Tanlangan mutaxassis o’qituvchilar uchun ta’lim dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Ish joyi: Toshkent shahri Ariza topshirish muddati: 2026-yil 6-sentyabr Batafsil ma'lumot uchun: https://careers.unesco.org/job/Tashkent-Associate-National-Project-Officer-%28Education%29/1368647957/ 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
ENGLISH 🛡 O‘zbekistonda jurnalistlar xavfsizligini mustahkamlash 📢 YUNESKO “O‘zbekiston hukumati va fuqarolarining axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat institutlari hisobdorligi hamda media savodxonligini mustahkamlash (AIM)” loyihasi doirasida Samarqand (27–28-iyul) va Buxoro (30–31-iyul) shaharlarida jurnalistlar xavfsizligiga bag‘ishlangan ikkita hududiy seminarni muvaffaqiyatli tashkil etdi. Seminarlarda jurnalistlar bugungi murakkab va tez o‘zgarayotgan axborot muhitida xavfsiz faoliyat yuritish hamda kasbiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. 📚 Interaktiv seminarlar amaliy mashg‘ulotlar, real vaziyatlar tahlili va muhokamalarni o‘z ichiga olib, quyidagi mavzularga bag‘ishlandi: • xizmat safarlari va tahririy topshiriqlar oldidan xavflarni baholash; • raqamli xavfsizlik va himoyalangan aloqa vositalaridan foydalanish; • jurnalistik manbalar hamda maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish; • mobil qurilmalar va onlayn platformalardan xavfsiz foydalanish; • sun’iy intellekt yordamida yaratilgan dipfeyklar (deepfake) va boshqa raqamli manipulyatsiyalar kabi yangi tahdidlarga munosabat bildirish. 💬 Seminarlar davomida ishtirokchilar o‘z kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistika etikasi va mas’uliyatli jurnalistika tamoyillariga amal qilgan holda jismoniy hamda raqamli xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni muhokama qildilar. 🎯 Mazkur seminarlar media mutaxassislarini bugungi media makonida uchrayotgan yangi chaqiriqlarga tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda YUNESKOning so‘z erkinligi, jurnalistlar xavfsizligi va ishonchli axborotdan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yana bir bor tasdiqladi. 🤝 AIM loyihasi YUNESKO tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent yaratish markazi bilan hamkorlikda hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi (SDC)ning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. #UNESCO #SafetyOfJournalists #FreedomOfExpression #Journalism #DigitalSecurity #MediaDevelopment #Uzbekistan 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
ENGLISH Farg‘ona o‘qituvchilari kasbiy rivojlanish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqmoqda 💡 O‘qituvchilar o‘z kasbiy rivojlanishini qanday shakllantirishi mumkin? Farg‘ona Pedagogik Mahorat Markazida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini mustahkamlash va ular faoliyat yuritayotgan ta’lim muhitlarida uchraydigan muammolarga yechim topishga qaratilgan “G‘oyalar tanlovi” treningida ishtirok etdilar. 🔹 Trening davomida ishtirokchilar ta’limdagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib loyiha g‘oyalarini ishlab chiqdi, o‘zaro fikr almashdi va amaliy tashabbuslar ustida ishladi. YUNESKO ekspertlari va boshqa o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ular o‘z takliflarini yanada takomillashtirib, pedagoglar uchun uzoq muddatli ijobiy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini muhokama qildilar. Farg‘ona ushbu treninglar turkumiga mezbonlik qilgan uchinchi hudud bo‘lib, bundan avval shunday tadbirlar Buxoro va Surxondaryoda ham o‘tkazilgan edi. 📌Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda. #ISHONCH #TeacherDevelopment #ProfessionalDevelopment #EducationInnovation #DigitalLearning #ICTinEducation #Fergana #Uzbekistan #Education #LearningForAll 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🗣Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Malakalar milliy standartini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 🗣Seminar UNESCO eksperti Dana Stroiening O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ikkinchi ekspertlik tashrifi doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi Malakalar milliy standartini xalqaro yondashuvlar asosida ishlab chiqish, o‘quv natijalarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish hamda ularni baholash mexanizmlarini amaliy jihatdan ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. 🗣Mashg‘ulotlar davomida kasbiy standartlar asosida o‘quv natijalari birliklarini shakllantirish, o‘quv natijalarini ishlab chiqish, ularga mos baholash mezonlarini belgilash hamda malakalarni baholash tizimi bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. 🗣Shuningdek, o‘quv natijalarini tan olish, malakalarning o‘zaro taqqoslanuvchanligini ta’minlash va xalqaro akademik hamda kasbiy mobillikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. 🗣Seminar yakunida Malakalar milliy standartini ishlab chiqishning zamonaviy metodologik yondashuvlari, uni malakalarni baholash mexanizmlari bilan integratsiyalash hamda amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи