ISHONCH ustozlari
СтатистикаUshbu kanal ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli taʼlimni qo’llash orqali taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi doirasida ustozlarga ma'lumot berish berish uchun ochilgan.
- Последний пост
- 3 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 565
- 1/48двое суток
- 647
- 1/72трое суток
- 698
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
ENGLISH ISHONCH loyihasi doirasida AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha treninglar Buxoro, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida muvaffaqiyatli yakunlandi 💻 So‘nggi haftalar davomida mazkur viloyatlardagi mentorlar yangi raqamli vositalarni o‘zlashtirib, ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Treninglar ularga nafaqat yangi bilimlar berdi, balki tajriba almashish va kasbdoshlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ham imkon yaratdi. Eng muhimi, ular ta’limda yangiliklarni joriy etish va doimiy rivojlanishga intilayotgan pedagoglar tarmog‘iga qo‘shildilar. 🌍 Treninglarning ushbu bosqichi yakuniga yetgan bo‘lsa-da, uning natijalari hali uzoq vaqt davomida o‘z samarasini beradi. AKT va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida 332 nafar mentorning tayyorlangani o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini yanada kengaytirish uchun muhim zamin yaratdi. Maktablardagi mentorlik faoliyati va professional o‘rganish hamjamiyatlari orqali ular qariyb 3 350 nafar o‘qituvchini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Treninglar davomida olingan bilim va ko‘nikmalar, ilgari surilgan g‘oyalar hamda shakllangan hamkorlik aloqalari Buxoro, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi maktablar va o‘qituvchilar orasida keng tarqalishda davom etadi. 🔹 Mazkur treninglar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda. #ISHONCH #TeacherDevelopment #ProfessionalDevelopment #DigitalLearning #ICTinEducation #AI #EducationInnovation #Uzbekistan #LearningForAll 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
ENGLISH Bitta o‘qituvchi ko‘plab insonlarni ilhomlantirishi mumkin. O‘ziga ishongan o‘qituvchi esa butun sinfni o‘zgartira oladi ✅️ Pedagoglar birgalikda o‘rganish, yangi usullarni sinab ko‘rish va kasbiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, buning ta’siri trening xonasi bilan cheklanib qolmaydi. Buxoro Pedagogik mahorat markazida o‘qituvchilar raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlarga asoslangan yondashuvlar ta’lim jarayonini qanday qilib yanada interaktiv, inklyuziv va o‘quvchilar ehtiyojlariga mos qilishini o‘rgandilar. Trening davomida ular yangi ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rdilar, hamkasblari bilan tajriba almashdilar hamda innovatsion yondashuvlarni kundalik dars jarayoniga joriy etishning amaliy usullari bilan tanishdilar. 🧩 Biroq bu hikoya shu bilan tugamaydi. Endilikda ular mentor sifatida yana o‘n nafardan o‘qituvchini qo‘llab-quvvatlab, yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashadilar. Bu esa sifatli kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini mamlakatning turli hududlaridagi, jumladan olis va chekka maktablardagi pedagoglargacha yetkazishga xizmat qiladi. Natijada o‘qituvchilar ham, o‘quvchilar ham yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. 🔸 O‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalari va o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash orqali biz har bir o‘quvchi uchun yanada qiziqarli, qulay va teng imkoniyatlarga asoslangan ta’lim muhitini yaratishga hissa qo‘shmoqdamiz. 📌 Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda. #ISHONCH #OqituvchilarRivoji #KasbiyRivojlanish #Talim #TalimdagiInnovatsiyalar #RaqamliTalim #AKT #BarchaUchunTalim 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
📢 Ko'proq ustozlarga imkoniyat berish uchun qo'shimcha qabul ochildi! Buxoro va Surxondaryo pedagoglari uchun yana bir imkoniyat! Agar hali ulgurmagan bo‘lsangiz — hoziroq harakat qiling 👇 ✨ Ilg‘or pedagogika ✨ AKT va sun’iy intellekt ✨ Mentorlik ko‘nikmalari 📆 Arizalar 1-avgustgacha qabul qilinadi. 👉 Ariza topshiring 🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! ✨ Agar loyihamiz haqida ko‘proq bilishni istasangiz, kanalimizga qo‘shiling: IshonchUstozlari
без подписи
ENGLISH Ekran qarshisida qancha vaqt o'tkazish me'yoridan oshadi? 💡Bolalar hayotidan gadjetlarni butunlay chiqarib tashlash shart emas. Eng muhimi, ularga gadjetlardan ongli ravishda foydalanishni o‘rgatishdir. Bunda ekranga sarflangan vaqt emas, balki ko‘rilayotgan kontentning sifati muhim. Shuningdek, ekran qarshisidagi vaqtni yolg‘iz emas, balki oila a'zolari bilan birga o‘tkazish foydaliroqdir. 🌐 YUNESKOning “Raqamli dunyoda ulg‘ayish” nomli yangi amaliy qo‘llanmasida bolalarning ekran qarshisida qancha vaqt o‘tkazishi emas, balki bu vaqtni qachon, qanday va kim bilan o‘tkazishi muhimligi ta'kidlanadi. 🗒️ Kundalik tartibga rioya qilish, ekransiz vaqtlarni belgilash hamda qurilmalardan birgalikda foydalanish raqamli hayot, uyqu, jismoniy faollik, o‘yin va ijtimoiy muloqot o‘rtasida sog‘lom muvozanatni saqlashga yordam beradi. 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
ENGLISH Sun’iy intellekt generativ AI paydo bo‘lishi bilan boshlangan emas. Va uning insoniyat manfaatlariga qanday xizmat qilishi kerakligi haqidagi muhokamani ortga surib bo‘lmaydi. Sun’iy intellekt kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanishidan ancha oldin, YUNESKOning Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tavsiyasi quyidagi to‘rtta asosiy qadriyatga tayangan umumiy global yondashuvni belgilab bergan edi: 🔹 Inson huquqlari, fundamental erkinliklar va inson qadr-qimmatini hurmat qilish, himoya qilish va targ‘ib etish 🔹 Tinch, adolatli va o‘zaro bog‘liq jamiyatlarni rivojlantirish 🔹 Xilma-xillik va inklyuzivlikni ta’minlash 🔹 Atrof-muhit hamda ekotizimlarning barqaror ravnaq topishini qo‘llab-quvvatlash YUNESKOning barcha a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan ushbu hujjat sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha dunyodagi ilk global standart hisoblanadi. Ammo bu hali boshlanishi, xolos. Sun’iy intellekt yaratadigan imkoniyatlar va u bilan bog‘liq muammolarni biror mamlakat yakka o‘zi hal qila olmaydi. Sun’iy intellekt jamiyatlarimizni tobora o‘zgartirib borayotgan bir paytda, uning rivojlanishi barcha uchun manfaatli bo‘lishini ta’minlashda xalqaro hamkorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, tadqiqotchilar, biznes vakillari va fuqarolik jamiyati BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilgan global #AIDialogue muloqotida birlashdi. Birinchi marta davlatlar va turli manfaatdor tomonlar bir stol atrofida jam bo‘lib, nafaqat texnologik jihatdan ilg‘or mamlakatlar, balki barcha davlatlarning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga oladigan, sun’iy intellektni boshqarishga doir yanada inklyuziv yondashuvni shakllantirishga hissa qo‘shdilar. Chunki sun’iy intellektning kelajagi butun insoniyat tomonidan va butun insoniyat manfaatlari yo‘lida shakllantirilishi kerak. #ForThePeople #AI #ArtificialIntelligence #AIGovernance #EthicalAI #GlobalDialogue @un_oict @ituofficial @eu_partnerships 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website