tgindex
TexVET II

GIZ Loyihasi: O'zbekiston kasb-hunar ta'lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo'llab-quvvatlash (TexVET II) GIZ project: Support of the Reform and Modernization Process in the Vocational Education System of Uzbekistan (TexVET II)

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
18:46
Постов за неделю
5
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
311
+1 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
199
34 постов
Вовлечённость
64,0%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 34
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
102
1/48двое суток
116
1/72трое суток
126

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг.1151из sstueduuz

    SDTUda GIZ bilan dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi 🇺🇿🤝🇩🇪 6-avgust kuni Samarqand davlat texnika universitetiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga TexVET II loyihasining O‘zbekistondagi milliy koordinatori Yelena Sabirova boshchilik qildi. 📌 Muzokaralarning asosiy mavzusi — tayyorgarlik sifatini oshirish, gender tenglikni ta’minlash va mehnat bozori talablariga moslashish maqsadida dual ta’limni modernizatsiya qilish. Tomonlar hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab oldilar: 🟣 xususiy korxonalar va ta’lim muassasalarida dual ta’limni joriy etish; 🟣 ta’lim jarayoniga inklyuziv yondashuvlarni tatbiq etish; 🟣 hamkorlik doirasida o‘quv jarayonini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash; 🟣 loyiha doirasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish; 🟣 ta’lim jarayonlarini boshqarish uchun zarur malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash. ✔️ Uchrashuvda TexVET II O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma loyihasining erishilgan natijalari va istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi. 🗂 Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston kasb-hunar ta’lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash (TexVET II)” loyihasi Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtiriladi va GIZ tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston tomonidan yetakchi ijrochi tashkilotlar — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligi. Loyiha 2026-yil yanvaridan 2028-yil dekabrigacha davom etadi. ✔️ Uning doirasida 12 ta kasb standarti va ularga oid o‘quv dasturlari yangilanib, 23 tagacha kasbiy ta’lim muassasasida tajriba-sinovdan o‘tkaziladi, tanlab olingan muassasalar zamonaviy o‘quv uskunalari bilan jihozlanadi. Germaniyaning amaliy fanlar universitetlari bilan hamkorlikda ikkita dual ta’lim dasturi ishlab chiqiladi, Germaniyaning Kasbiy ta’lim bo‘yicha federal instituti (BIBB) bilan aloqalar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. TexVET II to‘qimachilik va charm sanoatidan tashqari yana beshta sohani qamrab oladi; yosh ayollarga alohida e’tibor qaratgan holda gender xususiyatlarini inobatga oluvchi kasbga yo‘naltirish yondashuvlari ishlab chiqiladi. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram  I ✅Instagram ✅Facebook  I ✅YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 7 авг.1393из mmtri24

    TexVET-II loyihasi doirasida Tarmoq kengashlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti vakillari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O'zbekiston kasb-hunar ta'lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo'llab-quvvatlash (TexVET II) loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvda Institut rahbariyati va mutaxassislari, GIZ loyiha vakillari hamda Ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari kotiblari ishtirok etib, 2026-yilning ikkinchi yarmida tarmoq kengashlari faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Muloqot davomida kasbiy standartlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda modernizatsiya qilish, dual ta’lim asosidagi o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish hamda tarmoq kengashlari faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, GIZning TexVET-II loyihasi doirasida to‘qimachilik tarmog‘ida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan dual ta’lim modelini boshqa ustuvor tarmoqlarga bosqichma-bosqich joriy etish, buning uchun ishchi guruhlar tashkil etish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va texnikumlar hamda ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv yakunida tanlangan tarmoqlar bo‘yicha Institutning mas’ul xodimlarini biriktirish hamda tarmoq kengashlari bilan hamkorlikdagi amaliy ishlarni jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt  😎Telegram 😎Facebook

  • 2 июл.2883из cerruz

    🖋 Кадрлар етишмовчилигидан иқтисодиёт эҳтиёжларини аниқ прогнозлашга Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази, Германия халқаро ҳамкорлик жамияти ва HELVETAS Uzbekistan ўртасида ўзаро англашув ва ҳамкорлик тўғрисида уч томонлама Меморандум имзоланди. 📍 Марказ негизида меҳнат бозори, профессионал ва дуал таълим, шунингдек Ўзбекистон иқтисодиётининг малакали кадрларга бўлган эҳтиёжини ўрганишга қаратилган ихтисослашган таҳлилий платформа яратилади. 🖥 Платформа уч йилгача бўлган даврда ишчи кучига талаб ва таклифни баҳолаш, мавжуд ва талаб этилаётган кўникмалар ўртасидаги тафовутни аниқлаш, онлайн вакансияларни таҳлил қилиш ва келгуси компетенцияларни прогнозлаш имконини беради. 🎓 Тадқиқот натижалари мутахассисларни қабул қилиш ва битириш параметрлари, ўқув дастурларини янгилаш ҳамда профессионал таълимни иш берувчилар талабларига мослаштириш бўйича тавсиялар тайёрлашда қўлланилади. 🔝 Алоҳида йўналиш сунъий интеллект ва янги технологияларнинг бандлик, касблар таркиби ва малака талабларига таъсирини ўрганишга бағишланади. Меморандумнинг имзоланиши Ўзбекистонда кадрлар тайёрлаш тизимини ишончли маълумотлар, прогнозлаш ва иқтисодиётнинг реал эҳтиёжлари асосида ривожлантириш учун янги имконият яратади. 🖋 Cerr.uz ✈️ Telegram 💻Facebook 🖥(Twitter) ▶️ YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 24 июн.2372из ipi_uz

    #uchrashuv KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTINI TRANSFORMATSIYA QILISH BO‘YICHA HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA 🗓 2026-yil 24-iyun kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutini zamonaviy va samarali ta’lim markaziga aylantirishga qaratilgan institutsional rivojlanish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.   🔺Seminarda Kasbiy ta’lim agentligi, Institut xodimlari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Helvetas, Germaniya kasbiy ta’lim federal instituti (BIBB), UNESCO, KOICA, KfW, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Niras, DVV International va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. 🔺 Seminarning asosiy maqsadi Institutining kelajakdagi rivojlanish va transformatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qarashni shakllantirish hamda hamkorlarning ushbu jarayondagi hissasini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, Institut tomonidan transformatsiya konsepsiyasi taqdim etilib, uning bugungi holati va kelajakdagi rivojlanish modeli muhokama qilindi. Xalqaro hamkorlar o‘zlarining amaldagi va rejalashtirilayotgan tashabbuslarini taqdim etdilar. 💠 Muhokamalar natijasida Institutning transformatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkor tashkilotlarning mavjud va rejalashtirilgan faoliyatlari hamda keyingi qadamlar yuzasidan umumiy kelishuvga erishildi. ✅ Tadbir doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat tomonlarning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, institut salohiyatini mustahkamlash hamda islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Sahifalarimizga obuna bo'ling! ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook