tgindex
Sirdaryo viloyati | Kasbiy ta'lim boshqarmasi

Sirdaryo viloyati | Kasbiy ta'lim boshqarmasi

Статистика

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi, Kasbiy ta'lim agentligi Sirdaryo viloyat kasbiy ta'lim boshqarmasi. Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Hondamir ko'chasi: Murojatlar uchun tel:+998 672254700 @mshuhratovich

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
166
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 354
−53 за 5 дн.
Сутки
−27
−1,13%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
428
40 постов
Вовлечённость
18,2%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 166
Упоминаний
8
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
327
1/48двое суток
374
1/72трое суток
404

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • ⚡️ Shirinda energetikaning kelajagi tayyorlanmoqda Shirin energetika texnikumi — bugun mamlakatimiz energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlayotgan muhim kasbiy ta’lim maskanlaridan biri. 🔺Ayni paytda texnikumda 640 nafar yosh tahsil olmoqda. Bu yerda o‘quvchilar energetika sohasining bugungi va ertangi ehtiyojlaridan kelib chiqib, bug‘-gaz qurilmalarini ishlatish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh va shamol elektr stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish, elektromontaj kabi zamonaviy yo‘nalishlarni egallamoqda. 🔺Texnikumning o‘ziga xos jihati — ta’limning ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘langani. Zamonaviy laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar va ish beruvchilar bilan hamkorlik o‘quvchilarga nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlari bilan mustahkamlash imkonini bermoqda. Shuningdek, texnikumda ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy o‘quv va laboratoriya bazasi shakllantirilgan bo‘lib, har yili 220 nafar yoshni energetikaning yangi kasblariga tayyorlash imkoniyati mavjud. Texnikum o‘quvchilarining yutuqlari ham bu sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir. Jumladan, o‘quvchi Iqbolmirzo Abdusamadov xalqaro va respublika miqyosidagi kasbiy mahorat musobaqalarida yuqori natijalarni qayd etib, «Do‘stlik yulduzi» maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi hamda «Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» respublika bosqichida I o‘rinni egalladi. Bugun Shirin energetika texnikumida yoshlar shunchaki kasb egallamayapti. Ular mamlakatimiz energetikasining yangi bosqichiga tayyorlanmoqda. Batafsil:https://uza.uz/oz/posts/shirinda-kelajak-energetiklari-tayyorlanmoqda_893936 G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri Bizni kuzating Veb-sayt | Telegram  | Youtube | Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • 📚 “Skills-2026 Workshop”: yangi avlod modulli ta’lim dasturlari amaliyotda Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim muassasalarida “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida seminar-treninglar boshlandi. ⚡️ Shirin energetika texnikumida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda Boyovut va Xovos tumanlaridagi texnikumlarning 52 nafar maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ustalari ishtirok etdi. 🔺 Seminar davomida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalarini belgilash, baholash mezonlarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-treningda Shirin energetika texnikumi maxsus fan o‘qituvchilari Xudoyqulov Xolbozor va Isroilov Zulhaydar trener sifatida faol ishtirok etdilar. Mazkur tashabbus zamonaviy metodik yondashuvlarni keng joriy etish va mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Bizni kuzating Veb-sayt | Telegram  | Youtube | Instagram

  • 🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” — kasbiy mahorat milliy tanlovining eng muhim raqamlari 📊 Tanlov statistikasi va bosqichlari: ➖ Nomzodlar dastlab “mahalla yettiligi” tomonidan saralashdan o‘tkazildi. Mazkur bosqichda jami 124 371 nafar yosh ishtirok etdi. ➖ Baholash natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 610 nafar iqtidorli yosh tanlovning respublika bosqichida qatnashish imkonini qo‘lga kiritdi. 🏅 Hududlar kesimidagi medallar reytingi: ➖ Samarqand viloyati: 25 ta medal; ➖ Toshkent shahri: 13 ta; ➖ Sirdaryo va Buxoro viloyatlari: 13 tadan; ➖ Namangan viloyati: 11 ta medal. 📍Tanlovning Respublika bosqichi mamlakatimizning turli hududlarida kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi: ➖ Samarqand viloyatida — 4 ta yo‘nalish; ➖ Toshkent shahrida — 3 ta yo‘nalish; ➖ Buxoro viloyatida — 2 ta yo‘nalish; ➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 ta yo‘nalish. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

  • 10 авг.30232из shirin_xabarlari

    📚 Yangi modulli ta’lim dasturlari amaliyotda Shirin energetika texnikumida “Yangi modulli ta’lim dasturlari: mazmun va mohiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Boyovut va Xovos tumanlari hamda Shirin shahridagi texnikumlarning kasbiy fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi. Jarayonda yangi modulli ta’lim dasturlarini o‘quv jarayoniga joriy etish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqildi. Tadbir davomida pedagoglar o‘zaro tajriba almashib, kasbiy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar. 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Website

  • 10 авг.32142из SirdaryoSadosi

    🏆🏫 Сирдарё ёшлари — касбий маҳорат майдонида муносиб натижа! Пайвандлаш, модалар технологияси, сартарошлик технологияси, тиббий ва ижтимоий ғамхўрлик, ошпазлик, электромонтаж, автомобилларга техник хизмат кўрсатиш, қурилиш ва бошқа замонавий касблар бўйича ёшларнинг маҳорати намойиш этилган “Янги Ўзбекистон бунёдкорлари” Республика танловида Сирдарё вилояти ёшлари муносиб иштирок этиб, жами 13 та совринли ўринни қўлга киритди. Жумладан, 2 нафари I ўрин, 6 нафари II ўрин ҳамда 5 нафари III ўрин соҳиби бўлди. Мамлакатимизда илк бор ўтказилган мазкур танлов ёшларнинг касбий салоҳияти, амалий кўникмалари ва ўз касбига бўлган қизиқишини намоён этиш учун катта имконият яратди. Сирдарёлик ёшларнинг ушбу натижалари вилоятда ёшларни замонавий касбларга ўқитиш, уларнинг касбий компетенсияси ва амалий кўникмаларини ривожлантириш борасида олиб борилаётган ишларнинг амалий самараси сифатида эътироф этилади. Бу ҳали якун эмас. Энг кучли иштирокчилар WorldSkills жаҳон чемпионатида Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилиш имкониятига эга бўлади. Жаҳон чемпионатида ғолиблик учун 1 миллиард 30 миллион сўм миқдорида мукофот белгиланган. Сирдарё ёшлари — касбда маҳорат, натижада эътироф! Сирдарё вилояти Касбий таълим бошқармаси матбуот хизмати Канал👉 @SirdaryoSadosi ↗️

  • 10 авг.2 710410

    🏆 Sirdaryo yoshlari — kasbiy mahorat maydonida munosib natija! Payvandlash, modalar texnologiyasi, sartaroshlik texnologiyasi, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, oshpazlik, elektromontaj, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, qurilish va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha yoshlarning mahorati namoyish etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” Respublika tanlovida Sirdaryo viloyati yoshlari munosib ishtirok etib, jami 13 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 2 nafari I o‘rin, 6 nafari II o‘rin hamda 5 nafari III o‘rin sohibi bo‘ldi. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan mazkur tanlov yoshlarning kasbiy salohiyati, amaliy ko‘nikmalari va o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini namoyon etish uchun katta imkoniyat yaratdi. Sirdaryolik yoshlarning ushbu natijalari viloyatda yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning kasbiy kompetensiyasi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasi sifatida e’tirof etiladi. Bu hali yakun emas. Eng kuchli ishtirokchilar WorldSkills jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jahon chempionatida g‘oliblik uchun 1 milliard 30 million so‘m miqdorida mukofot belgilangan. Sirdaryo yoshlari — kasbda mahorat, natijada e’tirof! 🇺🇿🏆 Bizni kuzating Veb-sayt | Telegram  | Youtube | Instagram

  • Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari! Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi. Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • #Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. ▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), ➖kechki ta’limda – 4 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). 📌Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 10 авг.29181из Liderlar_kitobi_fan

    🤝 Jamoaviy birdamlik — kuchimiz manbai Inson yolg‘iz holda ko‘p narsaga erishishi mumkin. Ammo buyuk natijalar doimo jamoaviy birdamlik, o‘zaro ishonch va hamjihatlik orqali yaratiladi. Bir jamoada har kimning o‘z vazifasi, o‘z qarashi va o‘z imkoniyati bor. Muhimi — barcha bir maqsad sari harakat qilsa, kichik harakatlar ham katta natijaga aylanadi. Birdamlik — bir xil fikrlash emas. Birdamlik — turli fikrlarni hurmat qilgan holda, umumiy maqsad yo‘lida birlashishdir. Bugun bizga tezkorlikdan ko‘ra bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash, raqobatdan ko‘ra hamkorlik, individual yutuqdan ko‘ra jamoaviy natija muhimroq bo‘lib bormoqda. Chunki: “Birlik bor joyda — kuch bor. Hamjihatlik bor joyda — natija bor.” Keling, bir-birimizga suyanch bo‘laylik, muvaffaqiyatlarni birgalikda nishonlaylik va qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘taylik. 💪 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir natija! 🤝

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи