GulDPI. uz | Rasmiy
СтатистикаGuliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 45
- Всего постов
- 385
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 775
- 1/48двое суток
- 888
- 1/72трое суток
- 957
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Qabul2026 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihon dasturlari Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi hamda baholash mezonlari bilan tanishish mumkin: 👉60111200 — Jismoniy madaniyat 👉60110600 — Musiqa ta’limi Talabgorlardan mazkur ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlari so‘raladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
#QABUL2026 #MANDAT YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E’LON QILINDI 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) e’lon qilindi. 📌Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullar orqali bilishlari mumkin: ➡️my.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali. ➡️mandat.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyentning ID raqamini kiritish orqali. ➡️Test natijalari qaydnomasi orqali — abituriyentlarning test sinovlari natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
видео или голосовое, без подписи
#Qabul_2026 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida xorijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat pedagogika institutiga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirgan talabgorlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jadvalini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 👉IMTIHON JADVALI ❗️Talabgorlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda belgilangan sana va vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan ishtirok etishlari so‘raladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🏢TALABALAR TURAR JOYI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI TASHKIL ETILDI 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Guliston davlat pedagogika institutida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markaz orqali talabalar TTJga joylashish, ijara xonadonlari, ariza topshirish tartibi hamda turar joy bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan zarur ma’lumot va tavsiyalar olishlari mumkin. Ayni paytda talabalarning turar joy bilan bog‘liq ehtiyojlarini o‘rganish va mavjud masalalarga manzilli yechim topish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
#Qabul_2026 Guliston davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida tahsil olish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar uchun o‘tkazilgan kirish (suhbat) imtihonlari natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 👉IMTIHON NATIJALARI 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🎵GULDPI XOR JAMOASI — RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI YIRIK MUSIQIY LOYIHADA Davlatimiz Rahbarining madaniyat va san’at sohasini izchil rivojlantirish, milliy ijrochilik an’analarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston orkestr va xor jamoalari uyushmasini tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan vazifalari ijrosi doirasida respublika miqyosida tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonda Guliston davlat pedagogika instituti xor jamoasining ijodiy salohiyati va erishgan natijalari munosib e’tirof etilib, jamoa rahbari hamda iqtidorli talabalar nufuzli musiqiy loyihada ishtirok etish uchun taklif etildi. Ayni kunlarda institut vakillari mamlakatimizning yetakchi dirijyorlari va taniqli san’at ustalari ishtirokidagi repetitsiyalar hamda mahorat saboqlarida faol qatnashmoqda. 🎼15–16-avgust kunlari ular «Amirsoy» majmuasida tashkil etiladigan yirik konsert dasturida Sirdaryo viloyati va institutimiz sharafini munosib namoyon etadi. Institutimiz vakillariga mas’uliyatli ijodiy jarayonda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi 🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi. Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar: 🔹 Vibe Coding; 🔹 Prompt Engineering (AI); 🔹 Sunʼiy intellekt; 🔹 Data Science; 🔹 Kiberxavfsizlik; 🔹 UI/UX; 🔹 AI Agent texnologiyalari. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish ⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
#Mustaqillik_35_yil 🎤Mustaqillikning 35 yilligi — Guliston davlat pedagogika institutida bayram shukuhi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida bayramona muhit tobora keng quloch yozmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shukuhi Guliston davlat pedagogika institutida ham o‘z aksini topmoqda. Milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat va istiqlol ruhini tarannum etuvchi bayramona bezaklar institut hududiga alohida fayz bag‘ishlab, qutlug‘ ayyomning ko‘tarinki ruhini yanada yorqin aks ettirmoqda. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
🇺🇿🇷🇺Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida “Chet elliklar o‘rtasida rus tili bo‘yicha Jahon chempionati – 2026” o‘tkazilmoqda. Chempionat rus tiliga qiziqadigan yoshlar uchun o‘z bilim va salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, yangi tajriba orttirish hamda rus tili va madaniyati bo‘yicha bilimlarini yanada rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. 👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin? 🔹 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xorijiy fuqarolar; 🔹 Ishtirok jamoaviy shaklda: 1 nafar ustoz (mentor) va 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa; 🔹 Ustoz 21 yoshdan katta bo‘lishi va rus tilini bilishi lozim; 🔹 Ishtirok etish bepul. 🗓️Chempionatni o‘tkazish muddatlari: ▫️ Ro‘yxatdan o‘tish — 2026-yil 1-iyuldan ▫️ Saralash bosqichi — 27-iyuldan 1-oktabrgacha ▫️ Final bosqichi — 19–23-noyabr kunlari 👨💻Saralash jarayonining asosiy bosqichlari masofaviy tarzda o‘tkaziladi, final esa Rossiya Federatsiyasi hududida an’anaviy (oflayn) shaklda bo‘lib o‘tadi. Rus tilini yaxshi bilasizmi? Unda o‘z kuchingizni xalqaro maydonda sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 👉Batafsil ma’lumot 📃Qo‘shimcha ma’lumot va ishtirok etish bo‘yicha: @gulhayo_ulugbekovna 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” — kelajak texnologiyalarini o‘rganish uchun katta imkoniyat! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 206-son qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga iqtidorli talabalarni saralab olish tanlovi o‘tkazilmoqda. 👨🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin? ▪️Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlab, 3-bosqichga o‘tayotgan talabalar; ▪️ Akademik qarzdorligi mavjud bo‘lmagan talabalar. 📌Talabaning ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligidan qat’i nazar, tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud. 🎓Ta’lim qanday tashkil etiladi? Kurs onlayn emas. G‘olib talabalar akademik mobillik asosida Toshkent shahrida bir o‘quv yili davomida tahsil oladi. Bunda talaba o‘zining asosiy oliy ta’lim muassasasidagi ta’limini davom ettirgan holda, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” dasturi doirasida zamonaviy Data Science va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi. 💻Kurs davomida quyidagilar o‘rganiladi: ▪️ Data Science va sun’iy intellekt texnologiyalari; ▪️ Ma’lumotlarni tahlil qilish va ular bilan ishlash; ▪️ Zamonaviy raqamli texnologiyalar; ▪️ Innovatsion va startap loyihalarni ishlab chiqish; ▪️ Sun’iy intellekt texnologiyalarini turli soha va tarmoqlarga integratsiya qilish. 🎁G‘olib talabalar uchun imkoniyatlar: 🎓Bepul ta’lim; 💰Har oy rag‘batlantirish puli; 🍽Bir mahal issiq ovqat; 💻Noutbuk va internet; 📚Zarur o‘quv materiallari bilan ta’minlash imkoniyati. ⏰Hujjatlar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi! 🌐Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: https://dscience.uz/qabul/2026 📱 Tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumot: https://t.me/datasciencekonkurs ❗️Ariza topshirishdan avval platformadagi tanlov shartlari, talablar, saralash tartibi va zarur ma’lumotlar bilan to‘liq tanishib chiqish so‘raladi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998 90 177 20 22 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook