tgindex
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

Статистика

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

Последний пост
14:26
Последнее чтение
16:36
Постов за неделю
125
Всего постов
918
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
10 305
0 за 6 дн.
Сутки
−15
−0,15%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 209
40 постов
Вовлечённость
11,7%
к подписчикам
Постов в день
17,9
всего 918
Упоминаний
73
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
663
1/48двое суток
759
1/72трое суток
819

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14:26182из eduuz

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:   📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;   📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;   📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;   📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;   📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;   📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;   📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;   📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;   📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 13:054642

    без подписи

  • 13:054642

    без подписи

  • 13:054522

    без подписи

  • 13:054572

    без подписи

  • 13:0545529

    G‘allaorol tumanidagi maktabda sayyor qabul o‘tkazildi Bugungi kunda davlat idoralari faoliyatida aholi murojaatlari bilan ishlashning mutlaqo yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va murojaatlariga yechim topish hamda aholiga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan Jizzax politexnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ochilovning ishonchli vakili o'quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i O.Xolmuratov, o‘quv-uslubiy boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Ismoilov tomonidan Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 2-son texnikumda sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul avvalida O.Xolmuratov tomonidan institut faoliyati, ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda yangi laboratoriya jihozlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, abituriyentlarni oliy ta’limga tayyorlash kurslari, talabalar uchun faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, kunduzgi, sirtqi va qo‘shma ta’lim (2+2) dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari, shuningdek, talabalar turar joylari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. I.Ismoilov esa institutdagi ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, abituriyentlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda talabalarning ijtimoiy hayoti yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha va aniq javoblar qaytarildi. Bunday uchrashuv va muloqotlar yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishi hamda ishonchini yanada mustahkamlashga, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishiga xizmat qilmoqda. 📱 @jizpi_online

  • 08:5876139

    📺 Diyor yangiliklari: Viloyatimizda umummilliy ish beruvchilar so'rovnomasi o'tkazilmoqda 📱 @jizpi_online

  • 08:5564324

    #Matbuot_anjumani 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanini quyidagi manzil orqali kuzatishingiz mumkin: 👉 https://youtube.com/live/n-S5HkLO5o4?feature=share Unda qabul jarayonlarining yakuniy natijalari, test sinovlari ko‘rsatkichlari, ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi o‘tish ballari, grant va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar haqida ma’lumot taqdim qilindi. Shuningdek, mandat natijalaridan so‘ng abituriyentlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, super-kontrakt asosida o‘qish shartlari hamda qabul jarayoniga oid dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. 📱 @jizpi_online

  • 08:1759926

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti tafsilotlarini Prezident matbuot xizmati Telegram kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin. 📱 @jizpi_online

  • 08:1453935

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X

  • 08:1147435

    ⏳ ETSSIS 2026 ga maqola topshirishga juda oz vaqt qoldi! Maqolalar qabuli 20-avgust 2026-yilgacha davom etadi. Hali maqolasini yuborishga ulgurmagan mualliflar uchun bu so‘nggi imkoniyatlardan biri. 📍 Jizzax politexnika instituti 📅 11–12 oktabr 2026 🧑‍💻 Format: onlayn va an’anaviy 📚 Qabul qilingan materiallar SCOPUS bazasida indekslanishi rejalashtirilgan. 👉 Batafsil va maqola yuborish: etssis.ieees.org 📞 +998 93 754 55 66 📞 +998 99 718 19 36 Ulgurib qoling — maqolangizni 20-avgustgacha yuboring! 📱 @jizpi_online

  • 08:0751469

    Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyasi kafedrasi assistenti Shaxlo Hoshimova Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" koʻrsatuvi mehmoni boʻldi. Suhbat davomida: Qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalar; Talabalarning ilmiy izlanishlari; Yoshlarning salohiyati va erishgan yutuqlari haqida; Hozirda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gap boradi. 📱 @jizpi_online

  • 07:2355965

    #rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. ☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 17 авг.1 0293

    без подписи

  • 17 авг.1 0344

    без подписи

  • 17 авг.1 0235

    без подписи

  • Jizzax politexnika institutida talabalar turar joylari masalalari muhokama qilindi Yig‘ilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Eshbekova boshchiligida jamoa ishtirok etdi.  Unda talabalarni TTJlarga joylashtirish, arizalarni qabul qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ijara xonadonlarini tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, talaba-yoshlarni TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirish, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda “Hamma o‘qishi kerak bo‘lgan 100 kitob” ro‘yxati asosida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari ham muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 📱 @jizpi_online

  • 17 авг.1 193166

    #Mustaqilligimizning_35_yilligiga_bagʻishlanadi 🇺🇿Mustaqillik — buyuk va bebaho ne’mat! Mustaqillik — xalqimizga erkin va ozod hayot baxsh etgan, milliy sha’nimiz, ongimiz va qadr-qimmatimizni tiklagan, barchamizga o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni asrab-avaylash imkonini bergan buyuk ne’matdir. Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, bugungi farovon hayotimiz va yorug‘ kelajagimizning mustahkam poydevoridir. 📹 Videorolik Jizzax politexnika instituti Matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi. 📱 @jizpi_online

  • 17 авг.2 105617

    ⚡️Orzular bilan xayrlashishga shoshilmang! 🎓 Jizzax politexnika instituti qo'shma ta'lim dasturlari 📢 2026–2027 o'quv yili uchun QABUL DAVOM ETMOQDA! Xalqaro darajadagi ta'lim olish, zamonaviy kasb egasi bo'lish va xorijiy tajribani qo'lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 🌍 Hamkor universitetlar: 🇨🇳 Sujou Texnologiyalar Universiteti (Xitoy) Ta'lim yo'nalishlari: 🔹Mexanika muhandisligi 🔹Transport vositalari muhandisligi 🔹Energetika muhandisligi 🔹Yengil sanoat muhandisligi 🇺🇿 Turin Politexnika Universiteti (Toshkent shahri) Ta'lim yo'nalishi: 🔹Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari ⚛️ MIFI Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti Toshkent filiali Ta'lim yo'nalishi: 🔹 Energetika muhandisligi ⭐️ Qo'shma ta'lim dasturining afzalliklari: ✅ 2+2 ta'lim tizimi (hamkor universitetlar uchun) ✅ Xorijiy professor-o'qituvchilardan ta'lim olish ✅ Yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash ✅ Work & Travel va xalqaro ta'lim dasturlarida ishtirok etish ✅ Zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg'ulotlar ✅ Xalqaro tajriba va raqobatbardosh bilim ✅ Xalqaro darajadagi bakalavr diplomiga ega bo'lish imkoniyati. 📚 Ta'lim tili: 🇨🇳 Sujou Texnologiyalar Universiteti — Ingliz tili ⚛️ MIFI Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti Toshkent filiali — Rus tili 📝 Qabul UzBMBA imtihon natijalari asosida amalga oshiriladi. 📄 Kerakli hujjatlar: • Pasport • Attestat (yoki diplom) ℹ️ Eslatma: B1 va undan yuqori darajadagi xalqaro yoki milliy til sertifikatiga ega abituriyentlar 2-bosqich imtihonidan ozod etiladi. 📲 Ro'yxatdan o'tish: https://szut.uz/apply.html 📞 Batafsil ma'lumot: +998 97 181 02 07 +998 99 557 27 14 +998 97 430 93 53 📱 @jizpi_online

  • 16 авг.1 266310

    ⚡️ 5 TA OLTIN QOIDA Kiberfiribgarlardan himoyalanish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? ⚠️ Firibgar shoshiltiradi — siz esa to‘xtang, o‘ylang va tekshiring! 📱 @jizpi_online