tgindex
TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

Статистика

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy sahifasi • https://ticty.uz • facebook.com/tktiyangiyer • instagram.com/tkti_yangiyer • youtube.com/@tkti_yangiyer • twitter.com/tkti_yangiyer Bog'lanish uchun: +998955115856

Последний пост
08:10
Последнее чтение
09:50
Постов за неделю
16
Всего постов
212
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
10 386
+8 за 4 дн.
Сутки
+11
+0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 069
40 постов
Вовлечённость
19,9%
к подписчикам
Постов в день
2,3
всего 212
Упоминаний
14
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 867
1/48двое суток
2 139
1/72трое суток
2 307

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 08:109191524

    ⭕️⭕️⭕️ 2025/2026-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti umumiy tanlov natijalari e’lon qilindi 👉 Batafsil saytda: https://ticty.uz/yangilik/169 ————— Объявлены результаты общего конкурса на получение полных и частичных образовательных грантов для предоставления и перераспределения грантов студентам, зачисленным на обучение в 2025/2026 учебном году. 👉 Подробнее на сайте: https://ticty.uz/yangilik/169 TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X

  • 15 авг.636221из eduuz

    #vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 15 авг.1 2781651

    #diqqat Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 20-avgustdan boshlanadi 📄 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar: 1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli (ID yoki pasport) propiskasi bilan; 2. Shahodatnoma asli (Texnikum, Litsey yoki kollej diplom va ilovasi asli); 3. Abituriyent javoblar varaqasi; 4. Abituriyent qayd varaqasi; 5. Til sertifikati (mavjud bo‘lsa); 6. Fanlardan sertifikat (mavjud bo‘lsa); 7. Rasm 8 dona 3.5/4.5 hajmda; 8. Mavjud: Foydalangan Imtiyozlar (agar bo‘lsa) -Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan tavsiyanoma; -Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasini bitirganligi haqida ma’lumot; -Nogironligi bo‘yicha; -Xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma; - Tavsiyanoma (DXX, IIV, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari xodimlari farzandlari, Muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan taqdim etilgan tavsiyanoma). TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X

  • 15 авг.1 1981510

    ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 14 авг.801122из president_ai_award

    🧠 President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun $1 000 000 mukofot jamg‘armasiga ega milliy tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang. 🏆 G‘oliblar nimalarga ega bo‘ladi? Har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi loyiha investitsiya oladi: 🥇 1-o‘rin — $100 000 🥈 2-o‘rin — $60 000 🥉 3-o‘rin — $40 000 Jami 15 ta jamoa IT Park Ventures tomonidan KPI natijalariga muvofiq bosqichma-bosqich investitsiya, shuningdek, akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing. Vaqtni boy bermang — arizangizni yakunlab, belgilangan muddatgacha topshiring. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

  • 13 авг.1 21145

    “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi 🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi. Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar: 🔹 Vibe Coding; 🔹 Prompt Engineering (AI); 🔹 Sunʼiy intellekt; 🔹 Data Science; 🔹 Kiberxavfsizlik; 🔹 UI/UX; 🔹 AI Agent texnologiyalari. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish ⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 13 авг.2 105810

    #ikkinchi_mutaxassislik Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim (2-mutaxassislik) bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga! 📌 2-mutaxassislikka hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat jarayoni o‘tkaziladi. 🗓Sana: 2026-yil 19-avgust ⏲ Vaqt: 10:00 📍Manzil: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, Faollar zali ❗️Suhbatda ishtirok etuvchi talabgorlardan belgilangan sana va vaqtda filialga kelishlari so‘raladi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 13 авг.1 3852115

    Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda __ Подготовка к новому учебному году: для студентов создаются комфортные и современные условия TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 12 авг.1 444164

    12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni Bugun butun dunyoda Xalqaro yoshlar kuni (International Youth Day) keng nishonlanmoqda. Ushbu sana jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ilmiy jarayonlardagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning mamlakat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishidagi o‘rnini e’tirof etish maqsadida nishonlanadi. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida muvaffaqiyatga erishish yoshlardan nafaqat yuksak shijoat va tashabbuskorlikni, balki chuqur bilim, innovatsion fikrlash, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallash hamda tezkor va analitik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini ham talab etmoqda. Aynan bilimli, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti hamda ertangi farovon kelajagini belgilovchi muhim kuchdir. Bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ilmiy-tadqiqot, innovatsion va amaliy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Filialda ta’lim jarayonlari zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilib, talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar, zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy loyihalar va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikdagi faoliyat orqali mustahkamlash uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Kimyo-texnologiya, energetika, avtomatlashtirish, oziq-ovqat texnologiyasi, ekologiya, kompyuter muhandisligi, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar kelajakda mamlakatimiz sanoati, ilm-fani va ishlab chiqarishining rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishiga ishonamiz. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi barcha yoshlarni, aziz talaba-yoshlarimizni Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Sizlarga mustahkam iroda, bitmas-tuganmas g‘ayrat, ilmiy va ijodiy izlanishlarda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsadlaringiz sari dadil qadamlar hamda yorqin kelajak tilaymiz! Yoshlar — kelajak bunyodkorlari! TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 12 авг.2 195917

    🟦🟦🟦🟦🟦 Texnikumlarning yo‘llanma berilgan bitiruvchilarini Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvali tasdiqlandi. 📅 Sana: 2026-yil 17-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: 201-xona Suhbatda ishtirok etuvchi bitiruvchilardan belgilangan vaqtda filialga yetib kelishlari so‘raladi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 11 авг.3 98117

    без подписи

  • 11 авг.4 07717

    без подписи

  • 11 авг.3 67317

    без подписи

  • 11 авг.3 57017

    без подписи

  • 11 авг.3 3702817

    Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Tashrif davomida filialda ta’lim jarayonini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, filialda tashkil etilayotgan Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik o‘quv markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Markazni zamonaviy texnologiyalar va zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, talabalarning sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida institut va filial hamkorligida IT yo‘nalishida turli tanlovlar, innovatsion loyihalar va amaliy tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 10 авг.2 1121314

    #vakansiya Sirdaryo viloyatidagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati taqdim etilmoqda Hurmatli talabalar! Bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati avgust oyi holatiga ko‘ra yangilangan bo‘lib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha vakant lavozimlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X

  • 10 авг.1 7221325

    #talabaga_qulaylik #markaz Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi o'z ishini boshladi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalarni turar joy bilan taʼminlashda navbatlar va sarsongarchiliklarning oldini olish, talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish, ularni munosib va xavfsiz yashash sharoiti bilan taʼminlash maqsadida maxsus markaz faoliyati yoʻlga qo'yildi. Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998949144043 TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X

  • 8 авг.1 772197

    🌿Ziyolilar bog‘ida obodonlashtirish hashari tashkil etildi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali volontyor talabalari ishtirokida Ziyolilar bog‘ida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hashar davomida bog‘ hududida tozalik ishlari olib borilib, mavjud yashil hududlarni obodonlashtirish hamda atrof-muhitni asrab-avaylashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamoaviylik va ijtimoiy faollikni oshirish, shuningdek, shahar hududlarini yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qiladi. 🌱 Yoshlar — obod muhit va farovon kelajak tarafdori! TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 8 авг.1 9981641

    🇺🇿 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali “35 000 tashabbus” mega loyihasida ishtirok etmoqda! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, barchani o‘z innovatsion g‘oya hamda tashabbuslari bilan qatnashishga chorlaydi. 💡 Sizda ta’lim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki jamiyat rivojiga xizmat qiladigan boshqa yo‘nalishlarda foydali g‘oya bormi? Unda o‘z tashabbusingizni taqdim eting va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing! 📌 Tashabbuslarni yuborish: tashabbus.yito.uz 📅 Qabul muddati: 1-avgustdan 31-avgustgacha 🇺🇿 Katta o‘zgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning g‘oyangiz ham yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘lishi mumkin! TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

  • 7 авг.1 47617

    ⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X