Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali
СтатистикаManzil: Guliston shahar, Sayhun kо‘chasi, 22-uy Telefon: (67) 236-76-00 Elektron pochta manzili: bojxona.bojxona@mail.ru E-xat: sirdaryo_customs@exat.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 51
- Всего постов
- 555
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 128
- 1/48двое суток
- 146
- 1/72трое суток
- 158
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О Стратегии «Правосудие – 2030»: построение в Новом Узбекистане народной и справедливой судебной системы, надежно защищающей права человека» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasiga start berildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasiga start berildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda boshlandi. Unda boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlardan tarkib topgan jamoalar sport mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etmoqda. Ta’kidlanganidek, bunday sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, jismoniy tayyorgarlikni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Tadbirkorlik sub’ektining bojxona rasmiylashtiruvi masalasi ko‘rib chiqildi Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov hamda boshqarmaning mas’ul xodimlari Boyovut tumanida chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan “Boyovut Pure Milky” MChJ rahbari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda korxona tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi, xususan, chorvachilik kompleksi qurilishi uchun xorijdan olib kelinayotgan qurilish materiallari va zarur jihozlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Korxona rahbari tomonidan qurilish materiallari va jihozlarning gabaritli ekanligini inobatga olgan holda, ularni korxonaning o‘z omboriga tushirish hamda bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi. Korxona tomonidan shu kunga qadar qiymati 1,9 million AQSh dollariga teng 2,24 ming tonna qurilish materiallari import qilingan. Ushbu yuklar bo‘yicha 5,9 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari to‘langan. Uchrashuv davomida tadbirkorga Bojxona kodeksi talablari asosida yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, gabaritli yuklarni korxona hududiga tushirish va rasmiylashtirish jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Masalalarni tezkor hal etish va tadbirkorlik sub’ektiga yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
без подписи
Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan O‘z ustingdan g‘alaba qozonish — eng buyuk g‘alabadir. Platon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении в связи с Днем предпринимателей группы представителей сферы» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#no_comment | 13.08.2026 Mustaqilligimizning 35 yilligi: yurtimizda bayram shukuhi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
Sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Sirdaryo bojxonasi xodimlari uchun sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi Yoshlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida O‘zkomnazorat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda boshqarma xodimlari uchun “Sun’iy intellektdan foydalanish etika qoidalari va sun’iy intellektdan xavfsiz, mas’uliyatli hamda samarali foydalanish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida xodimlarga sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishda shaxsiy va xizmatga oid ma’lumotlarni himoya qilish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etish, sun’iy intellekt orqali olingan ma’lumotlarning ishonchliligini qo‘shimcha manbalar orqali tekshirish hamda mualliflik huquqi talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbirda sun’iy intellektdan foydalanishda mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish, raqamli texnologiyalardan xavfsiz va samarali foydalanish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи