Sirdaryo tumani hokimligi
СтатистикаSirdaryo tumani hokimligining telegram kanali •Web-site: sirdarya.uz •Facebook: fb.com/sirdaryotumanpress •Instagram: instagram.com/sirdaryo_tumani_hokimligi -YouTube: youtube.com/channel/UCgP76mJvnvh89EWs_R4j_mA
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 176
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 995
- 1/48двое суток
- 1 140
- 1/72трое суток
- 1 229
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📺 Axborot24 | Sirdaryodagi tajriba haqida Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
📢 “Tashabbusli budjet”: loyihangizni sherikchilik asosida g‘olib qiling “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yilgi 2-mavsumi doirasida fuqarolar o‘z loyihalarini sherikchilik asosida, ovoz to‘plash jarayonida ishtirok etmasdan g‘olib qilish imkoniyatiga ega. Bugungi kunga qadar loyiha qiymatining 50 foizi tegishli maxsus hisobvaraqlarga o‘tkazilgan 4 ta sherikchilik loyihasi avtomatik ravishda g‘olib deb e’lon qilindi. Agar loyihangiz dastlab sherikchilik loyihasi sifatida kiritilmagan bo‘lsa, uni 2026-yil 21-avgustga qadar ushbu turga o‘tkazishingiz mumkin. 📌 Buning uchun: ✔️ shaxsiy kabinetingizga kiring; ✔️ o‘zingiz ilgari surgan loyihani tahrirlang; ✔️ loyiha turini an’anaviy loyihadan sherikchilik loyihasiga o‘zgartiring; ✔️ 18-avgustga qadar loyiha qiymatining 50 foizini maxsus hisobvaraqqa o‘tkazing. ❗️ Sherikchilik shakliga o‘tkaziladigan loyiha “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumida ilgari surilgan hamda moderatsiya jarayonida rad etilmagan bo‘lishi lozim. Loyihangizni sherikchilik asosida g‘olib qilish imkoniyatidan foydalaning va “Tashabbusli budjet” jarayonlarida faol ishtirok eting!
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda: Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabullari bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdi. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Aholi bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni o‘rganish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumanida 187 nafar bolajon uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sirdaryo tumanida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi. Hokimlik tashabbusi bilan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 187 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi tashkil etildi. Bayramona dastur, kuy-qo‘shiqlar va ko‘ngilochar chiqishlar shodiyonaga yanada fayz bag‘ishladi. Bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga unutilmas quvonch ulashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi; Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. — Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан: Давлатов Олим Давлатович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи; Давлетов Русланбек Куролтаевич освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о работе, проведенной в регионах на основе «Янгиюльского опыта» по стабильному обеспечению потребителей топливно-энергетическими ресурсами и повышению энергоэффективности. #Mirziyoyev #axborot #energetika #mahallabay Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Bir nafar nuroniy — o‘n nafar yoshga mas’ul” Sirdaryo tumanida “Bir nafar nuroniy — o‘n nafar yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda nuroniylarning yoshlar bilan ishlash borasidagi tajribasi, ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslari va ibratli hayot yo‘li namoyish etildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin “Kamolot” mahallasi nuroniysi G‘aybullo ota Tuychievga, 2-o‘rin “Taraqqiyot” mahallasi nuroniysi Ikrom ota Xusanovga, 3-o‘rin “Istiqbol” mahallasi nuroniysi Abdurasul ota Yusufaliyevga nasib etdi. G‘oliblar “Nuroniy” jamg‘armasining faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
📺 "Diyor yangiliklari" 🎞 Salomatlik marafoni 📌 Sirdaryo tumani Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ezgulik karvoni” loyihasi Sirdaryo tumanidagi 25-sonli hamda Xovos tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida o'tkazildi. 📚Tadbirlar davomida ta’lim muassasalarining har biriga 🌟Kadastr agentligi tomonidan 500 turdagi turli xil kitoblar shuningdek, dunyo va O‘zbekiston xaritalari hamda zamonaviy so‘zlovchi (interaktiv) xaritalar taqdim etildi. 📖Ushbu kitoblar o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni ilm-ma’rifatga chorlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. 🇺🇿Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Ezgulik karvoni” loyihasi doirasidagi bunday xayrli tadbirlar ezgulik, saxovat, hamjihatlik va ma’rifat ulashishning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
📊 Yangiyerdagi sayyor qabul: 160 ta murojaat nazoratga olindi 12-avgust kuni Yangiyer shahrida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 160 ta murojaat qayd etildi. Ularning 90 tasi Yangiyer shahri, 40 tasi Xovos tumani, yana 30 tasi boshqa hududlardan kelgan fuqarolarga tegishli. Murojaatlarning asosiy qismi sog‘liqni saqlash, uy-joy, yer va kadastr, bandlik, moddiy-ijtimoiy yordam hamda huquqiy masalalarga oid bo‘ldi. Shuningdek, yo‘l va asfalt, ko‘cha yoritish, ichimlik suvi, gaz, elektr, oqova va chiqindi xizmatlari, kredit, tadbirkorlik, ta’lim va sport yo‘nalishlarida ham masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1382 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling! ➤ Oqoltin tumanidan 92 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 209 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 148 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 71 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 186 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 99 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 69 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 77 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 44 tа (ko'rish) ➤ Shirin shahridan 33 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 354 tа (ko'rish) 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat xizmatchisining mas’uliyati Davlat fuqarolik xizmati — yuksak mas’uliyat, halollik va qonuniylik tamoyillariga asoslanadi. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, davlat xizmatchisi: 🫥korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi; 🫥korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikning oldini olishi; 🫥korrupsiya holatlari haqida axborotga ega bo‘lsa, bu haqda zudlik bilan tegishli vakolatli organlarni xabardor qilishi shart. 👍Muhim: korrupsiya faktlari haqida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi kafolatlanadi. Korrupsiyaga befarq bo‘lmaslik — nafaqat qonuniy talab, balki davlat xizmatidagi kasbiy va fuqarolik mas’uliyatidir. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Bugun, 13-avgust ☀️ +43°...+23°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +24°, ➡️ 3.2 m/s Tong: ☀️ +31° Kun: ☀️ +42° Oqshom: ☀️ +38° Namlik: 10% Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 8.4 m/s Bosim: 755 mm sim. ust. Oy: O'sayotgan oy Quyosh chiqishi: 05:33 Quyosh botishi: 19:26
Hurmatli yurtdoshlar! Ayni paytda Sirdaryo tumanida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli ayrim hududlarda qisqa muddatli elektr uzilishlari kuzatilishi mumkin. Ushbu ishlar kelgusida xonadonlarimizni yanada barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz