GULISTON BUGUN | RASMIY
Статистика🔰Guliston shahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Murojaat uchun: @GulistonshaharUzbot ☎️ 67-225-42-13 🌐 Web-site: https://gov.uz/oz/guliston 📱fb.com/Gulistonshaharhokimligi 📱instagram.com/gulistonshahar_hokimligi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 39
- Всего постов
- 162
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 221
- 1/48двое суток
- 253
- 1/72трое суток
- 273
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📺 «Diyor yangiliklari»: Hayriya tadbiri ➡️Telegram | Facebook | Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
«Huquqiy zakovat» intellektual bellashuvi o‘tkazildi Sirdaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari hamda xodimlari o‘rtasida «Huquqiy zakovat» intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishdagi savollar orqali o‘zlarining bilim va dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, topqirligi, hozirjavobligi hamda jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuvda jamoalar o‘zaro bilim va zakovat borasida kuch sinashdi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra, Guliston shahri jamoasi 1-o‘rin, Boyovut tumani jamoasi 2-o‘rin, Sardoba tumani jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. ➡️Telegram | Facebook | Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi; Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. — Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан: Давлатов Олим Давлатович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи; Давлетов Русланбек Куролтаевич освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи. Facebook|Instagram|X
📹 #No_comment Yozgi amfiteatr maydonida bayramga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda ➡️Telegram | Facebook | Instagram
Davlat tilida ish yuritish — samarali boshqaruv va yuksak mas’uliyat mezoni 👉 Batafsil o'qing ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
📺 «Diyor yangiliklari»: Aholi o'rtasida so'rovnoma ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Joriy yilning 13-avgust kuni 13:49 vaqti bilan «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV «Markaz» podstansiyasidan chiquvchi 35 kVli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli, Guliston shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. «Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», - «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati. ☎️ Call center — 1154 ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи