UzTextile-News
СтатистикаOfficial Channel of "Uztextileprom" association Официальный канал Ассоциации "Узтекстильпром" "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi rasmiy axborot kanali Aloqa uchun: +99871 202 22 44 Email: info@uzts.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 790
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Новости и СМИ
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 401
- 1/48двое суток
- 459
- 1/72трое суток
- 495
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 TO‘QIMACHILIK SANOATI VAKILLARI YUKSAK E’TIROF BILAN TAQDIRLANDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-avgustdagi Farmoni va Farmoyishi bilan mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga, tadbirkorlik va ishlab chiqarishni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida to‘qimachilik sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 13 nafar soha vakili ham bor. 🏆“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan: 🔹 Saburov Dilshod Kabuljanovich — “Baraka tekstil group” MChJ rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi; 🔹 Suvanqulov Shohhasan Muhammad o‘g‘li — “Semrug‘ cluster” MChJ rahbari, Jizzax viloyati; 🔹 Tog‘ayeva Yulduz Abduraimovna — “New world savdo” oilaviy korxonasi ta’sischisi, Jizzax viloyati; 🔹 Sadikov Ruslan Yurevich — “Grand textile service” MChJ rahbari, Namangan viloyati; 🔹 Djabborov Jaxongir Djurakulovich — “Sam text plas” MChJ ta’sischisi, Samarqand viloyati; 🔹 Nodirova Gulchexra Saidaxmatovna — “Aleyna textile” MChJ rahbari, Sirdaryo viloyati; 🔹 Pirmatova Dildora Ilxamovna — “Elastikum” MChJ direktori, Toshkent viloyati; 🔹 Soliyev Azizbek Xabibullayevich — “Sof gigiyenik” MChJ bosh direktori, Toshkent viloyati; 🔹 Abduazizov Boriy Abduvaliyevich — “Diva teks” MChJ direktori, Toshkent shahri. 🎖“Mehnat shuhrati” ordeni bilan: 🔹 Uraimov Isroiljon Xakimovich — “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati. 🎖“Do‘stlik” ordeni bilan: 🔹 Ismatullayev Jamshid Xayrullayevich — “Chust textile” MChJ ta’sischisi, Namangan viloyati. 🎖“Shuhrat” medali bilan: 🔹 Adamboyev Toxirjon Akbaraliyevich — “Barakat-alfa” MChJ bosh direktori, Toshkent shahri; 🔹 Choriyeva Gulnora Djurakulovna — “Tikuvchi Anoragul” xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi nomidan barcha mukofot sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! ✅Mazkur yuksak e’tirof yurtimiz to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi va tashabbuskor soha vakillarining samarali mehnati hamda mamlakatimiz sanoati rivojiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofidir. Yangi marralar, ulkan loyihalar va kelgusi faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi samarali mehnatingiz bardavom bo‘lsin! 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🗣CAITME 2026 — to‘qimachilik sanoatida zamonaviy texnologiyalar va uskunalar xalqaro ko‘rgazmasi 📅 2026-yil 8–10-sentabr 📍 “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent To‘qimachilik, trikotaj va tikuvchilik korxonalari uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish va yangi uskunalarni joriy etish bo‘yicha zamonaviy yechimlar CAITME 2026 xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etiladi. Ko‘rgazma doirasida tashrif buyuruvchilar: 🔹 yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilar va brendlar bilan tanishish; 🔹 ishlab chiqarishning turli bosqichlari uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalarni ko‘rib chiqish; 🔹 uskunalarning amaliy namoyishlarini kuzatish; 🔹 ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari bilan bevosita muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✅CAITME 2026 — ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnologik imkoniyatlarni kengaytirish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim professional platforma. 👉 Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun : https://bit.ly/CAITME-uz_reg 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 🗣CAITME 2026 — международная выставка современных технологий и оборудования для текстильной промышленности 📅 8–10 сентября 2026 года 📍 НВК «Узэкспоцентр», Ташкент Современные решения в области модернизации производства, повышения эффективности технологических процессов и внедрения нового оборудования для предприятий текстильной, трикотажной и швейной отраслей будут представлены на международной выставке CAITME 2026. В рамках выставки посетители смогут: 🔹 ознакомиться с ведущими международными производителями и брендами; 🔹 изучить современное оборудование для различных этапов производственного процесса; 🔹 увидеть оборудование в работе в рамках практических демонстраций; 🔹 провести прямые переговоры с представителями производителей и поставщиков. ✅CAITME 2026 — профессиональная площадка для развития производства, внедрения современных технологий и установления новых деловых контактов. 👉 Зарегистрируйтесь заранее и получите онлайн-бейдж: https://bit.ly/CAITME-uz_reg 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇿🇨🇳 Xitoylik hamkorlar bilan to‘qimachilik sanoatida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. 🔳7-avgust kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Xitoyning Yifa Commercial Group hamda Venchjou shahrining "Bir makon, bir yo‘l" korxonalarni rivojlantirish uyushmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida investitsiya hamkorligini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tayyor mahsulotlar savdosini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Xitoylik hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, savdo-taqsimlash markazini tashkil etish va tayyor mahsulotlarni mamlakatimiz bozoriga yetkazib berishga qiziqish bildirildi. Shuningdek, Xitoylik hamkorlarga sun’iy va sintetik tolalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish taklif etildi hamda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya hamda MDH davlatlariga eksport imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Ma’lumot uchun: Yifa Commercial Group 7–8 mingga yaqin kompaniya va brendni birlashtiruvchi yirik sanoat platformasi bo‘lib, Xanchjou shahrida umumiy maydoni qariyb 700 ming kvadrat metr bo‘lgan 9 ta savdo-ishlab chiqarish majmuasini boshqaradi. ✅ Uchrashuv yakunida mahalliy korxonalar 2026-yil 28–29-avgust kunlari Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Yifa kiyim-kechak sohasida tajriba almashish bo‘yicha XVI Butunjahon konferensiyasiga taklif etildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 🇺🇿🇨🇳 Обсуждены новые направления сотрудничества с китайскими партнерами в сфере текстильной промышленности. 🔳7 августа в Ассоциации «Узтекстильпром» состоялась встреча с делегацией Yifa Commercial Group и Ассоциации развития предприятий инициативы «Один пояс, один путь» города Вэньчжоу. В ходе переговоров стороны обсудили перспективы расширения инвестиционного сотрудничества, реализации совместных проектов и развития торговли готовой текстильной продукцией. Китайские партнеры выразили заинтересованность в реализации инвестиционных проектов в Узбекистане, создании торгово-распределительного центра и организации поставок готовой продукции на рынок страны. В свою очередь, китайской стороне было предложено рассмотреть возможность реализации совместных проектов по производству искусственных и синтетических волокон. Также партнерам была представлена информация о созданных в Узбекистане благоприятных условиях для инвесторов и возможностях экспорта продукции на рынки Европейского союза, Великобритании и стран СНГ. Для справки: Yifa Commercial Group объединяет около 7–8 тысяч компаний и брендов и управляет девятью торгово-производственными комплексами общей площадью около 700 тыс. кв. метров в городе Ханчжоу. ✅По итогам встречи отечественные текстильные предприятия были приглашены принять участие в XVI Всемирной конференции Yifa по обмену опытом в сфере швейной промышленности, которая пройдет 28–29 августа 2026 года в городе Ханчжоу. В рамках мероприятия запланированы B2B-переговоры между компаниями Узбекистана и Китая. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🗣Oʻzbekiston – Boshqirdiston biznes-forumi doirasida toʻqimachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🔳Boshqirdiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida oʻtkazilgan biznes-forum doirasida "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya qator muhim uchrashuvlarda ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvlar ikki hudud oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, toʻqimachilik sanoati yoʻnalishidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi. ✔️ Forum doirasida delegatsiya Boshqirdiston Respublikasi Savdo va xizmatlar vaziri K.D. Kalimin, Tashqi iqtisodiy aloqalar va kongress faoliyati vaziri M.D. Bolycheva, Boshqirdiston Savdo-sanoat palatasi prezidenti T.A. Xakimov, shuningdek, hududning yirik biznes vakillari, sohaviy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazdi. ✔️ Muloqotlar davomida oʻzaro savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki respublika tadbirkorlari oʻrtasida yanada qulay hamkorlik muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi. ✔️ Shuningdek, muzokaralar yakunida "UZTEX GROUP" MCHJ hamda "Tadjiev" XK (Ufa shahri) oʻrtasida zamonaviy savdo majmuasini barpo etish boʻyicha qoʻshma loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Mazkur majmua Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarini bir maydonda jamlashga xizmat qiladi. Loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarining Rossiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish, savdo infratuzilmasini rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Boshqirdiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. ✅ "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport bozorlari va investitsiya imkoniyatlarini yaratish yoʻnalishidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 🗣Делегация Ассоциации «Узтекстильпром» приняла участие в бизнес-форуме «Республика Башкортостан – Республика Узбекистан» 🔳В рамках бизнес-форума между Республикой Башкортостан и Республикой Узбекистан делегация во главе с руководством Ассоциации «Узтекстильпром» приняла участие в ряде двусторонних встреч, направленных на дальнейшее развитие торгово-экономического, инвестиционного и промышленного сотрудничества между регионами. ✔️ В ходе форума состоялись переговоры с Министром торговли и услуг Республики Башкортостан К.Д. Калиминым, Министром внешнеэкономических связей и конгрессной деятельности Республики Башкортостан М.Д. Болычевой, Президентом Торгово-промышленной палаты Республики Башкортостан Т.А. Хакимовым, а также с представителями деловых кругов, профильных организаций и ведущих компаний Республики Башкортостан. ✔️ В ходе встреч стороны обсудили перспективные направления сотрудничества в текстильной отрасли, вопросы расширения взаимной торговли, привлечения инвестиций, а также создания благоприятных условий для укрепления партнерских связей между предпринимателями двух республик. ✔️ Кроме того, по итогам переговоров между ООО «UZTEX GROUP» и ИП «Таджиев» (г. Уфа) достигнута договоренность о реализации совместного проекта по строительству современного торгового комплекса, предназначенного для размещения производителей и поставщиков текстильной продукции Республики Узбекистан. Реализация данного проекта позволит расширить присутствие узбекской текстильной продукции на российском рынке, будет способствовать развитию торговой инфраструктуры и станет очередным важным шагом в укреплении торгово-экономического сотрудничества между Республикой Узбекистан и Республикой Башкортостан. ✅ Ассоциация «Узтекстильпром» продолжает системную работу по развитию международного сотрудничества, расширению экспортных возможностей отечественных производителей и привлечению новых инвестиционных проектов в текстильную промышленность страны. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🗣O‘zbekiston – Tatariston biznes-forumi doirasida yangi hamkorliklar sari muhim qadamlar. 🔳O‘zbekiston – Tatariston biznes-forumida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya tarkibida 40 dan ortiq to‘qimachilik sanoati korxonalari ishtirok etdi. Forum doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan: 🔹 Kichik va o‘rta biznes assotsiatsiyasi, Natural Advance kompaniyasi hamda Rossiya Klasterlari Ishbilarmonlik Birlashmasi vakillari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. 🔹 OZON marketpleysi vakillari bilan mahalliy to‘qimachilik korxonalarining elektron savdo platformalaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. ✅ Muzokaralar yakunida OZON vakillarining joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi hamda to‘qimachilik korxonalari uchun marketpleys orqali savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv-trening uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 🗣Более 40 текстильных предприятий Узбекистана приняли участие в бизнес-форуме «Узбекистан – Татарстан». 🔳В рамках бизнес-форума «Узбекистан – Татарстан» в составе делегации, возглавляемой руководством Ассоциации «Узтекстильпром», приняли участие более 40 предприятий текстильной отрасли Узбекистана. В ходе форума также состоялся ряд важных встреч и переговоров: 🔹 С представителями Ассоциации малого и среднего бизнеса, компании Natural Advance и Делового объединения кластеров России обсуждены перспективы расширения торгово-экономического сотрудничества и реализации совместных проектов. 🔹 С представителями маркетплейса OZON проведены переговоры по вопросам расширения участия отечественных текстильных предприятий в электронной коммерции, а также повышения их компетенций в сфере онлайн-продаж. ✅ По итогам встречи достигнута договоренность о визите представителей OZON в октябре текущего года в Узбекистан для проведения обучающих тренингов по эффективной организации торговли на маркетплейсе и расширению возможностей отечественных предприятий на электронной торговой платформе. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🗣Libos dizayni mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv seminar va mahorat darslari tashkil etiladi. 🔳Germaniya To‘qimachilik Uyushmasi Gesamtmasche tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan GUZ Partners loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamkorligida libos dizayni mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv seminar va ixtisoslashtirilgan mahorat darslari tashkil etiladi. 📅 Sana: 2026-yil 3–7-avgust 📍 Manzil: Toshkent shahri, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti. 🌐 Seminar va mahorat darslarini moda hamda to‘qimachilik dizayni bo‘yicha taniqli xalqaro ekspert Robert Herzog olib boradi. U Hugo Boss AG va Laurèl kabi dunyoning yetakchi moda brendlari bilan ko‘p yillik muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega. Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: ✔️ barqaror materiallar bozoridagi zamonaviy trendlar va global tendensiyalar; ✔️ loyiha hamda kolleksiyalar uchun g‘oyalar xaritasini professional darajada shakllantirish usullari; ✔️ xalqaro standartlarga mos portfolio tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar; ✔️ moda va to‘qimachilik dizaynida innovatsion yondashuvlar hamda bozor ehtiyojlarini tahlil qilish. 📌 Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 +998 99 790 12 55 — Kamola 📞 +998 97 720 68 70 — Yulduz 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 🗣Международный обучающий семинар и мастер-классы для специалистов в области дизайна одежды. 🔳В рамках проекта GUZ Partners, реализуемого Германской текстильной ассоциацией Gesamtmasche, совместно с Агентством по развитию лёгкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан и Ассоциацией «Узтекстильпром» организуются международный обучающий семинар и специализированные мастер-классы для специалистов в области дизайна одежды. 📅 Дата: 3–7 августа 2026 года 📍 Место проведения: г. Ташкент, Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности. 🌐 Семинар и мастер-классы проведёт известный международный эксперт в области моды и текстильного дизайна Роберт Херцог (Robert Herzog), обладающий многолетним опытом сотрудничества с ведущими мировыми брендами, включая Hugo Boss AG и Laurèl. В программе: ✔️ современные тенденции и мировые тренды рынка экологичных и устойчивых материалов; ✔️ профессиональные методы формирования концепции и карты идей при разработке проектов и коллекций; ✔️ практические рекомендации по подготовке портфолио в соответствии с международными стандартами; ✔️ инновационные подходы в дизайне одежды и текстиля, а также анализ актуальных потребностей мирового рынка. Количество мест ограничено. Для регистрации и получения дополнительной информации: 📞 +998 99 790 12 55 — Камола 📞 +998 97 720 68 70 — Юлдуз 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
Ўзбекистон тадбиркорлари учун Россияга бизнес-миссия ташкил этилмоқда 🇺🇿🇷🇺 Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси ҳамда Кичик бизнес уюшмаси ҳамкорлигида 2–7 август кунлари Россия Федерациясининг йирик саноат ва иқтисодий марказларига расмий бизнес делегацияси ташкил этилмоқда. Сафар йўналиши: ✈️ Тошкент → Қозон 🚌 Қозон → Уфа 🚌 Уфа → Самара ✈️ Самара → Тошкент 🤝 Ташриф дастури доирасида икки мамлакат тадбиркорлари ўртасида B2B учрашувлари, маҳсулот ва хизматлар тақдимотлари, ишлаб чиқариш корхоналарига ташрифлар ҳамда экспорт, логистика ва саноат кооперациясига бағишланган амалий музокаралар ўтказилади. Мазкур бизнес-миссия Россия бозорини яқиндан ўрганиш, маҳсулотларингиз учун янги харидор ва ишончли ҳамкорлар топиш ҳамда экспорт фаолиятингизни янги босқичга олиб чиқиш учун муҳим майдон бўлиб хизмат қилади. Рўйхатдан ўтиш ва батафсил маълумот учун: 📞 +998 91 668 66 00 📞 +998 97 170 21 01 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Facebook|Instagram|X
🔳Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 23-iyul kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yetuk rahbarlardan biri Djumaniyazov Muxammadjon Baxramovich tavallud topgan kun. Muxammadjon Baxramovich ko‘p yillar davomida mamlakatimiz to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sohaning salohiyatini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqda. Yuksak salohiyat, teran bilim, boy amaliy tajriba va zamonaviy yondashuvlarga ega rahbar sifatida uning tashabbuskorligi, mas’uliyatliligi, talabchanligi va insonparvarligi barchamiz uchun ibratdir. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi jamoasi hamda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblar nomidan Djumaniyazov Muxammadjon Baxramovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Sohamizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlari doimo barakali va samarali bo‘lsin! 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🗣Libos dizayni mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv seminar va mahorat darslari tashkil etiladi. 🔳Germaniya To‘qimachilik Uyushmasi Gesamtmasche tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan GUZ Partners loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamkorligida libos dizayni mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv seminar va ixtisoslashtirilgan mahorat darslari tashkil etiladi. 📅 Sana: 2026-yil 3–7-avgust 📍 Manzil: Toshkent shahri, "UzKor Texno Park". 🌐 Seminar va mahorat darslarini moda hamda to‘qimachilik dizayni bo‘yicha taniqli xalqaro ekspert Robert Herzog olib boradi. U Hugo Boss AG va Laurèl kabi dunyoning yetakchi moda brendlari bilan ko‘p yillik muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega. Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: ✔️ barqaror materiallar bozoridagi zamonaviy trendlar va global tendensiyalar; ✔️ loyiha hamda kolleksiyalar uchun g‘oyalar xaritasini professional darajada shakllantirish usullari; ✔️ xalqaro standartlarga mos portfolio tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar; ✔️ moda va to‘qimachilik dizaynida innovatsion yondashuvlar hamda bozor ehtiyojlarini tahlil qilish. 📌 Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 +998 99 790 12 55 — Kamola 📞 +998 97 720 68 70 — Yulduz 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 🗣Международный обучающий семинар и мастер-классы для специалистов в области дизайна одежды. 🔳В рамках проекта GUZ Partners, реализуемого Германской текстильной ассоциацией Gesamtmasche, совместно с Агентством по развитию лёгкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан и Ассоциацией «Узтекстильпром» организуются международный обучающий семинар и специализированные мастер-классы для специалистов в области дизайна одежды. 📅 Дата: 3–7 августа 2026 года 📍 Место проведения: территория UzKor Texno Park, г. Ташкент 🌐 Семинар и мастер-классы проведёт известный международный эксперт в области моды и текстильного дизайна Роберт Херцог (Robert Herzog), обладающий многолетним опытом сотрудничества с ведущими мировыми брендами, включая Hugo Boss AG и Laurèl. В программе: ✔️ современные тенденции и мировые тренды рынка экологичных и устойчивых материалов; ✔️ профессиональные методы формирования концепции и карты идей при разработке проектов и коллекций; ✔️ практические рекомендации по подготовке портфолио в соответствии с международными стандартами; ✔️ инновационные подходы в дизайне одежды и текстиля, а также анализ актуальных потребностей мирового рынка. Количество мест ограничено. Для регистрации и получения дополнительной информации: 📞 +998 99 790 12 55 — Камола 📞 +998 97 720 68 70 — Юлдуз 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
Тожикистон бозорига чиқиш имкониятини қўлдан бой берманг! Маҳсулот ва хизматларингизни қўшни давлат бозорига олиб чиқишни режалаштираяпсизми❓ Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси ҳамда Кичик бизнес уюшмаси ҳамкорлигида 28–31 июль кунлари Тожикистон Республикасига бизнес-миссия ташкил этилмоқда. Бизнес-миссия иштирокчилари қуйидаги имкониятларга эга бўлади: 👍 Хўжанд ва Душанбе шаҳарларида йирик компаниялар ва тадбиркорлар билан B2B учрашувлари ўтказиш; 👍 Маҳсулот ва хизматларингизни потенциал харидорларга тақдим этиш; 👍 Янги экспорт бозорлари ва савдо имкониятларини ўрганиш; 👍 Ишончли ҳамкорлар ва дистрибьюторлар топиш; 👍 Савдо шартномалари ва ҳамкорлик меморандумларини имзолаш имконияти. Янги бозорлар — янги имкониятлар демакдир. Бугун ўрнатилган ҳамкорлик эртага бизнесингизни янги босқичга олиб чиқиши мумкин. Жойлар сони чекланган! 📝 Рўйхатдан ўтиш Батафсил маълумот: 📞 +998 91 512 58 46 📞 +998 97 170 21 01 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash vazifasi qo‘yilganini eslatdi. Viloyat hokimlari yanvar-iyun oylarida inflyatsiyani 3 foizdan oshirmaslikni maqsad qilgan edi. Lekin Samarqand viloyatidan tashqari birorta hudud buni uddalay olmagan. Aprel-iyun oylarida go‘sht narxi 6-8 foizga ko‘tarilgani qayd etildi. Shu bois, import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash uchun 300 milliard so‘m ajratilgan. Poytaxt va Toshkent viloyatidan tadbirkorlar samolyotda 1 ming 300 tonna go‘sht olib kelgani aytildi. Lekin boshqa hududlar bu borada yetarli tashabbus ko‘rsatmagan. Davlatimiz rahbari hokimlar va mas’ullar go‘sht balansini viloyatlar kesimida qayta ko‘rib chiqib, qachon va qaysi davlatdan qancha go‘sht olib kelish bo‘yicha aniq reja tuzishi shartligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama qilindi. Bu borada joriy etilgan tizim natijasida mahalliy brendlar soni ortib bormoqda. So‘nggi ikki yilda milliy brendlar uchun 15,5 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatilgan. Lekin o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazgan 309 ta mahalliy korxonaning uchdan biri haligacha eksportga chiqmagan. Davlatimiz rahbari brend yaratgan tadbirkorlar sifat, narx va kafolat bo‘yicha ichki bozorda ishonch qozonganini ta’kidladi. Ularga ozgina ko‘mak berilsa, tashqi bozorlarda ham o‘z yo‘lini topishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim import mahsulotlari demping narxda yoki kontrafakt sifatida kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytildi. Mutasaddilarga ikki haftada mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X