Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
СтатистикаVeb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
- Последний пост
- 08:29
- Последнее чтение
- 09:21
- Постов за неделю
- 93
- Всего постов
- 540
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 15 131
- 1/48двое суток
- 17 340
- 1/72трое суток
- 18 701
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
#Bayram_tuhfasi ✅Davlatimiz Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan yurtimizdagi qator ta’lim muassasalari zamonaviy ko’rinish kasb etmoqda. Xorazm viloyati, Urganch shahrida joylashgan “Renessans” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Xiva shahridagi 15-sonli MMT ham shular jumlasidandir. 📍11-13-avgust kunlari Xorazmda bo‘lib o’tgan Respublika seminari doirasida mazkur muassasa faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅ #Taqdirlash_tadbiri ✅ 38-Xalqaro informatika olimpiadasining (IOI-2026) tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirok etib, nufuzli xalqaro fan olimpiadalarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi ahamiyati, erishilayotgan natijalar va o‘quvchilarimizning yutuqlari haqida so‘z yuritdi. 📍Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov va Xalqaro informatika olimpiadasi prezidenti Sun Teck Tan ham soʻzga chiqib, ishtirokchi va g‘oliblarni samimiy tabrikladi. ⏰ Jarayonlar davomida IOI bayrog‘i Germaniya delegatsiyasi vakiliga tantanali ravishda topshirdi. 39-Xalqaro informatika olimpiadasi 2027-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi. 📊 Ma’lumot o’rnida: ushbu nufuzli musobaqada 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etdi. Unda O’zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Ikki kun davom etgan asosiy sinovlarda ishtirokchilar har kuni 5 soatdan o‘z bilim, mantiqiy fikrlash va dasturlash mahoratini namoyish etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Al-Xorazmiyning munosib izdoshlari: Yoshlarimizdan IOI 2026 da tarixiy natija! Poytaxtimiz mezbonlik qilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgani barchamizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi. 90 dan ortiq davlat yoshlari bellashgan ushbu nufuzli musobaqada o‘quvchilarimiz 1 ta kumush, 3 ta bronza medali va 1 ta Honorable mention qo‘lga kiritishdi. Bu - davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng sharoitlar hamda iqtidorli farzandlarimizning jahon maydonida hech kimdan kam emasligining yorqin isbotidir. Yurtimiz sha’nini munosib himoya qilgan oʻquvchilarimiz — Jaxonali Xaydaraliyev (kumush), Jahongirshoh Avazxonov, Timur Kadirbergenov, Ulug‘bek Rahmatullayev (bronza) hamda Sardorbek Salimov (Honorable mention) tomirida algoritm asoschisi boʻlgan buyuk bobokalonlarimizning qoni oqayotganini amalda namoyon etishdi. Biz sizlarning yutug‘ingiz bilan faxrlanamiz va kelgusida jahon IT sohasida O‘zbekiston nomini yuksaklarga ko‘taradigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonamiz! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
#Jasorat_maktabi #Қабул_2026 📣 “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi ✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul-avgust oylarida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi. ➖ Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. ✅ Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi: 🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan; ⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan. 🔺 Bugun soat 23.00 dan boshlab, natijalarni “Shaxsiy kabinet” orqali ham bilib olishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Live O‘zbekistonda birinchi marta boʻlib oʻtgan IOI 2026 o‘z yakuniga yetdi 🔴 Poytaxtimizda Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 yakuniga bagʻishlangan tantanali yopilish va taqdirlash marosimi boshlandi. 📊 Unda 90 dan ortiq mamlakatlardan eng iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashishdi. 🌐 Tadbirni jonli efirda onlayn tomosha qilishingiz mumkin: 🌐 YouTube Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Сўраган_эдингиз ❓Men taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan sinflarga Rus tili fanidan dars beraman. Yaqinda TRKI xalqaro sertifikatidan C1 darajani qoʻlga kiritdim. Rus tili fanidan milliy tan olingan sertifikat hamda TRKI sertifikati uchun imtiyoz berilishida qanday farqlar mavjud? ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmonining 9-bandiga muvofiq, TRKI sertifikati uchun 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi. Mazkur qarorga koʻra, Milliy tan olingan sertifikatga (rus tili va adabiyoti) ega hamda taʼlim tili oʻzbek tili (yoki boshqa qardosh tillarda) boʻlgan sinflarga Rus tili fanidan dars beruvchi pedagoglarga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanadi. Milliy tan olingan rus tili va adabiyoti sertifikatidan B+ va undan yuqori natija qayd etgan pedagoglar, majburiy attestatsiya davri kelganda, murojaat yuborishda —majburiy malaka sinov turini tanlab ariza yuborganda, birinchi bosqich sinovlaridan maksimal ball taqdim etiladi. Ushbu imtiyoz TRKI sertifikatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasining VM-572-sonli qarori. ❓Men bahorgi attestatsiyada majburiy tartibda ishtirok etganman. Unda 86 ball to‘plab, 70 foizlik maxsus ustamani qo‘lga kiritganman. Kuzgi attestatsiyaga malaka toifamni yana bir pog‘onaga ko‘tarish uchun hujjat topshirmoqchiman. Agar bu safar imtihonda 86 balldan kam to‘plasam, 70%lik ustamam bekor qilinadimi? ✅ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, navbatdan tashqari attestatsiyada pedagog past ball olsa, uning amaldagi toifasi ham, unga biriktirilgan mavjud moliyaviy imtiyozlari va erishilgan ustamalari bekor qilinmaydi. Siz kuzgi malaka sinovlariga navbatdan tashqari shaklda ishtirok etib, 86 balldan past natija qayd etsangiz ham, 70 foizlik ustama belgilangan muddat (2 yil) tugagunga qadar to'lab beriladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Мактабгача_таълим ✅ Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning qiziqishi, mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi asosida o‘yinga asoslangan ta’lim jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur ta’lim yo‘nalishining amaliy jarayonlarini o‘rganish, ilg‘or tajribalarni kuzatish va pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Koreya Respublikasining nufuzli universiteti vakillari 358-DMTTda bo'lishdi. 🔰 Jarayonlar davomida mehmonlar ta’limiy muhit, o‘yinga asoslangan mashg‘ulotlar, pedagoglarning bolalar bilan ishlash usullari hamda bolaning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar. ➖ O‘zaro tajriba almashinuvi jarayonida maktabgacha ta’limda o‘yin orqali bolaning qobiliyatini namoyon etish, mustaqil qaror qabul qilishiga imkon yaratish va har bir bolaning individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+2
✅✅✅✅ 🔴 Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab "Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi" Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad — yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat. 🔰 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan “Taqdimot” sharti bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi. Unda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boyliklar aks ettirildi. 📍Qoraqalpog'iston Respublikasi 📍Andijon viloyati 📍Surxondaryo viloyati 📍Toshkent shahri Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи