tgindex
Online Olimpiada

Online Olimpiada

Статистика
@online_olimpiadaВидеоузбекский

Bu kanalda barcha fanlardan online testlar o'tkaziladi. 🤖 @online_olimpiada_bot 🔗 https://www.youtube.com/@online_olimpiada 💳Donate: https://tirikchilik.uz/online_olimpiada Reklama: @online_olimpiada_ads Admin: @Fayziyev_Muhriddin

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
63 493
−653 за 1 дн.
Сутки
−228
−0,36%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
41,8 тыс
29 постов
Вовлечённость
65,9%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 29
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
8 502
1/48двое суток
9 743
1/72трое суток
10 508

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.5 36428144из xushnudbek

    ‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 10 авг.13,8 тыс515

    🏆 IOI 2026: Telegram 235 nafar g‘olib uchun maxsus raqamli sovrinlar taqdim etadi 🇺🇿 Bugun Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 o‘z ishini boshladi. Dunyoning turli mamlakatlaridan eng iqtidorli yosh dasturchilarni jamlagan nufuzli musobaqa O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilmoqda. 💬 Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida IOI 2026 Toshkentda boshlanayotganini qayd etib, Telegram jamoasining ko‘plab a’zolari ham avval ushbu olimpiadada medallarni qo‘lga kiritganini ta’kidladi. 🎁Yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram IOI 2026ning 235 nafar g‘olibiga “Algorithm Cups” nomli eksklyuziv raqamli kolleksiyalarni taqdim etadi. Ularning umumiy qiymati kamida 117 ming AQSH dollarini tashkil etadi. 💪🏻 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Manba: Digital.uz @online_olimpiada

  • 30 июл.24 тыс4098

    🎓 2026-yilda OTM tanlash endi ancha oson! Abituriyentlar uchun yangi qulay xizmat ishga tushdi! 🚀 Endi universitet tanlash uchun bir nechta saytlarni ochishingiz shart emas. @milliy_sertifikat_bot ichidagi "OTM tanlash" WebApp orqali bitta sahifaning o'zida quyidagilarni ko'rishingiz mumkin: ✅ 2026/2027-o'quv yili qabul kvotalari 📈 O'tgan yillardagi grant o'tish ballari 📉 O'tgan yillardagi kontrakt o'tish ballari 📊 Ballarning yillar bo'yicha o'zgarish grafigi 🏛 Barcha OTMlar bo'yicha qidiruv va tahlil 📍 Hududlar bo'yicha filtrlash 🎯 To'plagan ballingizga mos TOP tavsiya etilgan yo'nalishlar 💡 Endi siz faqat kvotaga emas, balki o'tgan yillardagi statistikani ham tahlil qilib, ancha to'g'ri qaror qabul qilishingiz mumkin. 📱 Foydalanish juda oson: 1️⃣ Telegram'da @milliy_sertifikat_bot ni oching. 2️⃣ "🚀 OTM tanlash" tugmasini bosing. 3️⃣ Ballingiz va fanlaringizni kiriting. 4️⃣ Sizga mos OTM va yo'nalishlarni tahlil qiling. 🎓 To'g'ri tanlov — muvaffaqiyatli talabalikning birinchi qadami! 👉 @milliy_sertifikat_bot 📢 Do'stlaringizga ham yuboring! Ular ham OTM tanlashda xato qilmasin.

  • 15 июл.36,6 тыс5275

    ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi. 2026/2027-oʻquv yili uchun onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🖥 Arizalar platformalar: ➖ 2 ta uzrlisababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash – “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga mos bakalavriat yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartib: ✔️ Umumtaʼlim fanlari va chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali aniqlanadi; ✔️ Xalqaro sertifikatlar elektron tarzda yuklanadi. ⏳ Arizalar qabuli 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. @online_olimpiada

  • 12 июл.37 тыс3644

    #abituriyent Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi UzBMB saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi: 👉 https://uzbmb.uz/page/test_2026 ✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan: 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi; 🔹 Hududga kirish joylari; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili; 🔹 Bino raqami; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar; 🔹 Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi). ℹ️ Barcha abituriyentlar 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. Manba: Xushnudbek @online_olimpiada

  • 9 июл.33,3 тыс4962

    🟢SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi? 📣SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosqichida ham imtiyoz beradi. ✅"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi; ✅imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirganda amal qiladi; ✅ushbu toifadagi talabgorlar qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi; ✅ buning uchun SAT sertifikati faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi. Manba: Edu - ta'lim yangiliklari @online_olimpiada

  • 4 июл.39,7 тыс102143

    ⚡️ BMB agentligi abituriyentlarga tavsiyalar e'lon qildi 📝 Agentlikka ko'ra, quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:   ✔️ "Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.   ✔️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.   ✔️ Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.   ✔️ Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.   ✔️ Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi. ✔️ Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.   ✔️ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.   ✔️ Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir. Manba: Edu - ta'lim yangiliklari @online_olimpiada

  • 20 июн.59,8 тыс66400

    Magistratura qabuli 1-iyuldan my.edu.uz orqali boshlanadi Qabul 1-iyuldan 30-iyulgacha my.edu.uz platformasida onlayn o‘tkaziladi. Talab etiladigan hujjatlar: 👉oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat, ya’ni diplom yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi; 👉xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat. Xorijiy til sertifikati darajalarii: 👉xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha — kamida C1; 👉gumanitar fanlar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha — kamida B2; 👉boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari bo‘yicha — kamida B1. Manba: talimuz @online_olimpiada

  • 20 июн.43,5 тыс3254

    ❗️Bugundan maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi Bu yil 1-sinfga 2019-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. ⬇️ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1⃣-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha); 2⃣-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust). 📲 Yuqoridagi ro’yxatda nomi keltirilgan 135 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Ota-onalar bugundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Manba: Xushnudbek @online_olimpiada

  • 13 июн.50,9 тыс75145

    ❗️Rasman: SAT sertifikati bor abituriyent grant asosida o'qishga kiradi Ko'pchilik IELTS, CEFR yoki A-Level haqida biladi. Lekin SAT sertifikatining bitta muhim ustunligi bor — u abituriyentni to'g'ridan-to'g'ri davlat granti asosida talaba qiladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan. 📌 Asosiy shart SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizi, ya'ni 1200 ball va undan yuqori natija qayd etilishi kerak. ➖ Imtiyoz faqat SAT fanlari (matematika va ingliz tili) tanlangan bakalavriat yo'nalishining kirish fanlariga mos kelganda ishlaydi. ➖ Natija faqat elektron shaklda (DI kod orqali) Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboriladi. ➖ Skrinshot yoki qo'lda topshirilgan nusxa haqiqiy deb hisoblanmaydi. Manba: Edu - ta'lim yangiliklari @online_olimpiada

  • 12 июн.41,1 тыс25187

    ⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezident hujjati bilan tasdiqlangan. Davlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi. Manba: talimuz @online_olimpiada

  • 5 июн.59,7 тыс105

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 июн.60,6 тыс105

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 июн.58,3 тыс72105из xushnudbek

    ‼️Qabul boshlandi #abituriyent Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Muhim joylari: ➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos; ➖ fanlar majmuasini tanlaganda qaysi yo‘nalishlarga mos kelishi haqida ma’lumot chiqadigan bo‘libdi, bu ancha qulay; ➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi; ➖ Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas; ➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 206 ming so’m miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi; ➖ fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa (arizani tahrirlasa) bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi; ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 1 июн.45,9 тыс92165

    1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Bugun, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu sana nafaqat bayram, balki jamiyatning eng qimmat boyligi bo‘lgan bolalarning huquqlari, salomatligi, ta’limi va farovon hayotiga e’tibor qaratiladigan muhim kun hisoblanadi. Har bir bolaning kelajagi mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik va himoya bilandir. Ularning baxtli bolaligi, sifatli ta’lim olishi, o‘z qobiliyatlarini erkin namoyon etishi va xavfsiz muhitda ulg‘ayishi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib, ertangi kun poydevori sifatida xizmat qiladi. Aziz bolajonlar! Sizlar yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng katta umidi va faxrisiz. Qalbingizdagi orzular hech qachon so‘nmasin, yuzingizdagi tabassum doimo porlab tursin! Ilmga chanqoq, vatanparvar, ezgu maqsadlar sari intiluvchi insonlar bo‘lib voyaga yetishingizni tilaymiz! @online_olimpiada

  • 27 мая41,9 тыс14826

    🌅Assalomu alaykum! 🎉 QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR! ◈━━◈━━◈ @online_olimpiada

  • 25 мая40,3 тыс50136

    ❗️Bugundan Prezident maktablariga qabul boshlandi Qabul 14-iyunga qadar my.gov.uz/uz/service/854 sahifasi hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Joriy o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 4-sinf bitiruvchilari onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin. Manba: Xushnudbek @online_olimpiada

  • 16 мая57,1 тыс77216

    ❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Arizalarni Yagona portal orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin: 📝 https://my.gov.uz/uz/service/1432 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga har yili 2 mingta qoʻshimcha grant o’rni berilar edi, o’tgan yildan boshlab bu ikki baravar ko’paytirildi va 4 mingta grant o’rni beriladigan bo’ldi. ✅ Talabgorlar quyidagi 6 ta mezondan biriga tushsa, tavsiyanoma beriladi: — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari; — tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; — turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; — nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; — ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; — ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanoma soni cheklanmagan. Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Manba: Xushnudbek @online_olimpiada

  • 10 мая46,5 тыс5040

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-son Farmonining 2-bandiga muvofiq 9-may — Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli 11-may, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan. Shu bois, 2026-yil 11-aprel — 4-may kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari 12-may kuni e’lon qilinadi. Manba: Bilimni baholash agentligi @online_olimpiada

  • 9 мая41,4 тыс4318

    🎖 9-may - Xotira va qadrlash kuni. Yaqinlarni borida qadriga yeting! Bugun ularni yo'qlashni unutmang! Zero, yaqinlar yig'ilganda o'tganlarni xotirlab, ularning haqiga duo qilish, ular bilan o'tgan kunlarni eslab suhbat qurish bizning milliyligimizga xosdir. Barcha yaqinlarga ulashib qo'ying. Kanalimiz: @online_olimpiada

Online Olimpiada — tgindex