Hilola Umarova
Статистика👩💼Umarova Xilola Uktamovna 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 14:27
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 472
- 1/48двое суток
- 2 832
- 1/72трое суток
- 3 054
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 👍Universitetimiz rektori Hilola Umarova hamda “Efekta” kompaniyasining tijorat strategiyasi bo‘yicha katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi. ✅ Muloqot chog‘ida kompaniyaning sun’iy intellekt asosidagi ingliz tilini o‘qitish platformasi katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlanib, ushbu texnologiyani bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida ham qo‘llash taklifi ilgari surildi. 🤝 Shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun "Efekta" texnologiyalaridan foydalanish va sun’iy intellekt asosida til o‘qitish metodikasi bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, pedagogik ta’lim uchun maxsus raqamli kontent va metodik materiallarni birgalikda ishlab chiqish, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. 📌 Ma'lumot uchun: “Efekta Education” sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’lim yechimlarini ishlab chiquvchi xalqaro ta’lim-texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion o‘qitish platformalarini taklif etadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#auditoriyamiz_afsonalari Yahyo Gʻulomov (1908 – 1977) “Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan navbatdagi videomiz qahramoni birinchi o’zbek arxeolog olimi, akademik Yahyo G’ulomov. Videoda uning hayotidagi to‘rt faktni eslatganmiz. Zero, bu faktlar olimning fenomenini belgilaydi. Yahyo Gʻulomov ilmiy faoliyatni pedagogik faoliyat bilan uygʻunlashtirib, uzoq yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida talabalarga dars berdi, qator shogirdlar tayyorladi. Yillar o’tsa-da u asos solgan maktab faoliyati davom etyapti. Uning shogirdlari orasidan qator akademiklar, fan arboblari va nufuzli olimlar chiqdi. U yoqqan ilm mash’alasi hamon yog‘du sochib, avlodlarga yo‘l ko‘rsatib turibdi. Bir ustozning, olimning chinakam baxti ham shu emasmi?! Koʻring va baho bering. Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi. @hilola_umarova
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Fidoyilik va sadoqatga ehtirom Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida taʼlim sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan, universitetda 50 yildan ortiq samarali faoliyat yuritgan, mehnat faoliyatini laborantlikdan boshlab prorektor lavozimigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tgan, bugungi kunda universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Said-Nosir Fayzullayevning 70 yillik yubileyi nishonlandi. Tadbirda ustozning shogirdlari, ko‘p yillik hamkasblari hamda universitet jamoasi ishtirok etib, uning ta'lim tizimidagi xizmatlari, fidokorona mehnati va insoniy fazilatlarini alohida e'tirof etdilar. Samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va iliq xotiralar bilan boyigan ushbu uchrashuv ustozga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi bo‘ldi. Said-Nosir Fayzullayevni muborak 70 yillik yubileyi bilan yana bir bor tabriklaymiz. Ustozga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va pedagogika rivoji yo‘lidagi sharafli faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz! Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident! Yurtimizda Siz boshchiligingizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir. Xalqimiz baxtiga hamisha omon boʻling! @hilola_umarova
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining magistraturasida masofadan o‘qishi mumkin. Mutaxassisliklar quyidagicha: • Pedagogika nazariyasi va tarixi; • Pedagogika; • Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim); • Oʻzbek tili va adabiyoti; • Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish (huquq ta'limi); • Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix); • Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika); • Ta’limda axborot texnologiyalari; • Testologiya va bilimlarni baholash. Abituriyentlar 2026-yil 30-iyulga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz platformasi yoki my.gov.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi: – Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi; – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi. @hilola_umarova
Endilikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari pedagogika sohasida maqsadli magistraturaga qabul qilinadi. Oʻqish Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2026/2027-oʻquv yilidan boshlanadi. Ushbu yangilik e’lon qilingach juda koʻp ustozlarimiz turli savollar bilan murojaat qilishmoqda. Bu imkoniyat aynan kimlar uchun? Oʻqish qay tartibda yoʻlga qoʻyiladi? Chet tilini bilish sertifikati ham kerakmi? Nechta yoʻnalish bor? Shu va boshqa savollarga oʻzim javob berishga qaror qildim. Arizalar 10-iyuldan 30-iyulga qadar magistr.edu.uz yoki myedu.uz manzillarida qabul qilinadi. Yana biror savolingiz boʻlsa universitetimizning +998 (71) 202-44-21 raqamlariga bemalol qoʻngʻiroq qilib javob olishingiz mumkin. Aziz ustozlar, ushbu imkoniyat sizlar uchun, barchangizga omad tilaymiz! @hilola_umarova
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Talabalar tashabbuslari universitet rahbariyati e’tiborida 💙Bugun universitetimiz rektori Hilola Umarova universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan muloqot qildi. 💫 Universitet yoshlari yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan rejalar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyati, liderlik ko‘nikmalari hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan takliflarini taqdimot shaklida namoyish etdi. ⚡️ Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. ✅ Xususan, Yangi o‘quv yilidan “Top-100 start-up yosh pedagoglar”, “Summer Camp” va “Yangi avlod pedagoglari” kabi loyihalarni amalga oshirish, talabalarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. ✨ G‘oya tug‘ilgan joyda imkoniyat paydo bo‘ladi. Imkoniyat bor joyda esa o‘zgarish boshlanadi. Bu uchrashuv ana shunday o‘zgarishlarga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook