Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
СтатистикаMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 🌐Web-sayt: https://al-khwarizmischool.uz 🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot Instagram: instagram.com/itschool.uz Facebook: facebook.com/itschool.uz Math: https://t.me/AlKharazmi_math
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 390
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 990
- 1/48двое суток
- 3 426
- 1/72трое суток
- 3 695
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#IOI2026 🏆 IOI 2026: O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi! 🇺🇿 Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) terma jamoamiz a’zolari 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, mamlakatimizning ushbu olimpiadadagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi! 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etayotgan nufuzli bellashuvda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari quyidagi natijalarga erishdi: 🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (Toshkent shahri) — KUMUSH MEDAL; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — BRONZA MEDAL; 🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi — BRONZA MEDAL; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — BRONZA MEDAL. 🏅 Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahridagi Prezident maktabi — "Honorable Mention" e’tirofiga sazovor bo‘ldi. ➡️ Taqqoslash uchun, 2025-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi 1 ta kumush va 3 ta bronza medal — O‘zbekiston terma jamoasining IOIdagi eng yaxshi tarixiy natijasidir! 💐 G‘olib o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
#IOI_2026 IOI 2026 ISHTIROKCHILARIGA OMAD TILAYMIZ! 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari — Xaydaraliyev Jaxonali va Abduraupov Humoyunning 2026-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etayotgani biz uchun katta faxr! Jaxonali — asosiy terma jamoa tarkibida, Humoyun — qo‘shimcha tarkibda yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Sizning bilim, mehnat va intilishingiz ortida katta tayyorgarlik va ustozlaringizning mashaqqatli mehnati mujassam. Har bir masalada o‘zingizga ishoning va bor bilimlaringizni namoyon eting! 🇺🇿Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, munosib natijalar bilan qaytishingizga tilakdoshmiz! Olg‘a, yosh dasturchilar! _ 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Olimpiada O‘quvchilarimiz Xalqaro matematika va Xalqaro biologiya olimpiadalarida yuqori natijalar qayd etishdi 🔰Xususan, Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO 2026)da munosib ishtirok etib, 2 ta KUMUSH va 3 ta BRONZA medalini qo‘lga kiritdi. 📍 Shuningdek, Litvaning Vilnyus shahrida boʼlib oʻtayotgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO 2026)da Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta BRONZA medaliga ega bo’lishdi. 🌐 O‘quvchilarimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz! Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Imtihon_2026 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman. Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi. 🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи