New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
СтатистикаThe official channel of New Uzbekistan University Website: newuu.uz Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity Contact bot: @newuucontact_bot Contact: 71 2024111
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 254
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Образование
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 542
- 1/48двое суток
- 5 205
- 1/72трое суток
- 5 613
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Day of AI” loyihasining eng yuqori natija ko‘rsatgan 50 nafar ishtirokchisi Gonkongda malaka oshiradi “Day of AI” loyihasi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Massachusets texnologiya institutining (MIT) RAISE loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Loyiha doirasida 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirdi. Ular orasidan eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan 50 nafar ishtirokchi xalqaro malaka oshirish dasturiga yo‘llanma oldi. Tanlangan ishtirokchilar dunyoning TOP-50 oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan Gonkong Fan va texnologiyalar universitetida (HKUST)o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu dastur mamlakatimizda sun’iy intellekt ta’limini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va uni ta’lim jarayoniga keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Universitetga kirganimda katta orzularim bor edi, ammo kelajakda aniq nima bilan shug‘ullanishni hali bilmasdim. Bugun esa dunyoning yetakchi universitetlaridan qabul xabarlarini olib, ilmiy faoliyatimni davom ettirish arafasidaman.” Javohir Ne’matjonov, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Kimyo muhandisligi yo‘nalishi bitiruvchisi. Javohirning aytishicha, universitetdagi kuchli akademik muhit, zamonaviy laboratoriyalar va xalqaro imkoniyatlar unga o‘z qiziqishlarini kashf etish hamda professional yo‘lini aniqlashga yordam bergan. Talabalik davrida u Khalifa University’da almashinuv dasturida tahsil oldi, Shenyang Normal University’ning yozgi dasturida qatnashdi, Serene Healthcare kompaniyasining Tadqiqot va rivojlantirish bo‘limida faoliyat yuritdi hamda Uzbekistan GTL Scholarship Program g‘olibiga aylandi. Bugungi kunga kelib, u Imperial College London, University of Twente, Asian Institute of Technology, Queen Mary University of London va Fransiyaning “Mon Master” platformasi orqali bir qator magistratura dasturlaridan qabul oldi. Shuningdek, University College London tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri PhD dasturiga taklif etildi. Yangi O‘zbekiston universitetida ta’lim bu nafaqat bilim olish, balki o‘z salohiyatingizni kashf etish, xalqaro tajriba orttirish va katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.
Rektorlar maktabi butun dunyoda raqobatbardoshlikni taminlay oladigan liderlar sinfini yaratadi Bugungi kunda ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirishda samarali boshqaruv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Rektorlar maktabi” milliy dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur dastur zamonaviy ta’lim boshqaruvi tamoyillarini chuqur biladigan, strategik fikrlaydigan va xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lgan yangi avlod ta’lim liderlarini tayyorlashga qaratilgan. 📹 Videoda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi rahbari Baxtiyor Yo’ldoshev “Rektorlar maktabi”ning maqsadi, dastur imkoniyatlari va uning oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beradi. Dastur to‘liq davlat tomonidan moliyalashtiriladi va davlat granti asosida amalga oshiriladi. Dastur doirasida ishtirokchilar dunyoning yetakchi universitetlari tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng faol 40 nafar ishtirokchi esa xorijiy nufuzli universitetlarda malaka oshirish uchun yuboriladi. 📌 Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; • 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi; • kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi; • oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; • shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi. 📌 Tanlov bosqichlari: • hujjatlarni qabul qilish; • test sinovlari; • psixologik baholash; • suhbat. Qabul ochiq tanlov asosida va mutlaqo bepul amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun: ✔️ Telefon: +998 (71) 202-41-11 (220) ✔️ E-mail: info@newuu.uz “Rektorlar maktabi” ta’lim boshqaruvida o‘zini ko‘rayotgan mutaxassislar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro tajribani o‘rganish hamda uni O‘zbekiston oliy ta’limi rivojiga tatbiq etish uchun katta imkoniyat. @rektorlar_maktabi
“Lektorium”: Qarindoshlarimiz kim? Til orqali javob izlaymiz Gazeta va “Yangi O‘zbekiston” universiteti sizlarni o‘zaro hamkorlikda boshlanayotgan “Lektorium” loyihasining ilk ochiq ma’ruzasiga taklif etadi! Loyiha barcha uchun bepul va ochiq bilim beruvchi ma’ruzalar seriyasini tashkillashtirishni nazarda tutadi. Dastlabki ma’ruzada tilshunos va antropolog olim, Fanlar akademiyasining Antropologiya instituti bo‘lim boshlig‘i Eldor Asanov turkiy tillar tarixi va ularning kelib chiqishiga oid eng qiziqarli farazlarni tahlil qiladi. 📅 Ma’ruza vaqti: 16-avgust soat 17:00. 📍 O‘tkaziladigan joy: “Yangi O‘zbekiston” universiteti. 🎟 Kirish: bepul, joylar soni chegaralangani tufayli oldindan ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi. Barchangizni tilimiz ildizlariga sayohat qilish uchun ochiq ma’ruzamizga taklif etamiz! 👉 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/iDok1juWi9hhoeC96
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🎓 “Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura kirish imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi Bugun, 8-avgust kuni, “Yangi O‘zbekiston” universitetida 2026/2027-o‘quv yili magistratura ta’lim dasturlariga qabul bo‘yicha kirish imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Imtihonlarda 600 nafardan ortiq nomzod ishtirok etib, tanlagan magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Imtihon natijalari va qabul jarayonining keyingi bosqichlari bo‘yicha ma’lumotlar nomzodlarga belgilangan tartibda taqdim etiladi. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz! 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
📢📢 “Rektorlar maktabi” — oliy ta'lim rahbarlarini tayyorlash milliy dasturi Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga, strategik fikrlash qobiliyatiga va xalqaro tajribaga ega rahbarlarni talab etmoqda. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” milliy dasturiga qabul boshlandi. Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalari uchun zamonaviy boshqaruv kompetensiyalariga ega, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan hamda ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qodir rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. 📹 Videoda "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori Bahodir Ahmedov dastur maqsadi, tanlov bosqichlari va ushbu tashabbusning mamlakat oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beradi. Dastur yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 40 nafar tinglovchi Garvard universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Ular dunyoning yetakchi universitetlari boshqaruv tajribasini o‘rganib, ushbu bilim va ko‘nikmalarni O‘zbekiston oliy ta’limi rivoji yo‘lida amaliyotga tatbiq etadilar. Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; • 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi; • kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi; • oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; • shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi. Qabul ochiq tanlov asosida va mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Tanlov bosqichlari: • hujjatlarni qabul qilish; • test sinovlari; • psixologik baholash; • suhbat. 📌 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-avgustga qadar. 📌 Qabul kvotasi: 40 nafar. 📞 Murojaat uchun: ✔️ Telefon: +998 (71) 202-41-11 (220) ✔️ E-mail: info@newuu.uz Siz ham "Rektorlar maktabi" dasturiga hujjat topshiring va O‘zbekiston oliy ta’limining yangi avlod rahbarlari safidan o‘rin oling! 👉 Ro‘yxatdan o‘tish
🩺 Doctor of Medicine (M.D.) saralash imtihoni natijalari e’lon qilindi! “Yangi O‘zbekiston” universitetining 2026/2027-o‘quv yili Doctor of Medicine (M.D.) ta’lim dasturiga hujjat topshirib, saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlar endi imtihon natijalari bilan tanishishlari mumkin. ✅ Imtihon natijalari admission.newuu.uz manzilidagi shaxsiy kabinetingiz orqali e’lon qilinadi: ✅ o‘qishga tavsiya etilganingizni bilishingiz; ✅ shartli ofertani yuklab olishingiz; ✅ o‘qish joyingizni tasdiqlash uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. ❗️Eslatma: Shartli ofertada belgilangan talablar o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda, abituriyentning o‘qishga tavsiya etilishi bekor qilinishi va uning o‘rni kutish ro‘yxatidagi navbatdagi nomzodga taklif etilishi mumkin. 🎓 O‘qishga tavsiya etilgan barcha abituriyentlarni samimiy muborakbod etamiz hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti oilasiga xush kelibsiz!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи