IT-School Presidency | al-Khwarizmi
Статистика🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentining matbuot kanali. Sahifalarimiz: @ictschooluz @presidencymedia @sport_presidency @qizlar_presidency Savol va takliflar: @PresidencySupport_bot
- Последний пост
- 27 мая
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 94
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#hayit #muborak Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklaymiz! 🐏 Sizga va yaqinlaringizga sog'liq, baxt va omad tilaymiz! Har bir kuningiz iliqlik, quvonch va muhabbatga to'la bo'lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin! _ 🚀 IT-School Presidency
📣 ZAKOVAT MUSOBAQASI ⭐️Aqlni charxlovchi o'yinlarga qiziqasizmi yoki bilimingizni oshirishni istaysizmi? Unda bizga qo'shiling 🗓 20-may, Chorshanba ⏰ 15:00 🔖 Oliy Liga (9-10-11-sinflar) 🔗 Musobaqada ishtirok etish uchun [havola] orqali ro‘yxatdan o‘ting. ⚠️ Bir sinfdan 5 nafar asosiy ishtirokchilardan iborat bo'lgan bir jamoa tashkil qilinishi kerak. ❗️Jamoalar soni cheklangan ro'yxatdan o'tishga shoshiling ❗️ 📌 Manzil: Zakovat arena ➡️ Telegram I Instagram I LinkedIn
#saylov #natijalari MAKTAB PREZIDENTI ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda maktab prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylovda Beknazarova Kamilla, Rustamov Salohiddin, Bahodirov Bunyod hamda Hamidjonov Boburjon nomzod sifatida ishtirok etdilar. ‼️ Saylov yakunlariga ko‘ra, 10-05 sinf o‘quvchisi Rustamov Salohiddin 310 ta ovoz bilan maktab prezidenti etib saylandi. Salohiddinni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! _ 🚀 IT-School Presidency
#saylov #natijalari PREZIDENT SAYLOVI NATIJALARI Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan Prezident saylovi yuqori kayfiyat va katta faollik ostida bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlab, saylov jarayonida…
#saylov #natijalari PREZIDENT SAYLOVI NATIJALARI Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan Prezident saylovi yuqori kayfiyat va katta faollik ostida bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlab, saylov jarayonida faol ishtirok etdilar. Yakuniy natijalar quyidagicha: 🥇 Rustamov Salohiddin — 207 ta ovoz 🥇 Bahodirov Bunyod — 207 ta ovoz 🥈 Beknazarova Kamilla — 186 ta ovoz 🥉 Hamidjonov Boburjon — 181 ta ovoz Saylov jarayoni do‘stona muhitda, adolat va hamjihatlik asosida tashkil etildi. Barcha nomzodlar o‘z faolligi, tashabbuskorligi va liderlik qobiliyati bilan ajralib turdilar. Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz! _ 💬 IT-School Presidency
#VoteForKamilla #SeningOvozing #presidency #nomzod 📌 SENING OVOZING — O‘ZGARISHLAR KALITI Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab prezidentligiga nomzod 10-03-sinf o‘quvchisi Beknazarova Kamilla tomonidan maktab hayotini tubdan yaxshilashga qaratilgan yangi strategiya va ulkan rejalarni kutib oling! Kamilla o‘z nutqida shunday deydi: "Maktab — bu nafaqat dars o‘tiladigan bino, balki har birimizning orzularimiz shakllanadigan maskan. Mening maqsadim — har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini kashf etishi uchun platforma yaratish. Biz birgalikda IT-maktab muhitini yangi darajaga olib chiqamiz!" 🚀 Dasturdagi asosiy yangiliklar va imkoniyatlar: 🔵 AKADEMIK VA IJODIY QO‘LLAB-QUVVATLASH 🌟 Passion Projects Support: Shaxsiy loyihalaringiz (startap, ilova yoki ijtimoiy tashabbus) ustida ishlash uchun professional yordam va resurslar taqdim etiladi. G'oyangizni shakllantirishdan tortib, uni xalqaro darajaga olib chiqishgacha birga harakat qilamiz! 🌟 Research Paper Assistance: Xalqaro konferensiyalar va universitetlar uchun ilmiy maqolalar yozishda professional yordam tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 🌟 Peer-to-Peer Lessons: IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori natijaga ega o‘quvchilar tomonidan bepul master-klasslar va o‘zaro bilim almashish darslari tashkil etiladi. 🌟 University Help Desk: Dunyoning top universitetlariga hujjat topshirish (Admission) jarayonlari bo‘yicha seminar va yo‘riqnomalar berib boriladi. 🔵 IJTIMOIY HAYOT VA TADBIRLAR 🌟 Yangi formatdagi tadbirlar: Maktabimizda kreativ kechalar, movie-nights, networking uchrashuvlari va fan festivallari ko‘paytiriladi. Bizga faqat quruq bilim emas, jonli muhit kerak! 🌟 "Soft Skills" rivoji: Notiqlik san’ati, liderlik va jamoa bilan ishlash bo‘yicha maxsus treninglar muntazam o‘tkaziladi. 🔵INNOVATSION YONDASHUV 🌟 O‘quvchilarning har bir taklifi va loyihasi ma’muriyatga yetkazilishini ta’minlovchi shaffof muloqot tizimi yaratiladi. Maktab hayotida "Sizning ovozingiz" eng ustuvor vazifa bo‘ladi! ⚡️ Ertaga — hal qiluvchi kun! Bu shunchaki saylov emas, bu maktabimiz kelajagini belgilash imkoniyatidir. Reallikka asoslangan, kreativ va kuchli maktab muhitini xohlasangiz — Kamilla Beknazarovaga ovoz bering! ✅ KAMILLAGA OVOZ BERING — O‘ZGARISHLARNI TANLANG! 🔝O‘zgarishlarni birgalikda boshlaymiz!
#saylov MAKTAB PREZIDENTLIGIGA SAYLOV Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda prezidentlik saylovining yakuniy bosqichi e’lon qilinadi. Nomzodlar bilan uchrashuv va debat natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar saralandi: 🔵 Beknazarova Kamilla 🔵 Bahodirov Bunyod 🔵 Rustamov Salohiddin 🔵 Hamidjonov Boburjon 📆 Saylov 8-may kuni bo‘lib o‘tadi! O‘z nomzodingizga ovoz berib, maktab taraqqiyotiga hissa qo‘shing! _ 🚀 IT-School Presidency
#presidency #nomzod SENING OVOZING — O‘ZGARISHLAR KALITI 🎞 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 10-03-sinf o‘quvchisi Beknazarova Kamilla tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
🚀 ONLINE INTERVYU @aerovision_alkhwarizmi sahifasida navbatdagi ilhomlantiruvchi intervyu! Bu safar mehmonimiz — Amirbek Baxshilloyev 🔥 ✨ Amirbek haqida qisqacha: • Stanford, Swarthmore College, Caltech, Brown kabi TOP universitetlarga to‘liq grant asosida qabul qilingan • Dartmouth College matematika professori hamda MIT tadqiqotchisi rahbarligida murakkab hisoblash matematikasi yo‘nalishida ilmiy izlanish olib borgan • Aerokosmik va yadroviy muhandislik sohalarida ilmiy maqolalar muallifi 💡 Intervyuda quyidagilar haqida suhbatlashamiz: — TOP universitetlarga kirish strategiyasi — Ilmiy faoliyatni qanday boshlash mumkin — Xalqaro tanlovlar va imkoniyatlar — Yoshlar uchun maslahatlar 📅 Sana: 12.05.2026 🕒 Vaqt: 18:00 📍 Format: Online Telegram | Linkedin | Instagram | Youtube
#presidency #saylov MAKTAB PREZIDENTLIGI SAYLOVI 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida maktab prezidentligi uchun saralash jarayoni davom etmoqda. Saylovning 2-bosqichida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan videoroliklar asosida 7 nafar ishtirokchi saralab olindi, 3-bosqichida esa debat natijalariga ko‘ra 4 nafar nomzod aniqlanadi. 🗓 Sana: Sana: 5-may 15:00 Manzil: Faollar zali Debat jarayonida nomzodlarning takliflari, muammolarga yechimlari va rejalashtirilgan islohotlari muhokama qilinadi. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
🛡CUTS CTF 2026: Nodex jamoasi TOP-15 talikda 18-aprel kuni Turan Security, Cyber University va Cybersecurity Center tomonidan o‘tkazilgan CUTS CTF 2026 musobaqasida Nodex klubining faol a’zolari 170 dan ortiq jamoalar orasidan faxrli 15-o‘rinni qo‘lga kiritishdi! 🏆 Bu maktab o‘quvchilarimiz uchun ilk CTF tajribasi bo‘lishiga qaramay, juda katta va muhim natija hisoblanadi. Ayniqsa, ularning asosiy raqiblari universitet talabalari bo‘lganini hisobga olsak — bu haqiqatan ham faxrli yutuq! 🔥 📌 Ma’lumot uchun: Top 10 jamoa final bosqichga yo‘l oldi. O‘quvchilarimizga keyingi ishlarida omad tilaymiz — bu hali boshlanishi!🚀 📱 @nodexcc — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi.
#presidency #nomzod KATTA O‘ZGARISHLAR - KICHIK QADAMLARDAN BOSHLANADI 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 10-01-sinf o‘quvchisi Xolmirzayev Shaxriyor tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
#presidency #nomzod JAMOA BO‘LIB - YANGI CHO‘QQILAR SARI! 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 10-05-sinf o‘quvchisi Rustamov Salohiddin tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
#presidency #nomzod SENING OVOZING — O‘ZGARISHLAR KALITI 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 9-05-sinf o‘quvchisi Hamidjonov Boburjon tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
#presidency #nomzod ENG KATTA NIYAT - FAOL HAMJAMIYAT 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 10-05-sinf o‘quvchisi Erkinboyev Asomiddin tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
#presidency #nomzod KELAJAK BUGUNDAN BOSHLANADI - UNI BIRGA QURAMIZ 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 9-03-sinf o‘quvchisi Bahodirov Bunyod tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
#presidency #nomzod KUCHLI TIZIM. KUCHLI MAKTAB. KUCHLI KELAJAK 🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentligiga nomzod 9-01-sinf o‘quvchisi Ahmadjonov Muhammadkarim tomonidan qilingan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishishingiz mumkin. Maktab Prezidentligi Saylovida barcha nomzodlarga omad tilab qolamiz! _ 💬 IT-School Presidency
Eco Union MCOP26 🌱 Davlat: O'zbekiston 🇺🇿 Dastur turi: Offline Yosh toifasi: 14–20 11-aprel kuni Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Model of COP: Paperless Edition” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar turli davlatlar vakili sifatida iqlim o‘zgarishi muammolarini muhokama qilib, innovatsion yechimlar ustida ishlaydilar. 🌱 COP Imkoniyatlari: - Kuchli networking va yangi do‘stlar - Xalqaro standartdagi sertifikatlar - Eng faol ishtirokchilar uchun sirli sovg‘alar - Ekologik community’ga qo‘shilish imkoniyati 🍀 Rollar: Delegatlar — davlat manfaatlarini himoya qiluvchi diplomatlar Raislar (Chairs) — muhokamani boshqaruvchi liderlar ✅ Ro'yxatdan o'tish uchun: ecounion.uz ❗️ Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 9-aprel
#fizika #musobaqa “KOSMIK PARVOZ - SUV RAKETASI MUHANDISLIGI” MUSOBAQASI 🚀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan “Kosmik parvoz — suv raketasi muhandisligi” musobaqasi tashkil etilmoqda. Musobaqada raketa yasash orqali: 🔵 fizika qonunlarini amaliy tajriba asosida o‘rganadilar; 🔵 muhandislik fikrlashini rivojlantiradilar; 🔵 aerodinamika va raketa konstruktsiyasi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. ❗️ Talab va shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz kerak. 🔗 Ishtirok etish uchun 15-aprelga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting! Agar siz kosmonavtika va raketa texnologiyalariga qiziqsangiz, ushbu musobaqa aynan siz uchun! _ 💬 IT-School Presidency
без подписи