Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
СтатистикаToshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Youtube: https://www.youtube.com/@toshkentprezidentmaktabi Instagram: https://instagram.com/tashkent__ps?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 66
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 894
- 1/48двое суток
- 1 024
- 1/72трое суток
- 1 104
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Umarxo‘ja Axadov Vyetnamda o‘tkazilgan AIMO xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. ➖Ma’lumot uchun, AIMO (Asia International Mathematical Olympiad) — turli davlatlardan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etadigan xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib, unda ishtirokchilarning matematik bilimlari, mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkaziladi. 🎓O‘quvchimizni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimjonov Shodiyorbek AQShning Nyu-Jersi shtatida bo‘lib o‘tgan TeenEagle xalqaro olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib, uch yo‘nalishda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 🔹Spelling Bee & Knowledge Quiz — 1-o‘rin; 🔹Essay — oltin medal; 🔹Debating Skills — kumush medal. ➖Shuningdek, Shodiyorbek olimpiadaning eng yuqori darajadagi mukofoti — Diamond (olmos) medalini ham qo‘lga kiritdi. 📁Ma’lumot uchun, TeenEagle —o‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasi, so‘z boyligi, akademik yozuv, bilim va muloqot ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan xalqaro olimpiada hisoblanadi. Musobaqaning final bosqichida turli davlatlardan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
#ishga_taklif ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi: ✅ Farrosh Imkoniyatlar: 🟢Ahil va professional jamoa; 📆Nomzodlarning arizalari joriy yilning 9-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Talabgorlar ma'lumotnomasida telefon nomeri ko'rsatilgan bo'lishi shart. 📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma(rezyume) quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot Murojaat uchun: +998903977840 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
#ishga_taklif ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi: ✅Xo‘jalik ishlari mudiri Talablar: ✔️O'rta maxsus yoki Oliy ma’lumotli; ✔️O'z sohasida ish tajribasi (ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq); ✔️Huquqiy-me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi; ✔️O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi; ✔️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart. Imkoniyatlar: 🟢 Ahil va professional jamoa; 🟢 Doimiy malakaviy o‘sish; 🟢 Iqtidorli o‘quvchilar; 🟢 Boshqa ko‘plab imkoniyatlar. 📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 9-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. 📁Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot (Talabgorlar ma'lumotnomasida telefon nomeri ko'rsatilgan bo'lishi shart). Murojaat uchun: +998903977840 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Muhammadjon Olimboyev AQShda bo‘lib o‘tga “Copernicus” xalqaro olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. ➖Ma’lumot uchun, “Copernicus” olimpiadasi dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli o‘quvchilarni jamlaydigan nufuzli xalqaro olimpiada bo‘lib, unda ishtirokchilarning fan bo‘yicha bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda muammolarni yechish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 🎓O‘quvchimizni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Joriy yilning 22–27-iyul kunlari Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasi (International Mathematics Competition – IMC)da Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jahongir Farhodov bronza medalini qo‘lga kiritdi. ➖Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada dunyoning 32 ta davlatidan 600 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. IMC maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro matematika bellashuvlaridan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, murakkab masalalarni yechish hamda matematik bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar. 🎓O‘quvchimizni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Bunyodbek Aslonov xalqaro IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo‘lga kiritdi. ✅Shuningdek, o‘quvchimiz 2025-yil oktyabr oyida Malayziyada o‘tkazilgan International Science and Mathematics Olympiad (IMSO) xalqaro olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 2025–2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan Agentlikning informatika olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan. 🎓O‘quvchimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
Siz kutgan yangilik! Texnik tanaffusdan keyin Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy veb-sayti qayta ishga tushirildi. Shuningdek, undagi kontent yangilanib, dolzarb ma'lumotlar bilan boyitildi. Mazkur platforma orqali maktabimizga qabul jarayonlari, ta’lim dasturlari, maktab hayoti, o‘quvchilarimizning yutuqlari, ilmiy va ijodiy loyihalari, xalqaro hamkorliklar, o‘tkazilayotgan tadbirlar hamda maktab faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishib borishingiz mumkin. 🌐Rasmiy veb-saytimiz: https://tashkentps.uz/ Sizni veb-saytimizga tashrif buyurishga va maktabimiz hayotidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishga chorlaymiz! Toshkent shahridagi Prezident maktabi – sifatli ta'lim, innovatsiyalar va yuksak natijalar sari 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🔎Veb-sayt
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Darhaqiqat, Sizning mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimizning porloq kelajagini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosatingiz hamda keng ko‘lamli islohotlaringiz samarasida Yangi O‘zbekiston ilm-fan va ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishib, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda. Birgina Sizning tashabbusingiz bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarini misol qilib oladigan bo‘lsak, ular dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinib, turli xalqaro olimpiadalarda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. Jumladan, bitiruvchimiz Jafar Arifjanov dunyo reytingida 6-o‘rinda turuvchi California Institute of Technology oliygohiga qabul qilingan birinchi o‘zbekistonlik talaba bo‘ldi, Abdulaziz Sobirov Harvard universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi, Sayfullo Saidov QS dunyo reytingida 17-o‘rinda turuvchi Princeton universitetida tahsil olmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarimiz Paxlavon G‘ulomov va Asilbek Ashrapovlarning “Zayd Barqarorlik mukofoti”ning "Global o'rta maktablar" nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani ham yutuqlarimizning yaqqol ifodasidir. Albatta, sohaga berilayotgan ushbu imkoniyatlar kelgusi yillarda ham o‘z samarasini berib, bizni yanada yuksak marralar sari yetaklashiga mustahkam zamin yaratadi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Sizni ushbu 69 yoshingiz bilan chin dildan muborakbod etadi hamda xalq farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va uzoq umr tilaydi. Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Facebook|Instagram|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Temurbek G‘ulomjonov Yaponiyaning Chiba shahrida bo‘lib o‘tgan WMI World Invitational 2026 xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. ➖Ma’lumot uchun, World Mathematics Invitational (WMI) — dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etadigan nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib, unda ishtirokchilarning matematik bilimlari, mantiqiy fikrlashi va muammolarni hal etish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 🎓O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
#OAV_biz_haqimizda ⚡️UZREPORT TV | Chet elda oliy ta’lim: yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? ➖“Ochig’ini aytganda” dasturining ushbu sonida bugungi kunda ta’limning mamlakat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omillardan biriga aylangani, dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish hamda zamonaviy bilimlarni egallash orqali yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so’z yuritiladi. 🫥Shuningdek, ushbu imkoniyatlardan qanday samarali foydalanish mumkinligi, O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro raqobatga qanchalik tayyor ekani hamda kelgusida mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi ta’lim loyihalari muhokama qilinadi. ✅Dasturda Toshkent shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Sohibxon Azizov ham ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
https://www.cambridgeinternational.org/Images/760722-results-tashkent_city-grade-5.pdf ⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi uchun natijalarni ushbu fayl orqali ko’rishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube