Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
Статистика🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali. 📌 Instagram: https://www.instagram.com/nurafshonpm/ 📌 Facebook: https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/ 📌 Telegram bot: https://t.me/NurafshonPS_bot
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 92
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 262
- 1/48двое суток
- 300
- 1/72трое суток
- 323
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchi va bitiruvchilarining navbatdagi yutuqlari "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasi sovrindorlari: 🇬🇧 Xolmatov Botirjon — Buyuk Britaniyaning Imperial College London (UCL) universiteti; 🇫🇮 Musayev Abdulaziz — Finlandiyaning Aalto University universiteti; 🇬🇧 Oltmishboyeva Sarvinoz — Buyuk Britaniyaning University of Southampton universiteti; 🇬🇧 Muxiddinov Ramziddin — Buyuk Britaniyaning University of Birmingham universiteti; 🇬🇧 Sayfullayev Komronbek — Buyuk Britaniyaning University of Glasglow universiteti; 🇰🇷 Norjigitova Hamza — Janubiy Koreaning Korea University universiteti; 🇬🇧 Adiljanov Behruz — Buyuk Britaniyaning University of Birmingham universiteti; ⚡️Ushbu iqtidorli yoshlarimizga o'z o'qishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz. 🏛Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 🌐Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
🔉 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥🧡🧡🧡❤️❤️❤️ ⭐️"Vatanparvar yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" respublika ko‘rik-tanloviga start berildi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda 15–18 yosh toifasidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. ➡️Tanlovning maqsadi: Yoshlarda Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik va bunyodkorlik fazilatlarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyati hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. ✔️ Tanlov yo‘nalishlari: 🗣 "Vatanimga bag‘ishlov" – mualliflik she’ri 🗣 "Istiqlol qahramonlari va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" – insho (2–4 bet) 🗣 "Vatan ravnaqiga mening hissam" – maxsus nominatsiya 📅 Ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi: 💻 Tanlovga topshiriladigan hujjatlar: 🗃Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 🗃 Bog‘lanish uchun telefon raqami va o‘qish/yashash manzili; 🗃 Tanlangan yo‘nalish ko‘rsatilgan ariza; 🗃 Ijodiy ish (PDF yoki Word formatida); 🗃 100–150 so‘zdan iborat annotatsiya. ✍️ Hujjatlar rasmiy elektron pochta manzili👨💻 vatantayanchi@gmail.com hamda 🛫 @vatan_tayanchi_tanlov telegram orqali qabul qilinadi. 🏆 Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Shuningdek, ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari 2 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi. 🎁 G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 🔗 Ko‘rik tanlov Nizomi 👈 😎 Aziz "Vatan tayanchi" harakati a’zolari! Ijodingiz, bilim va iste’dodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safidan munosib o‘rin egallang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#BizningPrezident 🇺🇿 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi shakllandi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining kengayishi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi, "Renessans" oromgohi hamda zamonaviy ta’lim loyihalari ana shu islohotlarning yorqin amaliy ifodasidir. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi davlatimiz rahbarining yuksak ishonchi va doimiy e’tibori tufayli yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida mas’uliyat bilan faoliyat olib bormoqda. Bugun xalqaro fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinayotgan yoshlarimiz hamda zamonaviy ta’lim muhitida kamol topayotgan iste’dodlar Prezidentimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligining yorqin samarasidir. Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti, iqtidorli yoshlar kamoli yo‘lida boshlab bergan ezgu islohotlaringiz izchil davom etib, ulkan natijalar bersin! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Rasmiy TAYINLOV ⚡️⚡️⚡️ Abdunazarov Abdulhay Abdusattor o'g'li – Nurafshon shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori etib tayinlandi. ➡️ A.Abdunazarov– 1997-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tavallud topgan. Ma'lumoti - oliy. ✅ Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Nurafshon shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 🐍 Prezident maktabining jamoasi Abdunazarov Abdulhay Abdusattor o'g'lining kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi. 🏛Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 🌐Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи