Prezident maktabi |Samarqand shahri
Статистика82, Amir Temur Street www.instagram.com/samarqandpm www.facebook.com/SamarqandPM https://pm.piima.uz/
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 49
- Всего постов
- 274
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 356
- 1/48двое суток
- 407
- 1/72трое суток
- 440
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#YagonaVatan35 🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija! Mustaqillikning 35 yilligi tantanalari arafasida xalqaro maydonlardan kelayotgan bu kabi xushxabarlar barchamizga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaydi. 🇺🇿Milliy istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan izchil siyosat natijasida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, olimpiadachilarni tizimli tayyorlash, ular uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarning joriy etilishi bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan yoshlarimiz — ana shu yuksak e’tibor, izchil islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir. Ikki nufuzli xalqaro olimpiadada Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari jami 7 ta medal — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 🇰🇷 Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan 21-Xalqaro standartlar olimpiadasida (ISO 2026) Prezident maktablari o‘quvchilari: 🥇 Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — oltin medallarni qo‘lga kiritdi. ✨Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) esa: 🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi sovrindor bo‘ldi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi IOIdagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi. ✨ Bugungi medallar — yillar davomida ta’limga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar, ustozlar mehnati va yoshlarimizning intilishlari samarasidir. Eng muhimi, bu natijalar Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etishga qodir ekanini namoyon etmoqda. 💐 G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini Agentlik nomidan samimiy muborakbod etamiz! ✅ Rasmiy sahifalar
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Imtihon_2026 🎓 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 1-sinfiga qabul uchun 2-bosqich — suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
✅TAYINLOV Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Yuldashev Rustam Daniyorovich Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Falsafa fanlari doktori (DSc) Yuldashev Rustam Daniyorovich mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Yangi lavozimida Yuldashev Rustam Daniyorovichga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz! Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati 📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: ✅ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; ✅ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; ✅ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; ✅ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; ✅ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; ✅ qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; ✅ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; ✅ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🏆 O‘ZBEKISTON KUBOGI: BAHODIR JALOLOV NOMIDAGI SPORT MAKTABI BOKSCHI QIZLARI 4 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI! O‘zbekiston kubogi final bahslarida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sharafini himoya qilgan bokschi qizlarimiz munosib ishtirok etib, yorqin natijalarni qayd etishdi. Final janglarida ringga ko‘tarilgan 4 nafar sportchimiz 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi! 🥇 63 kg – Mehrimah Qilichova – OLTIN 🥇 66 kg – Diyora Bo‘riboyeva – OLTIN 🥇 70 kg – Karina Ilmuratova – OLTIN 🥈 63 kg – Odina Botirova – KUMUSH Bu g‘alaba — qizlarimizning tinimsiz mehnati va murabbiylarimizning fidoyiligi samarasidir. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IOI2026 🏆 IOI 2026: O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi! 🇺🇿 Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) terma jamoamiz a’zolari 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, mamlakatimizning ushbu olimpiadadagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi! 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etayotgan nufuzli bellashuvda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari quyidagi natijalarga erishdi: 🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (Toshkent shahri) — KUMUSH MEDAL; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — BRONZA MEDAL; 🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi — BRONZA MEDAL; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — BRONZA MEDAL. 🏅 Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahridagi Prezident maktabi — "Honorable Mention" e’tirofiga sazovor bo‘ldi. ➡️ Taqqoslash uchun, 2025-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi 1 ta kumush va 3 ta bronza medal — O‘zbekiston terma jamoasining IOIdagi eng yaxshi tarixiy natijasidir! 💐 G‘olib o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи