Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini ushbu telegram kanalimiz orqali kuzatib boring! Admin: @Urgut_IM_25 Tel: +998941709077
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 62
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 476
- 1/48двое суток
- 545
- 1/72трое суток
- 588
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Iqtidorli yoshlar — nufuzli universitetlarda! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar bitiruvchilari dunyoning yetakchi universitetlariga grant asosida o‘qishga qabul qilinmoqda. ➡️ Guliston shahridagi Prezident maktabining 3 nafar bitiruvchisi — Umurzoqova Zebiniso, Ismatullayev Zufar va Mahmudov Javohir — Yangi O‘zbekiston universitetining 6 yillik “Tibbiyot doktori” dasturiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. ➡️ Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari Madina Hamidova — University of Technology Sydney (muhandislik yo‘nalishi), Elzara Askarova esa University of Sydney (iqtisodiyot yo‘nalishi) bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining 100 foizlik granti sohibiga aylandi. ➡️ Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Amrillayev Zarshed “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
📢 Hurmatli o'quvchilar va qadrli ota-onalar! Yangi o'quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Barchangizni yaqinlashib kelayotgan yangi bilimlar mavsumi bilan chin dildan tabriklaymiz! 📚 Maktab – bu nafaqat ta'lim olinadigan dargoh, balki tartib va intizom maskani hamdir. Shu sababli, tayyorgarlik jarayonida yagona maktab formasi bo'yicha asosiy talablarimizni yana bir bor eslatib o'tishni joiz deb topdik. Maktab formasi xarid qilishda quyidagilarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz: 👔 O'g'il bolalar uchun: Oq ko'ylak va to'q ko'k rangli shim; 👗 Qiz bolalar uchun: Oq ko'ylak va to'q ko'k rangli yubka. Farzandlarimizning maktabga ko'tarinki kayfiyat va namunali intizom bilan kelishida sizning e'tiboringiz juda muhim. Yangi o'quv yili barchamiz uchun omadli va zafarlarga boy bo'lsin! Hurmat bilan, Maktab ma'muriyati 📲Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇👇 Telegram | Facebook
🔉 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥🧡🧡🧡❤️❤️❤️ ⭐️"Vatanparvar yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" respublika ko‘rik-tanloviga start berildi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda 15–18 yosh toifasidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. ➡️Tanlovning maqsadi: Yoshlarda Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik va bunyodkorlik fazilatlarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyati hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. ✔️ Tanlov yo‘nalishlari: 🗣 "Vatanimga bag‘ishlov" – mualliflik she’ri 🗣 "Istiqlol qahramonlari va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" – insho (2–4 bet) 🗣 "Vatan ravnaqiga mening hissam" – maxsus nominatsiya 📅 Ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi: 💻 Tanlovga topshiriladigan hujjatlar: 🗃Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 🗃 Bog‘lanish uchun telefon raqami va o‘qish/yashash manzili; 🗃 Tanlangan yo‘nalish ko‘rsatilgan ariza; 🗃 Ijodiy ish (PDF yoki Word formatida); 🗃 100–150 so‘zdan iborat annotatsiya. ✍️ Hujjatlar rasmiy elektron pochta manzili👨💻 vatantayanchi@gmail.com hamda 🛫 @vatan_tayanchi_tanlov telegram orqali qabul qilinadi. 🏆 Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Shuningdek, ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari 2 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi. 🎁 G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 🔗 Ko‘rik tanlov Nizomi 👈 😎 Aziz "Vatan tayanchi" harakati a’zolari! Ijodingiz, bilim va iste’dodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safidan munosib o‘rin egallang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Urgutlik o‘quvchimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi g‘olibi! 🏛Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Amrillayev Zarshed “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritdi! 🌟 AQShning top universitetlari qabuliga sazovor bo‘lgan bitiruvchimizning ko‘rsatkichlari: 🔹 The Pennsylvania State University (Top-82) — Computer Science 🔹 Arizona State University (Top-173) — Muhandislik va texnologiya 🔹 Queens University of Charlotte — 4 yil uchun jami $92,000 grant (Merit Scholarship) Zarshedga kelgusi o‘qishlarida va ilmiy faoliyatida faqat va faqat zafarlar tilaymiz! Maktabimiz sen bilan faxrlanadi! ✊🇺🇿 📲Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇👇 Telegram | Facebook
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, hurmatli Prezident!
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinadi? Agentlik natijalar kechikishiga izoh berdi Batafsil: https://talimxabarlari.uz/75730/ 🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Bilimdonlar, yangi mavsumga tayyormisiz? Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz! Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati; 👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati. Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 1. @yoshkitobxon_bot 2. @kitobxonoila_bot Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
⚡️ Samarqand shahridagi Prezident maktabi uchun natijalarni ushbu fayl orqali ko’rishingiz mumkin. ✅Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi! ✅ Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari 🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00. ⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi! 🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor