Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari! Murojaat uchun: @SamIXM_bot
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 458
- 1/48двое суток
- 524
- 1/72трое суток
- 566
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi. ⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi. Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi. ✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi. Tanlov bosqichlari: ✅ 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi. Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi. ✅ Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 #imtihon_natijalari #Samarqand_PM 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ ⬇️Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 📷Instagram
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi! ✅ Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#OpenGeo_2026 ⚡️ILK MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK — NAVBATDAGI GʻALABA! 📢Terma jamoa a’zolari II Ochiq Xalqaro geografiya olimpiadasida yuqori natijaga erishdi. 👥Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi: 🥉5 ta bronza! G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing: 🥉Hamidullo DJurakulov — Samarqand tuman 1-IMI o‘quvchisi — bronza medal, 🥉Yahyo Hakimjonov — Farg'ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi— bronza medal, 🥉Usmon Karimov — Toshkent shahridagi 198-maktab o‘quvchisi — bronza medal, 🥉Davronjon O‘ktamov — Muborak tumani 3-sonli maktab o‘quvchisi — bronza medal, 🥉Fariza Mirzayorova — Al-Xorazmiy nomidagi IMI Samarqand filiali o‘quvchisi — bronza medal. 📌Ma’lumot uchun: Ushbu olimpiadada Oʻzbekiston ILK MAROTABA ishtirok etdi. 🎉 Fan olimpiadalari markazi Terma jamoamizni chin yurakdan tabriklaydi! Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
🏆 Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan navbatdagi yuksak natija! Ochilganiga endigina bir yil bo‘lgan Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etishda davom etmoqda. 📚 Maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sultanov Iqboljon xalqaro IELTS Academic imtihonida 7.5 overall band score natijasini qo‘lga kiritdi. ✅ Listening — 8.0 ✅ Reading — 8.0 ✅ Writing — 6.5 ✅ Speaking — 7.0 ✅ Overall — 7.5 ✅ CEFR darajasi — C1 Bu natija Iqboljonning ingliz tilini puxta egallagani, muntazam mehnati va yuqori intilishlarining yorqin ifodasidir. 👏 O‘quvchimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi xalqaro ta’lim va ilmiy faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz! 🌟 Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — yuksak marralar sari!
RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI — YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA! 🌟 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari! Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz? 📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi uchun rahbar va pedagog xodimlar tanlovi boshlandi! 📅 2026-yil 9-iyundan boshlab bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli (1-bosqich saralash) start oladi! Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! 📌 Rahbar xodimlar tanlovi 🟢 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Suhbat bosqichi 🖥 Suhbatlar an'anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin. 💼 Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi: ✅ Kasbiy va rahbarlik salohiyati ✅ Tashkiliy va moliyaviy bilimlar ✅ Ta’lim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalar 🎯 Suhbat davomida sizning: 🔹 Strategik fikrlashingiz 🔹 Innovatsion yondashuvingiz 🔹 Amaliy ko‘nikmalaringiz va liderlik salohiyatingiz sinovdan o‘tadi. 📚 Pedagog xodimlar tanlovi 🟣 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi 💡 Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash! ✨ Agar siz: ✔️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz ✔️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz ✔️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz — 🚀 Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 📍 Hujjat topshirish: 🌐 vacancy.piima.uz platformasi orqali 📅 2026-yil 9-iyundan boshlab 9-iyulgacha davom etadi. 📍Manzil: Toyloq tuman, “Qo‘rg‘oncha” MFY, 19-uy 📞Telegram: @Toyloq_2_son_IM ✨ Barchangizga ulkan omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
#Agentlik_tizimidagi_maktablar #Samarqand_viloyati #Qabul_2026 🪐 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyat olib bormoqda. ✅ Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir. ❗️ Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi. 🌏 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi? 👍Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring! Samarqand viloyatida joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 1. Samarqand shahridagi Prezident maktabi 2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali 3. Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 4. Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 5. Kattaqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6. Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7. Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8. Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9. Pastdarg‘om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10. Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11. Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 12. Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 13. Qo‘shrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 14. Qo‘shrabot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi 15. Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 16. Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 17. Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 18. Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 19. Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 20. Bulung'ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va yangi tashkil etilayotgan: 21. Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi ❗️ Ushbu Agentlik tizimidagi maktablarga 2026-2027-o'quv yili uchun Qabul joriy yilning 15-maydan 4-iyun kuniga qadar ariza.piima.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali onlayn ko'rinishda yoki o'zingizga yaqin bo'lgan maktablarga tashrif buyurgan holda hujjatlarni topshirishingiz mumkin.
Samarqand tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram| YouTube
#diqqat_eʼlon #QABUL2026 ✅ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABULNI EʼLON QILADI! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. ❓Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi? ⚫️oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat; ⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika); ⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari; ⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi. ❓Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining: ⚫️aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfiga; ⚫️tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfiga; ⚫️shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlariga o‘quvchilar qabul qilinadi. ☎️ Call-markaz: 1206 Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
#elon 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul-2026: Imtihon materiallari spetsifikatsiyasi 📣 2026/2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, muhandislik, jasorat maktablari hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatlarga qabul imtihoni materiallari spetsifikatsiyasi rasman e’lon qilinmoqda. Hujjatda har bir fan bo‘yicha mazmun sohasi, ta’limiy maqsadlar, talab qilinadigan ko‘nikmalar, ularning kognitiv darajasi va savollar soni belgilangan. ⏺ Prezident maktablari English Mathematics Thinking Skills ⏺Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati Biologiya Fizika Ingliz tili Kimyo Matematika ⏺Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi 5-sinf ⏺Ixtisoslashtirilgan maktablar Ingliz tili 5-sinf Ingliz tili 6-sinf Ingliz tili 7-sinf Ingliz tili 8-sinf Ingliz tili 9-sinf Ingliz tili 10-sinf Ingliz tili ⏺ Matematika 5-sinf Matematika 6-sinf Matematika 7-sinf Matematika 8-sinf Matematika 9-sinf Matematika 10-sinf Matematika ⏺Kimyo 8-sinf Kimyo 9-sinf Kimyo 10-sinf Kimyo ⏺Biologiya 8-sinf Biologiya 9-sinf Biologiya 10-sinf Biologiya ⏺Fizika 8-sinf Fizika 9-sinf Fizika 10-sinf Fizika ⏺Tabiiy fanlar 7-sinf Tabiiy fanlar ⏺Ijod maktablari 7-sinf Ingliz tili 8-sinf Ingliz tili 9-sinf Ingliz tili 10-sinf Ingliz tili 7-sinf Ona tili va adabiyoti 8-sinf Ona tili va adabiyoti 9-sinf Ona tili va adabiyoti 10-sinf Ona tili va adabiyoti ⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-sinf Ingliz tili 8-sinf Ingliz tili 9-sinf Ingliz tili 10-sinf Ingliz tili 7-sinf Ona tili va adabiyoti 8-sinf Ona tili va adabiyoti 9-sinf Ona tili va adabiyoti 10-sinf Ona tili va adabiyoti ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 7-klas Qaraqalpaq tili hám a'debiyatı 8-klas Qaraqalpaq tili hám a'debiyatı 9-klas Qaraqalpaq tili hám a'debiyatı 10-klas Qaraqalpaq tili hám a'debiyatı ⏺“Jasorat maktabi” 5-sinf ⏺“Milliy dastur” 10-sinf Ingliz tili 10-sinf Matematika Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
#Эълон 📢DIQQAT, E'LON! ✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar quyidagi hududlarda tashkil etiladi: ⏺ Buxoro viloyatida – Romitan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ⏺ Fargʻona viloyatida – So‘x tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ⏺ Jizzax viloyatida – Mirzacho‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ⏺ Samarqand viloyatida – Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi; ⏺ Sirdaryo viloyatida – Xovos tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; ⏺ Toshkent viloyatida – Toshkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi. ✅ Ushbu maktablarning aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflariga hamda tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-, 8-, 9- 10-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон Umumta’lim hamda nodavlat maktablar rahbariyati diqqatiga! ➖ Ma’lumki, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi. Shu sababli o‘quvchilarning Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablariga kirishlari uchun hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida: ✅ davlat va nodavlat umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilarining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uz elektron bazasi ma’lumotlari, xususan: ➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami; ➖ familiyasi, ismi, sharifi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan bir xil ekanligi; ➖tug‘ilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada ko‘rsatilgan sanaga mos kelishini tahlil qilishingiz so‘raladi. 🌐 Shuningdek, o‘quvchilarning amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida to‘g‘ri kiritilganligini ko‘rib chiqish talab etiladi. Hurmatli ota-onalar! ✅ Maktab ma’muriyati orqali farzandingiz haqidagi ma’lumotlar elektron bazaga to‘g‘ri kiritilganligini aniqlashtirishingiz tavsiya etiladi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#diqqat_eʼlon #sayyor_qabul 🤩 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI 📆 Joriy yilning 13-aprel kuni soat 11:00 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialida sayyor qabul o‘tkazadi. ✅ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat. Sayyor qabul Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Gulobod shahrchasi, Tamaddun ko‘chasi 3-a uyda boʻlib o'tadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
без подписи
без подписи