Samarqand | 1-son IMI
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Samarqand shahar 1-son IMI 📚 Sifatli ta’lim 🎓 Yutuqlar 🌟 Intizom va tarbiya 📍 Samarqand 1-son IMI https://maps.app.goo.gl/o2SstJJdDfRuxqXM7
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 416
- 1/48двое суток
- 476
- 1/72трое суток
- 514
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 🎓 Maktabimiz jamoasi o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar 3 ta guruhga bo‘linib, o‘z jamoalariga munosib va mazmunli nomlar tanladilar. Qiziqarli, mantiqiy va bilimga asoslangan savollar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, barcha jamoalar faol ishtirok etdilar. 🏆 Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuv yakunida “Intellekt” jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 👏 Barcha ishtirokchilarni faol ishtiroki, zukkoligi va jamoaviy hamkorligi uchun tabriklaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! https://t.me/IMI1Son
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARIDA FAOL ISHTIROK! 🏆 O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi Kengashi bilan Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida yengil atletika sport musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Musobaqa doirasida: 🏃♂️ 400 metrga yugurish 🏃♀️ 200 metrga yugurish 🏅 Joyidan turib uzunlikka sakrash sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etgan jamoamiz vakillari faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 🥉 🎉 Maktabimiz jamoasini ushbu munosib yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi sport musobaqalarida ham omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz! Sog‘lom tanada — sog‘lom aql! 💪🏆 https://t.me/IMI1Son
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏕️ FINANCOPEDIA CAMP 2026 13–18-iyul kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yoshlar uchun tashkil etilgan “Financopedia” oromgohida maktabimizning 3 nafar faol va iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdi. 🎓✨ Oromgoh ishtirokchilari 5000 dan ortiq nomzodlar orasidan saralab olingan 240 nafar yoshlar orasidan joy oldilar. Bu esa o‘quvchilarimizning bilimga, rivojlanishga va yangi imkoniyatlarga bo‘lgan intilishining yorqin namunasidir. 👏 🏔️ Oromgoh davomida ishtirokchilar: 📚 moliyaviy savodxonlik bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar; 💡 turli trening va mahorat darslarida qatnashdilar; 🤝 yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirdilar; 🚀 jamoaviy loyihalar va qiziqarli tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Maktabimiz o‘quvchilarining bunday nufuzli loyihalarda ishtirok etayotgani biz uchun katta faxr! ❤️🔥 🎉 O‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
DIQQAT TANLOV! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant direktor o‘rinbosari lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi o‘tkaziladi Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — hududiy saralash jarayonlari o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi: 👉🏻 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 10–11-avgust kunlari; 👉🏻 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 12–13-avgust kunlari. Mazkur bosqich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi. ✔️ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat savollari Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda, muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkaziladi. ✔️ Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochiladi. Suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etiladi. Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor o‘rinbosari lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etilishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman. So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda, ustozlarimiz esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ta’lim tizimiga tatbiq etmoqda. Ishonamanki, ta’lim sohasidagi ana shunday hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu fursatdan foydalanib, ushbu sharafli yo‘lda yelkadosh bo‘lib kelayotgan barcha hamkasblarimga, ustozlarimizga, xalqaro hamkorlarimizga, ota-onalar va aziz o‘quvchilarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. ➡️ Rasmiy sahifalar