Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
СтатистикаRasmiy veb sayt: http://sammoi.uz Telegram kanal: t.me/sammohm Facebook kanal: facebook.com/sammoi.uz YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat:+998 93 071 29 98; +998 91 039 72 00
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 78
- Всего постов
- 311
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 208
- 1/48двое суток
- 238
- 1/72трое суток
- 257
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Jarayon 🎬 TOYLOQDA — PEDAGOGIK MAHORAT VA SIFATLI TA’LIM SARI! Toyloq tumanida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida “Pedagogik mahoratni rivojlantirish: ilg‘or tajriba, kasbiy rivojlanish va ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy mexanizmlari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 📚 Seminarda pedagoglarning kasbiy o‘sishi, zamonaviy ta’lim yondashuvlari va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi. 🎯 Yakunda pedagoglar bilan feedback jarayoni tashkil etilib, taklif va fikrlar o‘rganildi. http://t.me/sammohm
🔗METODIST VA LIDER O'QITUVCHI HAMKORLIGI! ⌛Samarqand viloyatida pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan yozgi o‘quv-amaliy seminarda Narpay tumani lider ustozlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarida o'zlarini qiziqtirayotgan savollarga Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan to'liq javoblar olishdi. 🎬 Seminar jarayonlari aks etgan videolavhani tomosha qiling! ✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Yozgi_oʻquv_seminarlari 📚 Narpay tumanida yozgi o‘quv seminarlari davom etmoqda 💬 Samarqand viloyatida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilayotgan yozgi o‘quv seminarlari hududlarda izchil davom etmoqda. 📍 Navbatdagi seminar Narpay tumanida samarali tashkil etilib, unda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 🎯 Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi metod va yondashuvlar bilan tanishdilar. ✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Yozgi_oʻquv_seminarlari 📚 Toyloq tumanida yozgi o‘quv seminari tashkil etildi 📍 Toyloq tumanida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish maqsadida yozgi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 👩🏫 Unda tumandagi 150 nafardan ziyod yetakchi o‘qituvchilar ishtirok etdi. Batafsil:👇👇👇 https://sammoi.uz/uz/news/Toyloqtumanidayozgioquvseminaritashkiletildi ✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt