TRM - Rasmiy kanal
СтатистикаTa’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rasmiy kanali Rasmiy sahifalarimiz: https://linktr.ee/trmuz 🌐https://trm.uz
- Последний пост
- 20:40
- Последнее чтение
- 09:06
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 218
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 765
- 1/48двое суток
- 876
- 1/72трое суток
- 945
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
✅✅✅✅ #Taqdirlash_tadbiri ✅ 38-Xalqaro informatika olimpiadasining (IOI-2026) tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirok etib, nufuzli xalqaro fan olimpiadalarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi ahamiyati, erishilayotgan natijalar va o‘quvchilarimizning yutuqlari haqida so‘z yuritdi. 📍Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov va Xalqaro informatika olimpiadasi prezidenti Sun Teck Tan ham soʻzga chiqib, ishtirokchi va g‘oliblarni samimiy tabrikladi. ⏰ Jarayonlar davomida IOI bayrog‘i Germaniya delegatsiyasi vakiliga tantanali ravishda topshirdi. 39-Xalqaro informatika olimpiadasi 2027-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi. 📊 Ma’lumot o’rnida: ushbu nufuzli musobaqada 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etdi. Unda O’zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Ikki kun davom etgan asosiy sinovlarda ishtirokchilar har kuni 5 soatdan o‘z bilim, mantiqiy fikrlash va dasturlash mahoratini namoyish etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Memorandum #Hamkorlik Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi Joriy yilning 14-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Batafsil: https://trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/438 — — — — — Подписан меморандум о сотрудничестве с Ташкентским государственным университетом узбекского языка и литературы 14 августа текущего года между Республиканским научно-методическим центром развития образования и Ташкентским государственным университетом узбекского языка и литературы имени Алишера Навои был подписан Меморандум о взаимном сотрудничестве. Подробно: https://trm.uz/ru/axborot/yangiliklar/437 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
#OAV_biz_haqimizda Maktab boshqaruvida zamonaviy rahbar modeli 🔹 Ayni kunlarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar kadrlari uchun tashkil etilgan intensiv rivojlanish kursi davom etmoqda. Jarayon tafsilotlari bilan O‘zbekiston24 telekanalining "Axborot24" dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali tanishishingiz mumkin. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
#Ishtirokchilar_fikri #Maktab_rahbarlari #Intensiv_kurs "Mashg‘ulotlar maktab rahbarlari uchun muhim va amaliy bilimlar bermoqda", – Mavzuna Pirmatova Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 6-maktab direktori 🔹 Ayni kunlarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar kadrlari uchun tashkil etilgan intensiv rivojlanish kursi davom etmoqda. Mashg‘ulotlarning samaradorligi va ishtirokchilarda qoldirayotgan taassurotlari bilan yaqindan tanishish maqsadida maktab direktorlarining kurs haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи