- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 172
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 064
- 1/48двое суток
- 2 365
- 1/72трое суток
- 2 551
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Metodik_yordam #BolalarXavfsizligi #maslahat 🚨 INTIZOM MUAMMOSI Darsni "buzayotgan" bola — yomon bola emas. Bu gapni chuqur tushunish kerak. Har bir xulq ortida sabab bor. Hech kim shunchaki bekorga darsni buzmaydi. 🗣 Agar bola gaplashayotgan bo‘lsa — u e’tibor izlayapti. 🕊 Agar qarshilik qilayotgan bo‘lsa — u erkinlik xohlayapti. 😶 Agar befarq bo‘lsa — u o‘zini muvaffaqiyatsiz his qilayapti. Lekin biz nima qilamiz? ❗️ Biz jazolaymiz. Jazo esa sababni emas, faqat yuzaki muammoni yopadi. Natijada muammo yana qaytadi. Shuning uchun kuchli o‘qituvchi boshqacha fikrlaydi. U o‘zidan so‘raydi: 💭 Bu bola nimaga muhtoj? Agar siz sababni topsangiz — intizomsizlik o‘zi yo‘qoladi. Chunki intizom muammosi — bu xulq muammosi emas, bu ehtiyoj muammosi. 👩🏫 O‘qituvchi 2 xil bo‘ladi. 🔹 Birinchisi — nazorat qiluvchi. 🔹 Ikkinchisi — ilhomlantiruvchi. Nazorat qiluvchi: ▫️ buyruq beradi ▫️ jazolaydi ▫️ qo‘rqitadi Ilhomlantiruvchi esa: ▫️ tushuntiradi ▫️ qo‘llab-quvvatlaydi ▫️ ishontiradi ⚖️ Farq nima? Birinchisida qo‘rquv bor. Ikkinchisida motivatsiya bor. 👇 Siz qaysi toifadansiz? Agar o‘quvchi sizni yoqtirmasa — u sizni tinglamaydi. Bu juda oddiy haqiqat. O‘quvchi avval o‘qituvchini qabul qiladi, keyin bilimni. Agar aloqa bo‘lmasa — ta’lim ishlamaydi. 🎯 Shuning uchun: Avval inson, keyin fan. © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#Metodik_yordam #BolalarXavfsizligi #maslahat 📌 INTIZOM NIMA? Ko‘pchilik intizomni jazolash deb tushunadi. Lekin aslida: intizom — bu o‘rgatish. Maqsad — faqat bo‘ysunish emas, balki hayot uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish. 👩🏫 O‘quvchilarga quyidagi ko‘nikmalarni o‘rgatish kerak: O‘zini anglash O‘zini boshqarish Mas’uliyatli qaror qabul qilish Munosabat qurish ko‘nikmalari Empatiya 👉 Chunki bu — zamonaviy ta’limning asosi. 🚨 ENG KATTA XATOLAR: ❌ Qoidalarni aniq o‘rgatmaslik ❌ Noto‘g‘ri va notekis yondashish ❌ O‘quvchini hurmat qilmaslik ❌ Muammoni cho‘zib yuborish ❌ Baqirishni “strategiya” deb o‘ylash ❌ Ijobiy mustahkamlashdan foydalanmaslik ❌ O‘quvchini ayblash ❌ Individual farqlarni hisobga olmaslik Yaxshi xulq tug‘ma bo‘lmaydi — u o‘rgatiladigan ko‘nikma. Yomon xulqning oldini olish, bolani qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri tushunish orqali maqsadga erishish mumkin. © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#BolalarXavfsizligi #RaqamliXavfsizlik Bolalarga internetdagi har bir xabar va havola xavfsiz bo‘lavermasligini tushuntirish muhim. Noma’lum havolalarni bosmaslik, parol, telefon raqami, manzil va surat kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga yubormaslik kerak. Aziz ota-onalar, farzandlaringizga shubhali xabarlarni ochmasdan avval kattalarga ko‘rsatish, internetdan me’yorida foydalanish va ekran qarshisidagi vaqtni nazorat qilish zarurligini muntazam eslatib turing. Telefon sizni emas, siz telefonni boshqaring! © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#Ota_onalarga #tavsiya #maslahat 🎒 Farzandingiz maktabni qanday tasavvur qilmoqda? Yangi o‘quv yili yaqinlashar ekan, bolani darsga tayyorlash faqat daftar-kitob xarid qilish yoki o‘qish-yozishni takrorlashdan iborat emas. Eng muhim tayyorgarlik uning qalbida maktabga nisbatan qiziqish, ishonch va xotirjamlik uyg‘otishdir. “Yomon baho olma”, “Xato qilma” kabi gaplar bolani intizomli qilgandek tuyulishi mumkin. Aslida esa ular bolada xato qilish, savol berish va o‘z fikrini bildirishda ortiqcha ehtiyotkorlikni shakllantirishi mumkin. Farzandingizga shuni tez-tez eslatib turing: ➖ “Xato qilsang ham mayli, undan saboq olamiz.” ➖ “Tushunmasang, savol berishing mumkin.” ➖ “Bahong qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz seni qo‘llab-quvvatlaymiz.” Bola maktabga qo‘rquv bilan emas, yangi bilimlar sari qiziqish bilan qadam qo‘ysin. Chunki ishonch bilan maktabga borgan bola o‘rganishdan qo‘rqmaydi. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#RaqamliXavfsizlik #RaqamliSalomatlik 🧠 Internet muhitida emotsional va ruhiy salomatlik Ijtimoiy tarmoqlardagi “ideal hayot”ni o‘zingiz bilan solishtirmang va layklar sonini qadriyat mezoni deb bilmang. Telefonni vaqti-vaqti bilan chetga qo‘yib, jonli muloqot, sport, sayr va foydali mashg‘ulotlarga vaqt ajrating. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#Metodik_yordam #Metodika “Maktabda xavf guruhlarini erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash” nomli metodik tavsiya ishlab chiqildi Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Renessans universiteti hamkorligida maktab o‘quvchilari orasida xavf guruhlarini barvaqt aniqlash, ularning psixologik, ijtimoiy va pedagogik holatini baholash hamda zarur yordam choralarini belgilashga qaratilgan “Maktabda xavf guruhlarini erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash” nomli metodik tavsiya ishlab chiqildi. Mazkur metodik tavsiyada o‘quvchilarda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf omillari, ularni erta aniqlash mezonlari, pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi faoliyati hamda individual qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sodda va amaliy tarzda yoritilgan. Metodik tavsiya quyidagi yo‘nalishlarda amaliy yordam beradi: 🔹 xavf guruhidagi o‘quvchilarni erta aniqlash — o‘quvchilarning xulq-atvori, davomatidagi o‘zgarishlar, emotsional holati va o‘zlashtirishidagi pasayishlarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi; 🔹 xavf omillarini kompleks baholash — oilaviy, ijtimoiy, psixologik-emotsional, pedagogik, xulq-atvor, tibbiy hamda raqamli muhit bilan bog‘liq omillarni tahlil qilish usullarini tushuntiradi; 🔹 pedagog, psixolog va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish — o‘quvchi bilan ishlashda barcha mas'ul tomonlarning o‘zaro hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar beradi; 🔹 individual yordam rejasini ishlab chiqish — xavf darajasini baholash, monitoring olib borish hamda har bir o‘quvchi uchun mos psixologik-pedagogik yordam choralarini belgilashga xizmat qiladi; 🔹 xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi maktab muhitini yaratish — bullingning oldini olish, o‘quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash hamda inklyuziv ta'lim muhitini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Metodik tavsiyada o‘quvchini "muammoli bola" sifatida baholash emas, balki uning ehtiyojlarini vaqtida aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom ta'lim muhitini yaratish ustuvor vazifa ekani alohida ta'kidlangan. Ushbu metodik tavsiya Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Renessans universiteti tomonidan maktab psixologlari, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, direktor o‘rinbosarlari hamda o‘quvchilar bilan ishlovchi boshqa mutaxassislar uchun tayyorlangan muhim metodik manba hisoblanadi. 🔹 Qo‘llanma bilan tanishish uchun havola: https://raqamlitalim.trm.uz/psychology-support/part/2/5/5/223 Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#RaqamliXavfsizlik #InternetFiribgarligi 🛡 Internetdagi firibgarliklardan himoyalanish Shubhali havola, “tez boyish” taklifi yoki noma’lum faylga darhol ishonmang. Ma’lumotni rasmiy manbadan tekshiring, shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang va vaziyat tushunarsiz bo‘lsa, ishonchli kattalarga murojaat qiling. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#BolalarXavfsizligi #HarakatXavfsizligi Bolalar yo‘lni kesib o‘tishda shoshmasligi va har doim yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi muhim. Yo‘lni faqat piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tish, svetofor ishoralariga rioya qilish va avtomobillar to‘xtaganiga ishonch hosil qilish kerak. Aziz ota-onalar, farzandlaringizga yo‘lni kesib o‘tishdan avval chapga, keyin o‘ngga qarash, qizil chiroqda kutish va yashil chiroq yonganda ham ehtiyotkor bo‘lish zarurligini muntazam eslatib turing. Yo‘lda shoshilmang, qoidalarga amal qiling. © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#Безопасная_среда #Дошкольное_образование #Начальное_образование 🏡 Уверенность ребёнка начинается с доверия в семье Ребёнку важно не только знать правила поведения в разных ситуациях, но и быть уверенным: что бы ни произошло, он может обратиться к родителям и будет услышан. Помочь сформировать такую уверенность можно в повседневном общении: ➖ Не обесценивайте детские переживания. Даже если ситуация кажется вам незначительной, выслушайте ребёнка и постарайтесь понять, что именно его обеспокоило. ➖ Обсуждайте разные ситуации заранее. Периодически спрашивайте: «Как бы ты поступил, если…?» Такие разговоры помогают ребёнку заранее продумать свои действия и не растеряться. ➖ Не требуйте безусловного послушания всем взрослым. Объясните ребёнку, что уважение к старшим не означает необходимость выполнять любую просьбу взрослого. ➖ Создайте круг доверенных взрослых. Вместе определите несколько человек, к которым ребёнок может обратиться, если родителей нет рядом. 📌 Самое важное, что могут дать родители, — уверенность в том, что ребёнок не останется один на один со своей проблемой и всегда сможет обратиться за помощью. © Центр развития образования Подписаться на канал:👇 https://t.me/trm_metodika
#Xavfsiz_muhit #Maktabgacha_taʼlim #Boshlangʻich_taʼlim 🏡 Bolaning oʻziga boʻlgan ishonchi oiladagi ishonchdan boshlanadi Bola turli vaziyatlarda qanday yoʻl tutish kerakligini bilishi bilan birga, nima boʻlishidan qatʼi nazar, ota-onasiga murojaat qilishi va ular uni albatta tinglashiga ishonishi muhim. Bunday ishonchni kundalik muloqot orqali shakllantirish mumkin: ➖ Bolaning his-tuygʻularini eʼtiborsiz qoldirmang. Vaziyat sizga ahamiyatsizdek tuyulsa ham, bolani diqqat bilan tinglang va aynan nima uni bezovta qilganini tushunishga harakat qiling. ➖ Turli vaziyatlarni oldindan muhokama qiling. Vaqti-vaqti bilan: “Agar shunday vaziyat yuz bersa, nima qilarding?” deb soʻrang. Bunday suhbatlar bolaga oʻz harakatlarini oldindan oʻylab koʻrish va kutilmagan vaziyatda sarosimaga tushmaslikka yordam beradi. ➖ Boladan barcha kattalarga soʻzsiz boʻysunishni talab qilmang. Unga kattalarni hurmat qilish ularning har qanday iltimosini bajarish kerak degani emasligini tushuntiring. ➖ “Ishonchli kattalar” doirasini belgilab bering. Bola bilan birgalikda ota-onasi yonida boʻlmagan paytda yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin boʻlgan bir nechta ishonchli insonni aniqlab oling. 📌 Ota-onalar farzandiga bera oladigan eng muhim tayanch — qanday vaziyat yuz bermasin, u muammosi bilan yolgʻiz qolmasligi va doimo yordam soʻrab murojaat qilishi mumkinligiga boʻlgan ishonchdir. © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#Texnologiya #STEAM_ijod #Amaliy_loyiha ✨ “O‘rdakchali hovuz” — plastilin yordamida tabiat manzarasini yaratamiz! Rangli plastilin, karton, tish cho‘plari va oddiy bezak vositalari yordamida bolalar o‘rdakchalar, hovuz, toshlar hamda yashil o‘simliklardan iborat chiroyli kompozitsiya yasashlari mumkin. Ushbu ijodiy mashg‘ulot bolalarga turli shakl va ranglarni uyg‘unlashtirish, mayda detallar bilan ishlash hamda o‘z tasavvuridagi tabiat manzarasini amaliy tarzda yaratish imkonini beradi. 📦 Kerakli jihozlar: ➖ rangli plastilin; ➖ karton yoki qattiq taglik; ➖ tish cho‘plari; ➖ qaychi; 🎯 Loyiha orqali: ➖ bolalarning mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi; ➖ rang va shakllarni o‘zaro uyg‘unlashtirish ko‘nikmasi shakllanadi; ➖ tabiat va jonivorlarga mehr uyg‘onadi; ➖ fazoviy hamda konstruktiv fikrlash rivojlanadi; ➖ sabr, diqqat va aniqlik ko‘nikmalari mustahkamlanadi; ➖ tasavvur, ijodkorlik va estetik did rivojlanadi; ➖ amaliy mehnatga bo‘lgan qiziqish ortadi. 👉 Zamonaviy ta’lim — ijod qilish, sinab ko‘rish va o‘z qo‘li bilan natija yaratishdir! © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#XorijiyAtama #MilliyMuqobil O‘zbek tilida yangi so‘z va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi O‘zbek tilining zamonaviy rivojlanishini ta’minlash, uning ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy o‘zlashmalarning o‘zbek tili qoida va me’yorlariga mos milliy muqobillari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tavsiya etildi. Mazkur tashabbus: ⚫️ o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish; ⚫️ terminologik tizimni milliylashtirish; ⚫️ atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash; ⚫️davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#diqqat #ilmiy "YOSH OLIMLAR VA TADQIQOTCHILAR MAKTABI" ilmiy-amaliy onlayn seminar Joriy yilning 14-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan yosh pedagoglar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar uchun mo‘ljallangan “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” ilmiy-amaliy onlayn seminari o‘tkaziladi. Seminar davomida: ➖ Ilmiy faoliyatga yo'l ochuvchi kursning imkoniyatlari; ➖ Raqamli portal orqali kurs resurslaridan qulay foydalanish; ➖ Ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish va amaliy ko'nikmalarni oshirish; ➖ ICIST – 2026 xalqaro konferensiyasi haqida ma'lumot beriladi. 🔹 Zoom ID: 857 6995 2879 🔐 Kirish kodi: 2026 Barcha qiziquvchilarni faol ishtirok etishga taklif qilamiz! © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Iyun oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjesti Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan o‘qituvchilarni metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TRM Metodik yordam” telegram kanali orqali videodarslar va metodik qo‘llanmalar joylashtirib borilmoqda. Quyida e’tiboringizga 2026-yilning iyun oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjestini havola etamiz: 🗂 Qo‘llanmalar va metodik tavsiyalar ➖ “Bir bola — bir yo‘l: ulkan natija sari” nomli metodik qo‘llanma ➖ “Bolaning zehnini rivojlantirishda kognitiv yondashuv” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma ➖ “Mini gologramma proyektori” — yorug‘lik va aks etish hodisasi ➖ Dars balansi 👩🏫 "Xavsiz muhit" va "Sinf boshqaruvi" bo‘yicha metodik tavsiyalar ➖ Doʻstlik oʻzaro hurmatdan boshlanadi (o'zbek tilida), (rus tilida) ➖ O‘quvchilar xulq-atvorini tushunish ➖ Sinf muhitida kuchli ta’lim qachon vujudga keladi? ➖ Dars o‘tishdan oldin hamma o‘qituvchi bilishi kerak bo‘lgan xususiyatlar 📚"Bolalar xavfsizligi" va "Yozgi ta'til" bo‘yicha metodik tavsiyalar (videolar) ➖ Bolalarni mehnatga o‘rgatish ➖ Yoz — bolalar uchun eng quvonchli fasl 🏢 "Metodik marafon" ma'ruzachilarining taqdimotlari ➖ Xorazm viloyatida o'tkazilgan "Metodik marafon" ➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasida o'tkazilgan "Metodik marafon" 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#IChO2026 #Jarayon 📚 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda! 📢Joriy yilning 10–19-iyul kunlari poytaxtimiz Toshkent shahri dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO 2026)ga mezbonlik qiladi. ⚡️Bugun Prezident Administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish bo'yicha o'rinbosari Ilxom Siradjev, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov olimpiadaning amaliy bosqichi o'tkaziladigan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida bo‘lib, musobaqaga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. ✅Tashrif davomida laboratoriyalar, amaliy imtihon xonalari, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda olimpiadani xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan yakuniy tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi. 🇺🇿 Oʻzbekiston ilk bor mazkur nufuzli xalqaro olimpiadaga mezbonlik qilmoqda. Ushbu tarixiy tadbir mamlakatimizning ilm-fan va ta'lim sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda yana bir bor namoyon etadi. 💬Tashrif davomida mavjud tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilinib, amaliy sinovlarni xalqaro talablar asosida tashkil etish hamda barcha tashkiliy masalalarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#BolalarXavfsizligi #YozgiTatil Yozgi ta’til davrida bolalar ko‘proq ochiq havoda o‘ynashni va sport bilan shug‘ullanishni xohlashadi. Shu bilan birga, issiq kunlarda quyosh ostida uzoq vaqt faol harakat qilish bolalarda charchoq va holsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sport va o‘yinlar uchun kunning salqin vaqtlarini tanlash muhim. Farzandlarimiz yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishi bilan birga, ularning sog‘lig‘i va xavfsizligi doimo e’tiborda bo‘lishi lozim. Aziz ota-onalar, bolalarga issiq havoda bosh kiyim kiyish, yetarlicha suv ichish, soyada dam olish va sport mashg‘ulotlarini ertalab yoki kechki salqinda bajarish kerakligini eslatib turing. Yozda faol bo‘ling, issiq havoda ehtiyot choralariga amal qiling. © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
🇺🇿 Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. 🖱️ 2026-yil 10-19-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu ulkan ilmiy tadbir nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir. 🖱️ Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilar bir maydonga jamlanib, o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashadilar. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#metodik_yordam #uyda_talim #inklyuziv_talim “Bir bola — bir yo‘l: ulkan natija sari” nomli metodik qo‘llanma tayyorlandi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari hamkorligida “Bir bola — bir yo‘l: ulkan natija sari” nomli metodik qo‘llanma tayyorlandi. Mazkur qo‘llanma uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan ishlashda pedagoglar, psixologlar, maxsus pedagoglar, maktab rahbarlari va ota-onalar uchun amaliy metodik manba sifatida ishlab chiqilgan. Qo‘llanmaning asosiy maqsadi Uyda ta’lim olayotgan har bir bolaning individual ehtiyoji, salomatlik holati, psixologik xususiyati va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda sifatli ta’limni tashkil etishga ko‘maklashish. Qo‘llanmada nimalar yoritilgan? 🔹 Uyda ta’limni tashkil etish Uyda yakka tartibdagi ta’limning maqsadi, vazifalari, tamoyillari va tashkiliy asoslari sodda hamda amaliy tarzda bayon etilgan. 🔹 Individual yondashuv Har bir o‘quvchining qobiliyati, o‘zlashtirish sur’ati va ehtiyojiga mos ta’lim yo‘lini belgilash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 🔹 Psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash O‘quvchining motivatsiyasi, emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi va o‘ziga ishonchini mustahkamlashga qaratilgan usullar keltirilgan. 🔹 Oila bilan hamkorlik Pedagog, ota-ona va mutaxassislarning birgalikdagi faoliyati, uy sharoitida qulay ta’lim muhitini yaratish hamda doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari yoritilgan. 🔹 Raqamli ta’lim vositalari Masofaviy platformalar, interaktiv ilovalar, videodarslar va raqamli resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. 🔹 Xalqaro yondashuvlar UDL, ABA, TEACCH, SEL, multisensor o‘qitish, assistiv texnologiyalar va aralash ta’lim modeli kabi zamonaviy yondashuvlar izohlangan. 🔹 Qo‘llanma bilan tanishish uchun havola: https://raqamlitalim.trm.uz/show/pedagog/3/69 Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
#Metodika #Psixologik_qollab_quvvatlash “Bolaning zehnini rivojlantirishda kognitiv yondashuv” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi Ta’lim oluvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqni oshirish, diqqatni jamlash, eslab qolish, to‘g‘ri fikrlash hamda atrof-muhitni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Bolaning zehnini rivojlantirishda kognitiv yondashuv” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur qo‘llanmada bolaning bilim olish jarayonida qanday fikrlashi, ma’lumotni qanday qabul qilishi, eslab qolishi, tahlil qilishi va amalda qo‘llashi sodda hamda tushunarli tarzda yoritilgan. Qo‘llanma quyidagi yo‘nalishlarda amaliy yordam beradi: diqqatni rivojlantirish — bolaning e’tiborini jamlash, chalg‘imasdan topshiriq bajarish va dars jarayonida faol ishtirok etishiga ko‘maklashadi; xotirani mustahkamlash — o‘quv materialini eslab qolish, qayta aytib berish va mustahkamlash usullarini tushuntiradi; to‘g‘ri fikrlashni shakllantirish — taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarish va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi; atrof-muhitni anglash — bolaning voqea-hodisalarni to‘g‘ri idrok etishi, sabab-oqibat bog‘liqligini tushunishi va hayotiy vaziyatlarga mos javob berishiga yordam beradi; psixologik qo‘llab-quvvatlash — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning emotsional holati, o‘ziga ishonchi va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Qo‘llanmada “kognitiv yondashuv”, ya’ni har bir bolaning aqliy rivojlanishi, bilim olish usuli, qiziqishi va individual ehtiyojiga mos ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma pedagoglar, psixologlar, maxsus pedagoglar, sinf rahbarlari va ota-onalar uchun foydali metodik manba hisoblanadi. 🔹 Qo‘llanma bilan tanishish uchun havola: https://raqamlitalim.trm.uz/show/pedagog/3/70 Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
⚡️ Yoshlar diqqatiga! Siz o‘zbek adabiyotini qanchalik yaxshi bilasiz? Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek va boshqa buyuk adiblarimiz ijodi haqida fikringiz biz uchun muhim! Sizni “Bolalar va yoshlarning o‘zbek shoir va yozuvchilari ijodi hamda adabiy merosidan xabardorlik darajasi” mavzusidagi qisqa so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. 🔹 So‘rovnoma orqali: ➖ Yoshlarning o‘zbek adabiyotiga qiziqish darajasi o‘rganiladi; ➖ Adiblarimiz ijodi bo‘yicha bilim va xabardorlik tahlil qilinadi; ➖ O‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish bo‘yicha yangi takliflar shakllantiriladi. To‘ldirish uchun atigi 5–7 daqiqa vaqt ketadi. Barcha javoblar anonim va faqat ilmiy-tahliliy maqsadlarda foydalaniladi. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing! 👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: 🔗 https://raqamlitalim.trm.uz/survey 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz