METODIK XIZMAT KO'RSARTISH BO'LIMI SAMARQAND
Статистика- Последний пост
- 12 мар.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun 12-mart haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Quyosh-Yer kuni 🌏Butunjahon glaukoma kuni 🌏Xalqaro kibersenzuraga qarshi kurashish kuni #muhim_voqealar 🔹1365 – Dastlabki universitetlardan biri – Vena universiteti tashkil etildi. 🔹1889 – AQShda Elmon Stroudjer avtomat telefon stansiyasiga patent oldi. 🔹1911 – Doktor Fletcher bolalar serebral paralichi sabablarini topdi. 🔹1974 – “Mars-6” stansiyasi Mars sathiga qo‘ndi. #tavalludlar 🔹1790 – Jon Frederik Daniel – ingliz fizigi va kimyogari. 🔹1824 – Gustav Kirxgof – nemis fizigi, seziy va rubidiyni kashf qilgan. 🔹1863 – Vladimir Vernadskiy – rus olimi, biosfera va noosfera to‘g‘risidagi ta’limotni yaratgan. 🔹1907 – Tolib Sodiqov – kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti. 🔹1920 – Nasim Hoshimov – ashulachi, opera xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti.
#Tabriknoma Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar va qadrli yurtdoshlar! Sizlarni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu muqaddas oy barchamizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, xonadonlarimizga baraka va fayz olib kelsin. Ramazon — mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik oyidir. Bu oyda qalblar poklanib, ezgu amallar yanada ko‘payadi, insoniylik fazilatlari yuksaladi. Yaratganning marhamati va rahmati yog‘iladigan ushbu muborak kunlarda qilgan ibodat va ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy totuvlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Ramazon oyining fayzi va barakasi har bir xonadonga kirib borsin! Hurmat bilan, Bekmirzayev Hasan Safarovich!!!
14-yanvar vatan himoyachilari munosabati bilan sizni va barcha vatandoshlarimizni tabriklayman siz uchun qadrli insoniz nomidan🫡🫵🏻
Ассалому алайкум!!! 18 минг оламни яратган Аллоҳ Субҳана Таолога беҳисоб ҳамду саънолар бўлсин. Икки олам сарвари Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо Саллоллоҳу Алайҳи ва Салламга дуруду саломлар ёғилсин. Карами кенг Парвардигор барчамизга мелодий 2026 йил билан бешикаст-безиён юзлашишликни Ин Ша Аллоҳ насиб этсин. Кириб келаетган йил хаммамизнинг хонадонимизга файзу баракот олиб кирсин. Қалбларимизни иймон билан тўлдирсин. Ҳамиша Аллоҳнинг зикрида, шукрида юришликка, ҳар куни инсонларга яхшилик қила олишликка қодир қилиб қўйсин. Фарзандларни бир-бирларига меҳр-оқибатли, ақли-заковатда тенгсиз, тақволи, намозли килсин. Яқинларимизни биз учун соғ- саломат асрасин. Умрларини зиёда, мартабаларини улуғ, танларини соғ қилсин. Ўзи берган азиз неъмат-оиламизни ўз паноҳида асрасин.🤲🤲🤲 Хурмат билан Хасан Сафарович!!!
PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA "UZUM SAYLI" O'TKAZILDI ☀️- Uzum yetishtirish, mayiz, shinni kabi mahsulotlarni tayyorlash, uzum va mayizni xalqona usulda saqlash va quritish usullari asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan xalqona azaliy an’ana hisoblanadi. 📌 Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida hududiy markaz professor-o'qituvchilari va tinglovchilariga uzum sayli bo’lib o’tdi. ❇️ Unda Hududiy markazning barcha professor-o'qituvchilari, metodistlar va tinglovchilar hududiy markaz bog'ida yetishtirilgan xilma-xil uzum navlaridan bayramona dasturxon bezatishdi. ❇️ Sayl so’ngida esa ishtirokchilar shirin-shirin uzumlardan tanovul qilishdi. ⚡️ “Uzum sayli" quvnoq va ko’tarinki kayfiyatda o’tib, barchada o’zgacha taassurot qoldirdi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Mobil_malaka_oshirsh "AQLVOY"DA METODIK MAHORAT KUNI OʻTKAZILDI 🏢Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirining 59-sonli buyrug'i asosida "Uzoq va chekka hududlarda joylashgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirsh tashkil qilindi. 👩🏫Samarqand viloyati Qo'shrobot tumanidagi "Zarkent" mahallasida joylashgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari uchun malaka oshirish darsi tashkil etildi. 🖇Unda Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi Maktabgacha ta'lim metodisti U.Suvonqulov tomonidan qiziqarli metodlardan foydalanib darslar oʻtkazildi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
Летний академический лагерь 2School — это увлекательное обучение и активный отдых для детей от 7 до 12 лет! С 2 июня ребят ждут интерактивные занятия, развивающие игры и новые друзья. Проводим лето с пользой, развиваем мышление и уверенность в дружелюбной атмосфере! Адрес: ул. Тараккиёт, 39Б Телефон: +998 95 243 20 02 Присоединяйтесь к нам в 2School!
#Jarayon #Seminar_mahorat_darslari_oyligi #Hisobot "METODIK IMPULS VA TAJRIBA SAFARI" OYLIGI DOIRASIDA PEDAGOGLARNI MAHORATLARI OSHIRILDI 🏢Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o'qituvchilari va metodistlari tomonidan viloyat umumtaʼlim maktablarida “Metodik impuls va tajriba safari” oyligi doirasida 29 ta seminar, 14 ta vebinar, 4 ta qisqa muddatli kurs, 67 ta mahorat darslari oʻtkazildi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
✅2025-yil 21-may kuni Pedagogik mahorat markazida Payariq tumanidagi 79- umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi Nurmamatov Jasur Tashpulatovich Samarqand viloyati PMM geografiya fani tinglovchilariga "Mahorat darsi" o'tdi. O'qituvchilarni milliy sertifikat test topshiriqlarini bajarish mexanizmini, zamonaviy o'qitish metodikasi bo'yicha tajribalar almashinildi. ✅Tajribali va trenerlik qobilyatiga ega; ✅ Xalqaro sertifikat sohibi, ijodiy ishlari viloyat miqiyosida ommalashtirilgan. ❗️Loyiha doirasida Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida zamonaviy oʻqitish metodikalari asosida tashkil etilayotgan oʻquv mashgʻulotlari onlayn videotranslyatsiya shaklida namoyish etiladi. https://t.me/sam_vil_mxkb
#Jarayon 🎥Siz bugun "Jarayon" loyihasida, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Aprel - “Metodik rivojlantirish oyligi” doirasida Urgut tumanida tabiiy fan oʻqituvchilari uchun oʻtkazgan seminar-trening lavhalaridan bahramand bo'ling. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://t.me/sam_vil_mxkb
#Ayni_paytda #Jarayon #Seminar APREL OYI - "METODIK RIVOJLANTIRISH OYLIGI" 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida “Metodik rivojlantirish oyligi” doirasida seminar, vebinar, qisqa muddatli kurs va mahorat darslari oʻtkazish rejalashtirilgan. ❇️Mazkur "Metodik rivojlantirish oyligi"da umumiy o'rta ta'lim maktablarida "5 E modeli" asosida hududiy markaz professor-o'qituvchilari, metodistlari tomonidan reja-jadval asosida tadbirlarni belgilangan muddatlarda, sifatli tashkil qilishi belgilab olingan. 🔵Ushbu "Metodik rivojlantirish oyligi"ga tayyorgarlikni tekshirib olish va aniq yo'nalishlarda ish olib borish borasida Pedagogika, psixologiya va ta'lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti G.Fayzullayeva tomonidan amaliy-seminar tashkil etildi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
#ilmiy_fakt Nobel mukofotini olgan ilk ayol! ➡️➡️➡️Batafsil ma’lumot⬅️⬅️⬅️
💮 Samarqand viloyati PMM tinglovchilari oʻrtasida 2025-yil 20- mart kuni "TA'LIMDA IJODIY TAFAKKUR" nomli tanlov tashkil etildi. 📌 Tanlov Pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, o'zaro tajriba alamshish, ijodkorlik qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda Eng yaxshi ijodiy ishlar saralanib, elektron to'plam qilinib boriladi Murojaat uchun: ☎️ +99899 335 75 42 +99894 288 60 61 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUB
#QIZIQARLI_FAKT Chexiyada eng yomon baho – «5», a’lo baho – «1» ekan. 👉 @AI_pedagogikasi Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram
Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi yigitlari ushbu bo‘limning ayol hamkasblarini 8-mart bayrami bilan tabriklab, ularga sovg‘alar taqdim etishdi. Shuningdek, ular haqida qiziqarli videorolik ham namoyish etildi. https://t.me/sam_vil_mxkb
#aql_mashqi Zamonaviy notiqlarda shunday gap bor, agar nutq payti fikr to‘xtab qolsa, Sitseronni uslubini qo‘llash zarur degan. Sitseron oʻz nutqida ulardan ko‘p bora foydalanar va u nutqni bezashi haqida ko‘p bora aytgan. ❗️Diqqat savol. Nima nutqni bezaydi? 👉 @AI_pedagogikasi Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram
#Bugun “ENG YAXSHI KOʻRGAZMALI QUROL" TANLOVI O'TKAZILDI 🏢Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi metodistlari U.Norqulov, A.Pardayeva hamda F.Roʻziyevlar tomonidan malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan rus tili va ingliz tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “ENG YAXSHI KOʻRGAZMALI QUROL” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirok etgan oʻqituvchilar oʻz qo‘llari bilan tayyorlagan ijodiy koʻrgazmalarini taqdim etdilar. Har biri oʻziga xos, innovatsion va oʻquvchilar uchun qulay yondashuvlarni namoyish etdi. Didaktik materiallar, interaktiv stendlar, infografikalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan koʻrgazmalar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
Hikoya... Qodir aka uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchi edi. U maktabning eng bilimli muallimlaridan biri bo‘lsa-da, o‘quvchilari uning darslarini zerikarli, deb hisoblashardi. Har qanday darsda u doimo stol ortida o‘tirib, qog‘ozga tikilib gapirar, hech qachon o‘quvchilarga to‘g‘ri qaramas edi. Boshqa o‘qituvchilarning darslari jonli va qiziqarli bo‘lardi, Qodir akaning darslarida bolalar sukut saqlashsa-da, ularning ko‘zlarida qiziqish yo‘q edi. U buni sezsa ham, darslarini yanada mazmunli qilish uchun faqat nutqini boyitish ustida ishlardi. Lekin bir kun kelib, u .... Hurmatli kitobxon, Sizningcha, hikoyada voqealar rivoji qanday davom etadi? https://t.me/AI_pedagogikasi