tgindex
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Статистика

Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
34
Всего постов
145
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 373
−3 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
111
40 постов
Вовлечённость
8,1%
к подписчикам
Постов в день
4,9
всего 145
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
118
1/48двое суток
135
1/72трое суток
145

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🔥🔥🔥🔥🔥🔥 Bolaga yo'naltirilgan ta'lim: G'ozg'onda amaliy seminar bo'lib o'tdi G'ozg'on shahar 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida shahar miqyosida “Bolaga yo'naltirilgan ta'lim. "Ilk qadam" milliy o'quv dasturi amaliyotda” mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etildi. Anjumanda shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari hamda hududdagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali pedagog xodimlari ihtirok etdilar. Tadbirlar davomida “Ilk qadam” dasturini amaliyotga samarali joriy etish masalalari qizg'in bahs-munozaralar bilan muhokama qilindi. Bolalarning iqtidori va qiziqishlarini ochib berishga xizmat qiluvchi zamonaviy guruh muhitini yaratish bo'yicha o'zaro tajriba almashildi. Yangi o'quv yilida ta'lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko'tarish, amaliy muhitni yanada boyitish yuzasidan qimmatli fikr va takliflar ilgari surildi. Innovatsion yondashuvlar va samimiy muloqot ruhida o'tgan seminar ishtirokchilarga kelgusi faoliyat uchun katta motivatsiya va yangi g'oyalar bag'ishladi. Jajji bolajonlarimizning sifatli va munosib ta'lim-tarbiya olishi yo'lidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

  • ✅✅✅✅✅ Eng muhimi – muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati shu. Ajoyib-g‘aroyib g‘oyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shug‘ullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak. ⓒ Nolan Bushnell ​  🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

  • 🏆 IOI 2026: Terma jamoamiz a’zolaridan yana bir tarixiy natija! 🇺🇿38-Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics — IOI 2026) Oʻzbekiston mezbonligida Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. 🔵Mazkur nufuzli musobaqada 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etmoqda. 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ushbu yirik xalqaro intellektual bellashuvda munosib qatnashib, navbatdagi tarixiy natijaga erishdi. Gʻoliblarimiz bilan quyida tanishing: 🥈Jaxonali Xaydaraliyev — Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — KUMUSH MEDAL, 🥉Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahri, Prezident maktabi — BRONZA MEDAL, 🥉Timur Kadirbergenov — Nukus shahri, Prezident maktabi — BRONZA MEDAL, 🥉Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahri, Prezident maktabi — BRONZA MEDAL, Shuningdek, 🏅 Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi — Honorable mention. ❗️Mazkur natija orqali Terma jamoamiz o‘z ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. ➡️ Xalqaro informatika olimpiadasi dunyoning eng nufuzli maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan intellektual musobaqalaridan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar murakkab algoritmik masalalarni ishlash, dasturiy yechimlar yaratish ko‘nikmalarini namoyish etadilar. ✅Ma'lumot uchun: 2025-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida Terma jamoa vakillari 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. ⭐️G‘oliblarni tabriklaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • ❗️❗️❗️❗️❗️ 📌UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOG BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Psixolog huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor. Darslar sentyabrdan boshlanadi. 💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi: Oliy pedagogik ma'lumotga ega mutaxassislar Pedagogik ma'lumotga ega bakalavrlar Kurs davomiyligi: 11 oy 🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📞Bog'lanish uchun: +998 97 321 02 92, +998 93 664 87 85 💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

  • ❗️❗️❗️❗️❗️ 📌 UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANIDAN DARS BERISH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor. Darslar sentyabrdan boshlanadi. 💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi: Fizika va astronomiya o‘qituvchisi Informatika o‘qituvchisi Umumtexnika fanlari va mehnat o‘qituvchisi Fizika va astronomiya Fizika o‘qitish metodikasi Informatika o‘qitish metodikasi Kasbiy ta'lim (informatika va axborot texnologiyalari) Kurs davomiyligi: 11 oy 🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📞Bog'lanish uchun: +998 97 321 02 92, +998 93 664 87 85 💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

  • #diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

  • ⏳⏳⏳⏳ 14-AVGUST ↪️ BAYRAMLAR: 🌏 Butunjahon kaltakesaklar kuni. 🌏 “Telegram” mesendjerining tug‘ilgan kuni. 💎 MILLIY BAYRAMLAR: 🇮🇳 Hindiston ‐ Bo'linish dahshatlarini xotirlash kuni. 🇮🇩 Indoneziya - Skautlar kuni. 🇵🇱 Polsha - Energetika sanoati xodimlari kuni. 🇩🇴 Dominikan Respublikasi - Muhandislar kuni. 🇵🇰 Pokiston - Mustaqillik kuni. 🇿🇼 Zimbabve ‐ Qahramonlar kuni. 🇼🇸 Samoa ‐ Otalar kuni. 🪑 VOQEALAR: - 1248 - Kyoln cherkovi qurilishi boshlandi. - 1385 - Krevsk uniyasi tuzildi. - 1457 - Maynsda nashriyotchilarning ismi ko'rsatilgan birinchi kitob - Psaltir nashr etildi. - 1619 - Virjiniya Shimoliy Amerikada mastlikka qarshi birinchi qonunni qabul qildi - uzum etishtirish taqiqlangan. - 1775 - Podsho buyrug'i bilan Zaporoje Sechesi yo'q qilindi. - 1790 - Rossiya va Shvetsiya o'rtasida Verela sulhi imzolandi. - 1865 - Sankt-Peterburgda zoologiya bog'i ochildi. - 1888 - Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi. - 1919 - Germaniyaning Veymar konstitutsiyasi e'lon qilindi va kuchga kirdi. - 1936 - Olimpiya o'yinlarida basketbol birinchi o‘ynaldi. - 1941 - Buyuk Britaniya va AQSh Atlantika xartiyasini imzolashdi. - 1945 - Moskvada Sovet-Xitoy do'stlik va ittifoq shartnomasi 30 yil muddatga imzolandi. - 1945 - Yaponiya imperatori Xiroxito Yaponiyani so'zsiz taslim bo'lishi to'g'risida farmon chiqardi. - 1947 - Pokiston mustaqil davlat bo'ldi. - 1971 - Bahrayn mustaqillikka erishdi - 1984 - «IBM» firmasi «PC DOS 3.0» ni chiqazdi. - 1985 - Maykl Jekson «The Beatles» qoʻshiqlariga egalik huquqini sotib oldi. - 1992 - O‘zbekiston Respublikasi Ukraina bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. - 1994 - Xabbl teleskopi Uran xalqalarini suratga oldi. - 2016 - hamyurtlarimizning ikki nafari Rio Olimpiadasida shoxsupaga ko'tarilgan edi: Hasanboy Do‘stmatov oltin medal, Elmurat Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 🌟 TAVALLUDLAR: - 1688 - Fridrix Vilgelm I (1740) - Prussiya qiroli (1713-1740). - 1777 - Xans Kristian Ersted (1851 y.) - Daniyalik fizik. - 1842 - Vladimir Kovalevskiy (1883) - rus tabiatshunosi, evolyusion paleontologiyaning asoschisi.  - 1860 - Ernest Seton Tompson (1946) - kanadalik yozuvchi va rassom.  - 1867 - Jon Golsuorsi (1933) - ingliz yozuvchi va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi (1932). - 1900 - Tamara Sereteli (1968) - sovet estrada qo'shiqchisi (kontralto). - 1907 - Mirkarim Osim - yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. - 1930 - Yayra Abdullayeva (2019) - aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1964). - 1933 - Richard Ernst - shveytsariyalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1991). 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

  • ✅✅✅✅✅ Umuman qoqilmaslik omadli bo‘lish degani emas. Eng katta omad — yiqilganingda qayta turmoqdir. ✏️Konfutsiy 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube

  • 📚📚📚📚📚📚📚 📔 Javlon Jovliyev — «Qo‘rqma» ✨ So‘nggi yillarda o‘zbek adabiyotida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, yoshlar o‘rtasida trendga chiqqan tarixiy-zamonaviy roman. Asar XX asr boshlarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va sho‘rolar davri qatag‘oniga uchragan bir guruh o‘zbek ziyoli yoshlarining ayanchli, ammo sharafli qismati haqida. Ularning yurt ravnaqi yo‘lidagi orzulari va Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqati bugungi kun nigohi bilan bog‘lanadi. ❓ Nima uchun o‘qish kerak? Kitob o‘quvchida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini kuchli vulqondek uyg‘otadi. Bugungi tinch va osoyishta kunlarning, ilm olish imkoniyatlarining qadriga yetishga, ajdodlar merosiga munosib voris bo‘lishga hamda hayotda hech qachon maqsadlar yo‘lida qo‘rqmaslikka o‘rgatadi. 📌 Kimlar uchun: Ilm-fanga intiluvchi, o‘zligini anglamoqchi bo‘lgan shijoatli yoshlar va tarix saboqlariga befarq bo‘lmagan kitobxonlar uchun! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

  • #Islohotlar_samarasi ✅ Pedagog kadrlarning malakasini oshirish yo‘nalishida: ➖ “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” tadbirlarida 11 ta yo‘nalishda 72 soatlik dastur asosida 443 707 nafar maktab o‘qituvchisining malakasi oshirildi. 📊 2 228 nafar rahbar, jumladan, 960 nafar bog‘cha direktori va 1 268 nafar maktab direktori menejerlik kurslarida o‘qitildi. 🔰 Shuningdek, 1 768 nafar nomzod, jumladan, 1 086 nafar maktab direktorligiga nomzod va 682 nafar bog‘cha direktorligiga nomzod o‘qitildi. ⏰ Ta’lim muassasalarining 153 nafar xodimi, jumladan, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining 80 nafar pedagog xodimi hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 73 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborildi. 🌐 Yangi O‘zbekiston universitetida Massachusets texnologiya instituti dasturi asosida respublika bo‘ylab 1 400 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi. 📊 Keyingi bosqichda 48 902 nafar rahbar va pedagog xodim malakasini oshirish, “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” hamda “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, 2 080 nafar rahbarni menejerlik kurslarida o‘qitish belgilangan. 🔰 Eng yaxshi 100 nafar informatika fani o‘qituvchisini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish hamda xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv-metodik ta’minotni bosqichma-bosqich yaratish rejalashtirilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • 🟦🟦🟦🟦🟦 ✅"Hayot — mohir muallim, garchi gapira olmasa-da, juda yaxshi tushuntiradi..." ✍️Mavlono Rumiy 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati ✈️ Telegram  🌍Veb-sayt ™️Facebook ✅ Instagram   ✅YouTube

  • #Xorazm #Ishtirokchi_fikri 🔴 Xorazmda davom etayotgan o‘quv seminari ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishishdi.  🔹 Zamira Xo‘jayeva — Navoiy viloyati Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube

  • #Хоrazm #2_kun ⏰ Seminarning ikkinchi kuni — amaliy o‘rganishlar va mazmunli mashg‘ulotlar Seminar ishtirokchilari kun davomida “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti, Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Urganch shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 📍 Ta’lim obyektlaridagi o‘rganishlardan so‘ng ishtirokchilar Ma’mun universitetida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • #Расман 🇺🇿Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олиши эълон қилинди Бу йил 1 сентябрь – Мустақиллик байрами муносабати билан ҳафтада 5 кун ишлайдиганлар кетма-кет 4 кун, 6 кунликлар эса 3 кун дам олади. Боиси 31 август, душанба куни қўшимча дам олиш куни этиб белгиланган. Асос: 2025 йил 24 декабрдаги ПФ-257-сонли Президент фармони. Унга кўра, дам олиш кунлари қуйидагича: 29 август, шанба — 5 кунликларга дам, 6 кунликларга иш; 30 август, якшанба — барча учун одатий дам олиш куни; 31 август, душанба — барча учун қўшимча дам олиш куни; 1 сентябрь, сешанба — Мустақиллик байрами. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿 #КОРЕЯ_САФАРИ 🇰🇷 #УЧИНЧИ_КУН Навоий делегацияси“Junggye Elementary School” бошланғич мактабида бўлди Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бошчилигидаги делегация Сеул шаҳридаги нуфузли “Junggye Elementary School” давлат бошланғич мактаби фаолияти билан танишди. Сеул Метрополитан Таълим бошқармаси тасарруфидаги ушбу мактаб бой академик анъаналари ҳамда замонавий рақамли таълим экотизими билан ажралиб туради. Мактабда анъанавий дарс бериш моделидан чекинилиб, ўқувчиларнинг мустақил ва танқидий фикрлашини ривожлантирувчи лойиҳавий ҳамда муаммоли таълим модели йўлга қўйилган. Синфхоналар электрон доскалар, планшет ва "Chromebook"лар ҳамда сунъий интеллект (AI) элементлари билан жиҳозланган. Ўқув хоналарида болалардаги стрессни камайтириш ва ижодкорликни рағбатлантирувчи мослашувчан ўқув зоналари, табиат элементлари ва ором олиш бурчаклари ташкил этилган. Билим бериш билан бир қаторда ўқувчиларда масъулият, жамоада ишлаш, ўзаро ҳурмат ва ўзига хизмат кўрсатиш каби ҳаётий кўникмаларни шакллантиришга алоҳида эътибор берилади. "Junggye" жойлашган Новон тумани ўзининг бой кутубхоналари, ўқув марказлари ва узлуксиз таълим занжири билан танилган. Мулоқотлар давомида кореялик педагоглар тажрибаси, хусусан, синфхоналарни замонавий ва қулай инфратузилма билан таъминлаш, рақамли таълим ишланмалари ҳамда интерфаол методикаларни Навоий вилояти умумтаълим мактабларида босқичма-босқич татбиқ этиш ва ҳамкорликни ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube