tgindex
IHMA Navoiy viloyati

IHMA Navoiy viloyati

Статистика

Murojaat uchun @IHMA_NAVOIY_MUROJAAT_BOT Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi

Последний пост
09:02
Последнее чтение
09:34
Постов за неделю
21
Всего постов
156
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 779
−9 за 6 дн.
Сутки
−6
−0,22%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
490
40 постов
Вовлечённость
17,6%
к подписчикам
Постов в день
3,0
всего 156
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
455
1/48двое суток
521
1/72трое суток
562

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 09:0219из ijtimoiyhimoya_agentligi

    “Dekret” nafaqasi bo‘yicha muhim o‘zgarishlar – 60 soniyada 🖋 Qaror bilan “dekret” va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini olish tartibiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. ✅ Oddiy qilib aytganda: ✅ 6 oylik sug‘urta stajini hisoblashda kasallik yoki ish haqi saqlanmaydigan ta’til davri stajni uzib qo‘ymaydi; ✅ Kam ish haqi oladigan yoki yarim stavkada ishlaydigan ayollar ham sug‘urta stajiga ega bo‘lishi mumkin; ✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq farzand tug‘ilganda, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob asosida to‘lanadi. 📌 Ushbu o‘zgarishlar natijasida 3 mingga yaqin ayol “dekret” nafaqasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ❗️ Mazkur tartib 2026-yil 13-maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 08:3043из ijtimoiyhimoya_agentligi

    Nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlarini davlat xaridlari orqali sotishning oson yo‘li! ✅ Sohadagi raqamli transformatsiya tufayli endi ishlab chiqargan mahsulotlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ortiqcha to‘lovlarsiz sotish imkoniyati yaratildi: ✅ Maxsus Yagona reyestrdan ro‘yxatdan o‘ting; ✅ Elektron kooperatsiya portaliga mahsulotlaringizni joylashtiring; ✅ Davlat buyurtmachilari mahsulotlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ❗️ Eng muhimi: jarayonda zakalat va vositachilik yig‘imlari undirilmaydi! 🎬 Talablar, ro‘yxatdan o‘tish tartibi va davlat xaridlari imtiyozlari haqida batafsil – videorolikda. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 17 авг.305из ijtimoiyhimoya_agentligi

    SURDO AI – internetdagi kontentni ishora tiliga tarjima qiluvchi innovatsion yechim Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan ishlab chiqilgan SURDO AI mobil ilovasining imkoniyatlari endilikda Google Chrome brauzeri uchun yaratilgan plagin orqali yanada kengaytirildi. ✅Plaginning asosiy imkoniyatlari: ✅ Google Chrome brauzerida ishlaydi; ✅ Istalgan veb-saytdagi matn va kitoblarni ishora tiliga tarjima qiladi; ✅ YouTube videolarida bevosita videopleyer ichida ishlaydi; ✅ Tarjimani 3D-avatar orqali namoyish etadi; ✅ O‘zbek va rus tillaridagi kontent bilan ishlaydi. 🔗 Foydalanish uchun sahifaga o‘ting: SurdoAI 🤝SURDO AI — muloqotdagi to‘siqlarni birgalikda bartaraf etamiz! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida kunduzgi parvarish xizmatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar — logoped va defektologlar uchun Yaponiya tajribasi asosida amaliy seminar tashkil etildi. 💻 Seminar davomida bolalarni rivojlantirish, ularning mustaqil ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kundalik hayotga moslashuvini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 👫 Xususan, mutaxassislarga ergoterapiya tushunchasi, uning maqsadi va bolalar rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ergoterapiya orqali bolaning nafaqat jismoniy, balki aqliy salohiyati, mayda va yirik motorikasi, diqqatini jamlash qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda kundalik faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ta’kidlandi. Seminarning amaliy qismida Yaponiya tajribasida qo‘llaniladigan samarali usullar namoyish etildi. Bu esa olingan bilimlarni kundalik faoliyatda qo‘llash, bolalarni yangi ko‘nikmalarga yanada tez va samarali o‘rgatish imkonini beradi. 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube  🎖  ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

  • 17 авг.494из ijtimoiyhimoya_agentligi

    #Ijtimoiy_dayjest 🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing. ⸻ 🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń. 🇬🇧 Social Digest Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • ⚡️ Elektr energiyasini tejash uchun 6 ta oddiy maslahat ✅ Elektr energiyasidan oqilona foydalanish orqali oilaviy xarajatlarni kamaytirish va energiya resurslarini tejash mumkin. 🔮 Uy sharoitida elektr energiyasini tejash bo‘yicha 6 ta oddiy va foydali tavsiya haqida videomizda batafsil ma’lumot beramiz. 🎬 Videoni tomosha qiling va elektr energiyasini tejashning samarali usullarini bilib oling! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash tartibi yanada takomillashtirilmoqda 🖋 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan homiladorlik va tug‘ish – “dekret”, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – “kasallik” nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi. ✅ Eng muhim o‘zgarishlar: ✅ 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Endi mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan o‘z hisobidan olingan ta’til, shuningdek kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi. ✅ Kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sug‘urta staji hisoblanadi. Oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari va undan ko‘p bo‘lsa – 1 oy, bir baravardan kam bo‘lsa – yarim oy sug‘urta staji sifatida hisobga olinadi. ✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi. 📌 Eng asosiy natija: yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 000 nafarga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi. ✅ Muhimi, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 13 maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi. ❗️ Yani, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi har bir yangi qadam orqali ko‘proq fuqaroni qamrab olish, past daromadli xodimlar va onalarning huquqini himoya qilish, ortiqcha cheklovlarni kamaytirish hamda nafaqalarni adolatli va shaffof tayinlash imkoniyatlari kengaymoqda. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • #qonunchilikdagi_yangiliklar Yangi qaror: Urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarning transport imtiyozlarini ta’minlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. ❗️ Qarorning asosiy maqsadi: Transportdan imtiyozli asoslarda foydalanishini tartibga solishga qaratilgan. Qaror bilan: 😲 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab Urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaxslarga havo va temir yo‘l transportlari hamda shaharlararo avtobus orqali imtiyozli shartlarda (bepul yoki 50 foiz chegirma) yo‘l chiptalari berilishi belgilanmoqda. “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, “Oʻzbekiston temir yo‘llari” AJning vakolatli bo‘linmalari hamda avtovokzal va avtostansiyalar tomonidan bepul yoki chegirmali chiptalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Yagona Milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali shaxs imtiyozli toifaga kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida murojaat qilingan vaqtda beriladi. 😲 Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Pensiya jamg‘armasi o‘zlarining axborot tizimlaridagi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Raqamli hukumat orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligiga doimiy ravishda taqdim etib boradi. ✅ Imtiyozli chiptani olish uchun shaxslardan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiyalovchi ID-karta yoki biometrik pasport) talab etiladi; ✅ Imtiyozli toifadagi shaxsga transport turiga qarab quyidagi chiptalarning biri taqdim etiladi: havo transportida “ekonom” tarif bo‘yicha chipta; ✅ temir yo‘l transportida “ekonom”, platskart yoki kupeli joylar uchun chipta. 😲 Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi (Baraka) orqali bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi. 😲 Koʻrsatilgan transport xizmati xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi. 🖋 Maʼlumot uchun, 2025-yilda transport xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 50 mingga yaqin shaxsga 4,3 mlrd.so‘mlik imtiyozli yo‘l chiptalari taqdim etilgan. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • #OAV_biz_haqimizda #Farovonlik_sari 🖥🖥🖥 "O'zbekiston 24" telekanalining "Faravonlik sari" dasturida nogironligi bo'lgan shaxslarga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi haqida ko'rsatuv efirga uzatildi. 🎬 Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin. 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube  🎖  ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 💻 Samarqand shahrida Navoiy viloyatidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari ishtirokida tashkil etilgan “Adaptiv ijtimoiy himoya va iqlim o‘zgarishlariga moslashish” mavzusidagi seminar-trening o‘z yakuniga yetdi. 😮 O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishlari sharoitida aholining ehtiyojmand va zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ekologik xavflarni baholash, favqulodda vaziyatlarda manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. 🤝 Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Mazkur seminar-trening ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube  🎖  ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

  • Kasallik va homiladorlik nafaqalarini “Baraka” virtual kartasiga o‘tkazish tartibi 📱Agar sizga kasallik yoki homiladorlik nafaqasi tayinlangan bo‘lsa, bu mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beriladi. 💳Avtomatik o‘tkazma: Sizda “Baraka” kartasi allaqachon mavjud bo‘lsa(!), nafaqangiz hech qanday qo‘shimcha harakatlarsiz avtomatik ravishda shu kartaga tushadi. 💱Virtual karta ochish: Agar sizda hali “Baraka” ijtimoiy kartasi bo‘lmasa(!), “Baraka” mobil ilovasi orqali siz uchun avtomatik tarzda virtual ijtimoiy karta ochiladi va nafaqa to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunga yo‘naltiriladi. 💡Muhim eslatma: VIRTUAL KARTAGA EGA BO‘LISH UCHUN BANKKA BORISH SHART EMAS. 💵Nafaqa tayinlangach, “Baraka” ilovasini oching— virtual kartangiz va tushgan mablag‘lar ekranda darhol ko‘rinadi. “Baraka” mobil ilovasini yuklab oling va nafaqangizni tekshiring. 📞 Ishonch raqami: 1070 🌐 Batafsil: baraka.gov.uz Telegram| YouTube | Instagram | Facebook | X.com | TikTok