IHMA Buxoro viloyati boshqarmasi
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 129
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 353
- 1/48двое суток
- 404
- 1/72трое суток
- 436
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🟦🟦 🔠🔠🔠🔠 🔠🔠 telekanali 🎬 "BU KUN" dasturining navbatdagi sonida Davlat ijtimoiy sug'urtasi tomonidan homiladorlik va tug'ish nafaqalari, shuningdek, kasallik nafaqalarining to'lab berilishi to'g'risida so’z yuritiladi. 🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
без подписи
без подписи
Olotlik 13 nafar bolajon uchun unutilmas shodiyona ↗️ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Olot tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun xayrli tadbir tashkil etildi. 🧮 Tuman hokimligi, tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi va hamkorlar tashabbusi bilan 13 nafar bolajon uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi. Bayram davomida to‘y bolalariga velosipedlar va turli o‘yinchoqlar sovg‘a qilinib, ular uchun kuy-qo‘shiq va musiqiy chiqishlardan iborat bayramona dastur namoyish etildi. 😮 Tadbir bolajonlarga unutilmas quvonch ulashib, inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va ijtimoiy ko‘mak kabi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasiga aylandi. 🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
без подписи
“Hafta hujjati” loyihasi doirasida qonunchilik hujjatlari muhokama qilindi 🧮 Agentlikning viloyat boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari xodimlarining huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan muntazam xabardorligini ta’minlash maqsadida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. 💻 Tadbir doirasida xodimlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan “Hafta hujjati” loyihasi ham o‘tkazildi. Unda Agentlikning viloyat boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. 🖋 “Hafta hujjati” loyihasi doirasida boshqarmaning mas’ul xodimi tomonidan Agentlik faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, ularda belgilangan asosiy talab va me’yorlar, shuningdek, mazkur hujjatlarning amaliy faoliyatdagi ahamiyati yuzasidan batafsil taqdimot qilindi. Xususan, taqdimot davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va talablar yuzasidan xodimlarga batafsil ma’lumot berildi. Hujjatning tegishli normalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
⚡️ Elektr energiyasini tejash uchun 6 ta oddiy maslahat ✅ Elektr energiyasidan oqilona foydalanish orqali oilaviy xarajatlarni kamaytirish va energiya resurslarini tejash mumkin. 🔮 Uy sharoitida elektr energiyasini tejash bo‘yicha 6 ta oddiy va foydali tavsiya haqida videomizda batafsil ma’lumot beramiz. 🎬 Videoni tomosha qiling va elektr energiyasini tejashning samarali usullarini bilib oling! 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
#qonunchilikdagi_yangiliklar Yangi qaror: urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarning transport imtiyozlarini ta’minlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. ❗️ Qarorning asosiy maqsadi: transportdan imtiyozli asoslarda foydalanishini tartibga solishga qaratilgan. Qaror bilan: 😲 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaxslarga havo va temir yo‘l transportlari hamda shaharlararo avtobus orqali imtiyozli shartlarda (bepul yoki 50 foiz chegirma) yo‘l chiptalari berilishi belgilanmoqda. “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, “Oʻzbekiston temir yo‘llari” AJning vakolatli bo‘linmalari hamda avtovokzal va avtostansiyalar tomonidan bepul yoki chegirmali chiptalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Yagona Milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali shaxs imtiyozli toifaga kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida murojaat qilingan vaqtda beriladi. 😲 Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Pensiya jamg‘armasi o‘zlarining axborot tizimlaridagi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Raqamli hukumat orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligiga doimiy ravishda taqdim etib boradi. ✅ Imtiyozli chiptani olish uchun shaxslardan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiyalovchi ID-karta yoki biometrik pasport) talab etiladi; ✅ Imtiyozli toifadagi shaxsga transport turiga qarab quyidagi chiptalarning biri taqdim etiladi: havo transportida “ekonom” tarif bo‘yicha chipta; ✅ temir yo‘l transportida “ekonom”, platskart yoki kupeli joylar uchun chipta. 😲 Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi (Baraka) orqali bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi. 😲 Koʻrsatilgan transport xizmati xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi. 🖋 Maʼlumot uchun, 2025-yilda transport xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 50 mingga yaqin shaxsga 4,3 mlrd so‘mlik imtiyozli yo‘l chiptalari taqdim etilgan. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash tartibi yanada takomillashtirilmoqda 🖋 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan homiladorlik va tug‘ish – “dekret”, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – “kasallik” nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi. ✅ Eng muhim o‘zgarishlar: ✅ 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Endi mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan o‘z hisobidan olingan ta’til, shuningdek kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi. ✅ Kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sug‘urta staji hisoblanadi. Oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari va undan ko‘p bo‘lsa – 1 oy, bir baravardan kam bo‘lsa – yarim oy sug‘urta staji sifatida hisobga olinadi. ✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi. 📌 Eng asosiy natija: yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 000 nafarga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi. ✅ Muhimi, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 13 maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi. ❗️ Yani, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi har bir yangi qadam orqali ko‘proq fuqaroni qamrab olish, past daromadli xodimlar va onalarning huquqini himoya qilish, ortiqcha cheklovlarni kamaytirish hamda nafaqalarni adolatli va shaffof tayinlash imkoniyatlari kengaymoqda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
🟦🟦 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 telekanali 🎬 "Xabar" yangiliklar dasturining navbatdagi sonida yangi o'quv yili oldidan umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'limni samarali tashkil etish, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar uchun to'siqsiz muhit yaratish masalalariga bag'ishlangan o'quv-seminar tafsilotlari to'g'risida so'z yuritiladi. 🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
без подписи
без подписи
#Shofirkon #shodiyona Shofirkon tumanida 24 nafar bolajonning xatna to‘ylari ko‘tarinki shodiyona bilan o‘tkazildi 😯 Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr va saxovatni yanada keng qaror toptirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. ↗️ Ayniqsa, bayram va shodiyona kunlarda bunday oilalar farzandlariga quvonch ulashish ezgu an’anaga aylanib bormoqda. Bugun “Ilhom” tantanalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan 24 nafar oilaning farzandlari uchun katta tantana — sunnat to‘yi tashkil etildi. 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
🟦🟦 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 radiosi 🎙 "Buxoro" radiosining "Inson qadri" dasturida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati to'g'risida so'z yuritiladi. 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
без подписи
без подписи
Imkoniyat yaratilsa, inson albatta natijaga erishadi Jondor tumani “Oqtepa” mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Mahallada 3 210 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 53 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar, 51 ta oila esa "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan. Ijtimoiy xodim Malohat Maqsudova tomonidan fuqarolarning ehtiyojlari o‘rganilib, ularga individual yondashuv asosida zarur ijtimoiy xizmat va ko‘maklar ko‘rsatilmoqda. 🏓 Bugungi kunga qadar mahallada 14 nafar ehtiyojmand fuqaroga protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiyaning texnik vositalari taqdim etilgan. 18 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan, 3 nafar fuqaro adaptiv sportga jalb etilgan, 2 nafar fuqaro esa “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlangan. 🧮 Ana shunday amaliy yordam va e’tibor natijasida hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan oilalardan biri — O‘lmas Ro‘ziyev va Zahrobonu Itolovalar oilasidir. Er-xotinning har ikkisida II guruh nogironligi mavjud. Shunga qaramay, ular hayotda o‘z o‘rnini topish, mehnat qilish va oilasi farovonligini ta’minlashga intilib kelmoqda. Ijtimoiy xodim tomonidan O‘lmas Ro‘ziyevning qiziqishi va imkoniyatlari o‘rganilib, u adaptiv sportning stol tennisi turiga jalb etildi. Bu esa uning nafaqat jismoniy faolligini oshirish, balki jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ham imkon yaratdi. O‘lmas Ro‘ziyevning bandligini ta’minlash borasida ham amaliy choralar ko‘rildi. U “Varaxshogold” MCHJga ishga joylashtirildi. Shuningdek, miniloyiha asosida kosiblik kasbini egallash uchun ustozga shogirdlikka biriktirildi. Bugungi kunda esa O‘lmas Ro‘ziyev o‘rgangan hunari orqali mustaqil ravishda kosiblik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Oilaga ko‘rsatilgan ko‘mak buning o‘zi bilan cheklanib qolmadi. Chorvachilik bilan shug‘ullanish istagidan kelib chiqib, O‘lmas Ro‘ziyevga hokim yordamchisi ko‘magida chorvachilik uchun yer ajratildi. Oila bekasi Zahrobonu Itolovaning bandligi va kasbiy salohiyatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi. U bolalar massaji yo‘nalishida o‘qitilib, yangi kasbni egalladi. 😮 Mazkur oila misolida ko‘rish mumkinki, ijtimoiy xizmatning asosiy maqsadi faqat moddiy yoki bir martalik yordam ko‘rsatish emas. Eng muhimi, insonning mavjud imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, uni kasb-hunarga, mehnatga va faol hayotga yo‘naltirishdir. 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi qanday tayinlanadi? ✅ Endilikda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash jarayoni yanada qulay va avtomatlashtirilgan. 🖋 Elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgach, ma’lumotlar tizimga avtomatik kelib tushadi. Sug‘urta staji, rasmiy bandlik va daromad haqidagi ma’lumotlar davlat axborot tizimlari orqali tekshiriladi. ✅ Fuqarodan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. ✅ Barcha talablar bajarilganda, nafaqa proaktiv tarzda tayinlanadi. ✅ To‘lov “Baraka” tizimi orqali ochilgan virtual kartaga o‘tkaziladi. Buning uchun bankka borish shart emas, shunchaki “Baraka” mobil ilovasini yuklab olish kifoya. 🎬 Batafsil ma’lumotni videoroligimiz orqali bilib oling. 🤝 Ijtimoiy sug‘urta — muhim kunlaringizda moliyaviy himoyangiz! 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
🟦🟦 "BUXORONOMA" gazetasi "INSON QADRI VA IJTIMOIY ADOLAT" 🖋 Kogon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi Kamol Davronovning maqolasi bilan tanishing. 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi 📝Telegram
без подписи