tgindex
Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
24
Всего постов
223
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
20 423
−39 за 6 дн.
Сутки
−1
−0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
909
40 постов
Вовлечённость
4,5%
к подписчикам
Постов в день
3,4
всего 223
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
по 3 постам
1/24сутки в ленте
746
1/48двое суток
918
1/72трое суток
990

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 15 авг.6 610297

    без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.1 061512

    без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.1 352718

    без подписи

  • 14 авг.68255из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • без подписи

  • ⚡️ Elektr energiyasini tejash uchun 6 ta oddiy maslahat ✅ Elektr energiyasidan oqilona foydalanish orqali oilaviy xarajatlarni kamaytirish va energiya resurslarini tejash mumkin. 🔮 Uy sharoitida elektr energiyasini tejash bo‘yicha 6 ta oddiy va foydali tavsiya haqida videomizda batafsil ma’lumot beramiz. 🎬 Videoni tomosha qiling va elektr energiyasini tejashning samarali usullarini bilib oling! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash tartibi yanada takomillashtirilmoqda 🖋 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan homiladorlik va tug‘ish – “dekret”, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – “kasallik” nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi. ✅ Eng muhim o‘zgarishlar: ✅ 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Endi mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan o‘z hisobidan olingan ta’til, shuningdek kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi. ✅ Kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sug‘urta staji hisoblanadi. Oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari va undan ko‘p bo‘lsa – 1 oy, bir baravardan kam bo‘lsa – yarim oy sug‘urta staji sifatida hisobga olinadi. ✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi. 📌 Eng asosiy natija: yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 000 nafarga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi. ✅ Muhimi, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 13 maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi. ❗️ Yani, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi har bir yangi qadam orqali ko‘proq fuqaroni qamrab olish, past daromadli xodimlar va onalarning huquqini himoya qilish, ortiqcha cheklovlarni kamaytirish hamda nafaqalarni adolatli va shaffof tayinlash imkoniyatlari kengaymoqda. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • Bugun urushda nogiron bo’lgan shaxslar va ishtirokchilar, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaxslarning transportdan imtiyozli foydalanishini ta’minlashga qaratilgan muhim qaror imzolandi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab ushbu toifadagi fuqarolarga havo, temir yo‘l va shaharlararo avtobus transportidan bepul yoki 50 foiz chegirma asosida foydalanish imkoniyati beriladi. Havo transportida “ekonom” tarif, temir yo‘l transportida esa “ekonom”, platskart yoki kupeli joylar uchun imtiyozli chiptalar taqdim etiladi. Eng muhimi, imtiyozdan foydalanish uchun faqat ID-karta yoki biometrik pasport talab etiladi. Fuqaroning imtiyozli toifaga mansubligi “Yagona Milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali aniqlanadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab esa avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Baraka” mobil ilovasi orqali ham bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Transport xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi. Bu qarorning eng muhim jihati — imtiyozlarni fuqaroga yanada sodda va qulay shaklda yetkazishdir. Ortiqcha hujjat va ovora-garchiliklarsiz, raqamli tizimlar orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish — ijtimoiy himoya tizimini inson uchun qulay qilish yo‘lidagi muhim qadamdir. Telegram | Facebook | Instagram

  • 13 авг.1 026610

    🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan e'lon qilingan vakant o'rinlar uchun nomzodlar bilan suhbat jarayoni You-tube ijtimoiy tarmog'i orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilinmoqda. 🎞 Jarayonni kuzatib borish uchun havolaning ustiga bosing: https://www.youtube.com/watch?v=PND7fQeZfes