tgindex
"INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi

"INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi

Статистика

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari.

Последний пост
23 июл.
Последнее чтение
04:46
Постов за неделю
0
Всего постов
58
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
6 482
+19 за 5 дн.
Сутки
−3
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
13,2 тыс
40 постов
Вовлечённость
204,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 58
Упоминаний
17
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
33 274
1/48двое суток
38 132
1/72трое суток
41 126

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 23 июл.37,5 тыс627

    без подписи

  • 23 июл.38,3 тыс41624

    2026-yil 1-iyuldan nafaqa miqdorlari yangi tartibda 2026-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir hamda nogironlik nafaqalarining quyidagi miqdorlari amal qiladi: 👥 Bolalar nafaqasi: 1️⃣ 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun — 386 000 so‘m; 2️⃣ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun — 295 000 so‘m; 3️⃣ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 177 000 so‘m; 4️⃣ oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 118 000 so‘m. 🖋 Boshqa nafaqa va to‘lovlar: 1️⃣ moddiy yordam — 450 000 so‘m; 2️⃣ yoshga doir nafaqa — 878 000 so‘m; 3️⃣ nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga yoshga doir nafaqa — 878 000 so‘m; 4️⃣ I guruh nogironlik nafaqasi — 1 209 000 so‘m; 5️⃣ II guruh nogironlik nafaqasi — 1 083 000 so‘m. Mazkur oshirilish aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand qatlamlar turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 23 июл.3 8002261из ijtimoiyhimoya_agentligi

    📢 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari qaysi hollarda to‘xtatiladi? 🖋 Amaldagi tartibga ko‘ra, “Kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarga 2026-yilning fevral oyida tayinlangan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam to‘lovlarining 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi. Ushbu to‘lov ajratilishi davom etishi yoki to‘xtatilishida oilaning mehnatga layoqatli a’zolari bandligi asosiy mezon hisoblanadi. ❗️Qaysi hollarda nafaqa to‘xtatiladi? Agar oiladagi mehnatga layoqatli shaxs oxirgi 6 oy davomida rasmiy ishlamagan yoki Bandlik xizmatlari tomonidan taklif qilingan mos ishni 2 marta yoki undan ko‘p rad etgan bo‘lsa, nafaqa to‘lovi keyingi oydan (ya’ni avgustdan) boshlab to‘xtatiladi. ❗️ Nafaqa davom etishi uchun nima qilish kerak? ✅ To‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash uchun oiladagi mehnatga layoqatli shaxs quyidagilardan biri orqali rasmiy bandligini ko‘rsatishi zarur: ✅ Rasmiy ishga joylashish (mehnat shartnomasi asosida); ✅ Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash; ✅ O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan ijtimoiy soliqni to‘liq to‘lash. 📌 Eslatma: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam davlat tomonidan haqiqatan ham ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladi. Shuning uchun mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash muhim hisoblanadi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 3 июл.14,3 тыс20122

    #Bilasizmi? Nogironlik qanday belgilanadi? Bugungi kunda nogironlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori asosida elektron tizim orqali belgilanadi. ✅ Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) nogironlik guruhini, muddatini, o‘zgalar parvarishiga muhtojlikni hamda reabilitatsiya bo‘yicha tavsiyalarni qo‘lda belgilamaydi. ✅ Fuqaroning tibbiy hujjatlari elektron tizimga kiritiladi va nogironlik guruhi, muddati hamda zarur tavsiyalar amaldagi mezonlar asosida avtomatik aniqlanadi. ✅ Elektron tizim kasallikning kechishi, oqibatlari va tasdiqlangan mezonlarga muvofiq xulosa shakllantiradi. Nogironligi belgilangan shaxslar uchun: ✅ I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironlik belgilash mezonlarda nazarda tutilgan reabilitatsiya texnik vositalari hamda protez-ortopediya mahsulotlari bilan bepul ta’minlanadi. ✅ Shuningdek, ular Reabilitatsiya va protezlash markazlarida imtiyozli davolanish uchun order olish huquqiga ega. Shaffof, adolatli va raqamlashtirilgan tizim – fuqarolarga qulay xizmat ko‘rsatishning muhim kafolatidir. Batafsil ma'lumot olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki yaqin hududdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish mumkin. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 30 июн.5 13373из IHMA_matbuotkotibi

    #MatbuotRaqamlarda Ochiqlik, ishonch va samarali muloqot — Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishi 🧠 2023-yil 1-iyun kuni tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatining dastlabki kunlaridanoq aholini tezkor, xolis va ishonchli axborot bilan ta’minlash hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2026-yilning dastlabki olti oyi davomida Agentlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan 7 764 ta axborot materiali tayyorlandi va ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Ularning umumiy auditoriya qamrovi 34 million nafardan ziyodni tashkil etdi. Agentlik tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Insondan insongacha", "Inson mehri", "Ayol matonati", "NASP Talks", "Ijtimoiy xodimning bir kuni" kabi tele va medialoyihalar ijtimoiy himoyaning inson taqdiridagi ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazib kelmoqda. Agentlik faoliyati BBC, Euronews, UNICEF, Asia Times, Caspian Post va boshqa nufuzli xalqaro axborot platformalarida muntazam yoritilmoqda. "Haqqim bor" va "Qizimga" medialoyihalari esa qator xalqaro festivallarda yuqori baholanib, xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lida izchil faoliyatini davom ettiradi. 🎬Batafsil videoda… Telegram

  • 4 июн.7 57692из MansurbekOlloyorov

    #3ГодаМиллионыСудеб За три года система социальной защиты Узбекистана стала цифровой экосистемой, объединяющей данные, услуги и сервисы в единую платформу. Внедрение современных информационных систем позволило автоматизировать процессы, сократить бюрократические процедуры, повысить прозрачность и сделать социальную помощь более адресной и доступной. Сегодня граждане могут получать многие услуги быстрее и удобнее, а специалисты — принимать решения на основе актуальных данных и оперативно оказывать поддержку тем, кто в ней нуждается. В этом ролике — ключевые результаты цифровой трансформации системы социальной защиты за последние три года. Telegram | Facebook | Instagram

  • 2 июн.7 639156

    #natija Mehr va imkoniyatlar maskani: “Muruvvat”da 420 nafar bola tarbiyalanmoqda Toshkent shahar 2-sonli “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida bugungi kunda 420 nafar tarbiyalanuvchi istiqomat qilmoqda. Bu yer nafaqat parvarish, balki imkoniyatlar eshigi hamdir. Tarbiyalanuvchilar san’at, xonandalik va videokontent yaratish yo‘nalishlarida o‘z iste’dodlarini namoyon etib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilmoqda. Shuningdek, ular to‘qish, tikish va turli qo‘l mehnati orqali amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirib, kelajak uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. So‘nggi 8 oy davomida 15 nafar bolaning ijtimoiylashuvi ta’minlanib, ularning o‘z oilasiga qaytishiga erishildi. Bu esa olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasidir. Eng muhimi, bu maskandagi bolaning qalbida bitta orzu bor — oila bag‘rida yashash. Biz bilan qoling va yangiliklarni kuzatib boring! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 1 июн.5 53393из ijtimoiyhimoya_agentligi

    #Tez_kunda #IjtimoiyHimoya Nurotadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida 317 nafar fuqaro parvarishlanmoqda. Ular uchun munosib hayot kechirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklar hamda mehnat terapiyasi yo‘lga qo‘yilgan. 👥 Ijtimoiy xodimlar tomonidan parvarishlanuvchilar va ularning yaqinlari o‘rtasida muntazam videomuloqotlar tashkil etilmoqda. Natijada 98 nafar parvarishlanuvchining oilaviy aloqalari tiklandi, 19 nafari esa oila bag‘riga qaytarildi. ✅ Ayni paytda mustaqil hayot kechirish imkoniyati yuqori bo‘lgan 30 nafar parvarishlanuvchi alohida dastur asosida ijtimoiy hayotga tayyorlanmoqda. Nurotadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi faoliyati haqidagi maxsus videorolikni o‘tkazib yubormang! Biz bilan qoling va yangiliklarni kuzatib boring! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 28 мая6 5082310из ijtimoiyhimoya_agentligi

    #QurbonHayiti #Hududlardan_xabarlar ✅Mehr va saxovat ifodasi: Prezident qarori amalda 🖋Prezidentimizning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–196-son qarori asosida hududlarda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. 😮 Xususan, Namangan viloyatida 857 nafar bemor bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning davolanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, ehtiyojmand va parvarishga muhtoj 23 956 nafar fuqaroga 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. 👫 Bundan tashqari, 521 nafar yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘tkazilmoqda. ↗️ Mazkur chora-tadbirlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilmoqda. 🎬 Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 21 мая24,9 тыс35228

    Aziz fuqarolar va tadbirkorlar! 🧠 Agarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan, Sizga nisbatan: ✅ ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda; ✅ ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlashda; ✅ “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan moddiy yordam va subsidiyalarni ajratishda; ✅ nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda;  Sanatoriy va reabilitatsiya markazlariga yoʻllanmalar olish hamda Qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” uylarga joylashtirishda;  ijtimoiy reestrga kirish va imtiyozlardan foydalanishda; ✅ farzandlikka olish, vasiylik va homiylikni belgilashda; ✅ tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalanishda; ✅ yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlashda; ✅ inklyuziv taʼlim va adaptiv sport turlaridan foydalanishda; ✅ tizim tashkilotlariga ishga kirish va moliyaviy munosabatga kirishishda tamagirlik, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar sodir etilsa, Sizdan zudlik bilan Agentlikning 71-239-59-66 yoki 71-202-06-00 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Sizning xabaringiz va shaxsga doir maʼlumotlaringiz sir saqlanishi taʼminlanadi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 19 мая13,5 тыс1759

    Yoshga doir nafaqa kimlarga tayinlanadi? ❗️ Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga (7-yil ish stajiga) ega bo‘lmagan  keksa yoshdagi shaxslar yoshga doir nafaqa olish huquqiga ega. ✅ Yoshga doir nafaqa ayollar - 60 yoshga va erkaklar - 65 yoshga to‘lganda murojaat qilishlari mumkin. 😮 Fuqarolar yoshga doir nafaqa olish uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan quyidagi usullardan biri orqali murojaat qilishlari mumkin: ✅ Yashash hududidagi tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki o‘z mahallasidagi ijtimoiy xodimga; ✅ Baraka ilovasi orqali; ✅ My.ihma.uz sayti orqali; ✅ Davlat xizmatlari markazlariga; ✅ O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali. 🖋 Yoshga doir nafaqa tayinlash tizimi to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, fuqarolar birgina pasport asosida boshqa hech qanday qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmagan holda inson omilisiz amalga oshiriladi. 💵 Bugungi kunda nafaqa miqdori oyiga 820 000 so‘mni tashkil etadi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 25 апр.8 4722417из ijtimoiyhimoya_agentligi

    без подписи

  • 25 апр.8 2451314из ijtimoiyhimoya_agentligi

    без подписи

  • 25 апр.7 675415из ijtimoiyhimoya_agentligi

    без подписи

  • 25 апр.8 258517из ijtimoiyhimoya_agentligi

    без подписи

  • 25 апр.7 203414из ijtimoiyhimoya_agentligi

    без подписи

  • 25 апр.6 177514из ijtimoiyhimoya_agentligi

    без подписи

  • 22 апр.12,6 тыс2938

    ↗️IV bosqichli mexanizm: Superviziya va supervayzer faoliyatiga nazar 👥Ijtimoiy xodimlar har kuni murakkab holatlar bilan ishlaydi: oilalar, bolalar, muhtoj insonlar… 🤝Bu jarayonda supervayzer yordam beradi. U ijtimoiy xodimlarni o‘rgatadi, yo‘naltiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. 👩‍👩‍👧‍👦Superviziya — bu bilim almashish, tajriba o‘rganish va muammolarni birga hal qilish jarayoni. 😮Masalan, ijtimoiy xodim qiyin vaziyatga duch keldi. Supervayzer unga to‘g‘ri yondashuvni ko‘rsatadi. ✅Natijada — xodim kuchayadi, xizmat sifati oshadi, insonlar ko‘proq yordam oladi. ☺️Pop tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi supervayzeri Ziyoda Dabonova faoliyati misolida IV bosqichli mexanizm bilan qisqacha tanishishingiz mumkin. 🎬Batafsil videoda… 📝 Telegram   💻 Instagram 📝 Facebook  🎖 Sayt

  • 17 апр.20,1 тыс18

    без подписи

  • 17 апр.21,1 тыс20

    без подписи