MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABI SAMARQAND FILIALI | Rasmiy kanal
СтатистикаIXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB SAMARQAND FILIALINING RASMIY TELEGRAM KANALIGA XUSH KELIBSIZ! ✍️ Direktorga murojaat: @jmiyassarov_murojaat_bot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 312
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 97
- 1/48двое суток
- 111
- 1/72трое суток
- 119
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
🇺🇿 "Vatanim – faxrim" rasmlar tanlovi e'lon qilindi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Vatanim – faxrim" mavzusida rasmlar tanlovi e'lon qilindi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mustaqillik g‘oyalarini san'at orqali keng targ‘ib etishdir. Tanlovda o‘quvchilar o‘z tasavvurlari va iste'dodlarini namoyon etgan holda, ona Vatanimizning go‘zalligi, tinchligi, taraqqiyoti va mustaqillikning bebaho ne'matini aks ettiruvchi ijodiy ishlar bilan ishtirok etdilar. ⬇️Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 📷Instagram
👍IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, siz kutgan kun keldi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀 Endi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda. 📚IT olamining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganing! 💻 Vibe Coding 🤖 Prompt (AI) 🧠 Sun’iy intellekt 💻Data Science 🔐 Cyber Security 🎨UI/UX 🤖 AI Agent 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ] 🌐Taklif va murojatlar uchun. ⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishni o‘tkazib yubormang! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
⚔️ Eco-schools Uzbekistan loyihasining ishtirokchilari o‘rtasida juda qiziqarli va munozarali bahs bo‘lib o‘tdi. ⚡️ Ayrimlar chiqindilarni nazorat ostida yoqish yoki qayta ishlash orqali elektr energiyasini ishlab chiqaradigan chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish — Waste-to-Energy texnologiyasi tarafdori bo‘ldi. ⚛️ Boshqalar esa buning samaradorligiga shubha bilan qarashdi va zamonaviy atom elektr stansiyalarining unumdorlik darajasi bir necha barobar yuqori ekanligini bildirishdi. Ular qo‘shimcha afzalliklar qatoriga jarayonning uzluksizligini va ko‘p bosqichli xavfsizlik tizimini kiritib o‘tishdi. 🏁 Eko qurultoy yakunlangach, loyihalar davom ettirilishi mumkin... ❓ Siz kimning tarafidasiz? ~~~ ⚔️ Очень интересный и неоднозначный батл разыгрался между участниками проекта Eco-schools Uzbekistan. ⚡️ Одни топили за постройку мусороперерабатывающих заводов, которые производят электроэнергию путем контролируемого сжигания или переработки отходов — технология Waste-to-Energy. ⚛️ Другие сомневались в эффективности и говорили что уровень производительности современных АЭС многократно выше. К дополнительным плюсам ребята отнесли непрерывность процесса и многоуровневую систему безопасности. 🏁 По окончанию Эко курултая проекты ребят могут получить продолжение… ❓ А вы на чьей стороне? #WasteToEnergy #SafeNuclear #CleanEnergy #CircularEconomy #SustainableDevelopment 😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🏅Xalqaro olimpiadada oltin medal – Hong Kong yoʻllanmasi! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali 7-"D" sinf o‘quvchisi Rashitova Maftuna xalqaro miqyosdagi Asian Champions League Uzbekistan 2026 Qualification Round olimpiadasida yuqori natija qayd etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi. Mazkur muvaffaqiyat natijasida Maftuna xalqaro final bosqichi Hong Kong shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu yuksak yutuq bilan o‘quvchimizni, uning ota-onasini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz! Maftunaga xalqaro final bosqichida ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yurtimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishini tilab qolamiz. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali jamoasi o‘quvchimizning navbatdagi yutuqlarini intiqlik bilan kutadi. 🇺🇿🥇
Ихтисослаштирилган мактаблар: билим, иқтидор ва маҳорат бирлашган маскан ——- Ixtisoslashtirilgan maktablar: bilim, iqtidor va mahorat birlashgan maskan Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/kuoy Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Instagram | Youtube
💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman. So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda, ustozlarimiz esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ta’lim tizimiga tatbiq etmoqda. Ishonamanki, ta’lim sohasidagi ana shunday hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu fursatdan foydalanib, ushbu sharafli yo‘lda yelkadosh bo‘lib kelayotgan barcha hamkasblarimga, ustozlarimizga, xalqaro hamkorlarimizga, ota-onalar va aziz o‘quvchilarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. ➡️ Rasmiy sahifalar
⚡️Maktab mavsumi yaqin: O‘quvchilar immunitetini oshirish bo‘yicha shifokor tavsiyalari 🗓 Hademay yangi o‘quv yili boshlanadi. Qolaversa, oldimizda — kuz fasli. Demak, qariyb uch oylik tanaffusdan so‘ng bolalar organizmi yana o‘quv mavsumiga, maktab rejimiga moslashishi kerak. ❓Xo‘sh, buning uchun shifokorlar ota-onalarga qanday tavsiyalar beradi? 👩🏻⚕️Noiba AZIMOVA, pediatr-shifokor: ▶️ — Immun tizimi — organizmni turli mikrob va infeksiyalardan himoyalovchi qalqon, — deydi mutaxassis. — O‘g‘il-qizlarning tez-tez betob bo‘lishi, xastalik ko‘p qaytalanishi — ularda immunitet zaifligi belgisi. 📌 Bunga ko‘pincha maktab o‘quvchilari tanasida vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu, noto‘g‘ri ovqatlanish va doimiy psixologik stress sabab bo‘ladi. 🔎 Chunki maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlar organizmi ma’lum ritmlarga moslashadi. Shu bois bolani yoshligidanoq rejimga ko‘niktirgan ma’qul. Bu — immunitetni mustahkamlashda muhim omil. 🕰 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kechqurun soat 21:00 da uyquga yotib, ertalab soat 7:00 da turishi maqsadga muvofiq. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun yotish vaqti bir soat – 22:00 gacha surilishi mumkin. 📲🚫 Uxlashdan avval kompyuter, planshet yoki telefondan foydalanish uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Bu esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi. Oqibatda bolada turli kasalliklarga moyillik paydo bo‘ladi. 🔬Qolaversa, me’yoriy hordiq immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm jarayoni jadallashib, kichkintoylar ayni shu soatlarda yaxshi o‘sadi. 🥙 Yana bir muhim tavsiya: bola kuniga kamida 4 marta taomlanishi, ya’ni soat 7:30-8:00 da nonushta, 10:30-11:30 da issiq nonushta, 14:00-15:00 da tushlik qilishi, 19:00-19:30da kechki ovqat tanavvul qilishi maqsadga muvofiq. 🍔❌ Fast-fud, tezpishar taomlar, gazlangan ichimliklar, “snek”lar, turli shirinliklar o‘quvchilar organizmini tabiiy vitamin va minerallardan mahrum qilishidan tashqari, har jihatdan sog‘lom o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 🍎🥒 Yodlangan osh tuzi, sarxil meva-sabzavotlar iste’moli, suv balansi farzandlarimiz salomatligi uchun muhim. Immunitetni oshirishda tabiiy antioksidant vazifasini o‘tovchi asal va viruslarga qarshi samarali kurashadigan sarimsoq piyozning foydasi katta. 🥕🥔 A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshka, gripp va nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda qo‘l keladigan Ye vitaminiga boy yong‘oqlar, albatta, bolalar rasionida bo‘lishi maqsadga мувофиқ. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati. ⬇️Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 📷Instagram
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi. ⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi. Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi. ✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🇺🇿 MUSTAQILLIK SARI – 35 KUN Bugundan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali Telegram kanalida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik sari – 35 kun” maxsus loyihasini boshlaymiz. Har kuni ushbu rukn orqali mustaqillik tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar, Vatanimiz taraqqiyoti, ta’limdagi yutuqlar hamda yoshlarimiz muvaffaqiyatlari bilan tanishib borasiz. 🇺🇿 Mustaqillik – faxrimiz, kelajak – qo’limizda! #Mustaqillik35 #MustaqillikSari35Kun #YangiOzbekiston #MuhammadAlXorazmiy #Samarqand
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABI SAMARQAND FILIALI | Rasmiy kanal pinned a photo
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи