Samarqand|Paxtachi tuman IMI
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy kanali
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 100
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 191
- 1/48двое суток
- 218
- 1/72трое суток
- 236
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🐾 Mehr-oqibat va mas’uliyat — barkamol avlod tarbiyasining muhim mezoni 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tabiatga, atrof-muhitga hamda barcha tirik mavjudotlarga nisbatan mehr-oqibat, mas’uliyat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda mamlakatimizda ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olish va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash borasida muhim huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik normalari kuchga kirdi. Endilikda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi, takror sodir etilgan holatlar uchun esa jinoiy javobgarlik belgilandi. Mazkur o‘zgarishlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyatimizda mehr-shafqat, insonparvarlik va barcha tirik mavjudotlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, ezgulik va insonparvarlik oilada boshlanadi, ta’lim muassasasida mustahkamlanadi va jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi. Mehribon, mas’uliyatli va yuksak ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazish esa barchamizning umumiy vazifamizdir. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📍 PAXTACHIDA GROWX'NING YANGI MAVSUMIGA RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI! 🚀Paxtachi yoshlari, navbat sizda! Agar siz o'zingizni rivojlantirishni, yangi do'stlar orttirishni va oddiy tadbirlardan butunlay boshqacha tajribani boshdan kechirishni istasangiz — GrowX aynan siz uchun. 🌱 GrowX nima? GrowX — bu seminar ham emas, oddiy trening ham emas. Bu — yoshlarning soft skill'larini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyiha bo'lib, unda siz nazariyani emas, amaliyotni boshdan kechirasiz. Bu yerda siz: 🧠 kreativ fikrlashni, 🤝 jamoada ishlashni, 🎤 erkin muloqot qilishni, 💡 muammolarga noodatiy yechim topishni, ⭐️ liderlik va o'ziga ishonchni... ...zerikarli ma'ruzalar orqali emas, balki maxsus ishlab chiqilgan noodatiy o'yinlar, challenge'lar va interaktiv mashg'ulotlar orqali rivojlantirasiz. Har bir vazifa sizni o'ylashga, qaror qabul qilishga va o'zingizni yangi tomondan kashf etishga majbur qiladi. GrowX — bu shunchaki tadbir emas. Bu sizning rivojlanish sayohatingizning boshlanishi. 📅 Sana: 16-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Paxtachi tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internati. ✨ Sizni nimalar kutmoqda? • Noodatiy va qiziqarli rivojlantiruvchi o'yinlar; • Kuchli atmosfera va yangi tanishuvlar; • Jamoaviy challenge'lar; • Esda qoladigan tajriba va unutilmas hissiyotlar; • Eng faol ishtirokchilar uchun maxsus imkoniyatlar. 📌 Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting va GrowX oilasining bir qismiga aylaning! 🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/WLcYtvQk5jB8zMN49 (Ushbu havolani tòldiring) Telegram kanalimizga obuna bòlishni unutmang : @growx_paxtachi
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinadi? Agentlik natijalar kechikishiga izoh berdi Batafsil: https://talimxabarlari.uz/75730/ 🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Bilimdonlar, yangi mavsumga tayyormisiz? Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz! Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati; 👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati. Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 1. @yoshkitobxon_bot 2. @kitobxonoila_bot Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich. Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 #imtihon_natijalari #Samarqand_PM 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ ⬇️Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram | 📷Instagram
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qiladi: ✅ Texnologiya fani ✅ Rus tili fani 📆 Hujjatlar qabuli: 20-iyundan 9-iyulga qadar. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: http://vacancy.piima.uz 📎 Talab qilinadigan hujjatlar: 🪪 Pasport nusxasi; 🎓 Oliy pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr yoki magistr); 🧾 Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka); 📄 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa, ustunlik beradi). ⚡️ Sizdek fidoyi ustozlarni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnunmiz! Biz👉https://t.me/Paxtachi_IM
#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari 🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00. ⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi! 🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 DIQQAT, E’LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI. ✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. 👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Paxtachi_tuman_IMI #KelajakLideri 🎓🌟 Faxrli e’tirof! 🌟🎓 Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining iqtidorli o‘quvchisi Shavkatov Javlon 10-sinfning o‘zidayoq turli fanlardan qo‘lga kiritgan sertifikatlari jamlanmasi orqali maksimal 189 ball to‘plab, talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi! 🏆📚 Bu yutuq Javlonning tinimsiz mehnati, qat’iyati, bilimga bo‘lgan cheksiz intilishi va ustozlarining fidokorona mehnati samarasi hisoblanadi. 👏 Azm-u shijoat, mehnat va bilimning natijasi mana shunday buyuk zafarlarga yetaklaydi! Javlonning bugungi muvaffaqiyati tengdoshlariga ham ulkan motivatsiya va yorqin namuna bo‘lib xizmat qiladi. 🌟 10-sinfdayoq talabalik sari qo‘yilgan dadil qadam — kelajakdagi ulkan zafarlarga poydevordir! Biz👉https://t.me/Paxtachi_IM
📢 Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qiladi: ✅ Texnologiya fani ✅ Rus tili fani 📆 Hujjatlar qabuli: 20-iyundan 9-iyulga qadar. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: http://vacancy.piima.uz 📎 Talab qilinadigan hujjatlar: 🪪 Pasport nusxasi; 🎓 Oliy pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr yoki magistr); 🧾 Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka); 📄 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa, ustunlik beradi). ⚡️ Sizdek fidoyi ustozlarni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnunmiz! Biz👉https://t.me/Paxtachi_IM
без подписи
#Paxtachi_tuman_IMI #IELTS7 #CEFRC1 🎉 XUSHXABAR! YANA BIR ULKAN YUTUQ! 🎉 Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Muhammad xalqaro IELTS imtihonidan 7.0 ball to‘plab, CEFR C1 darajasini qo‘lga kiritdi! 🇬🇧📚🏆 Bu yuksak natija Muhammadning tinimsiz mehnati, qat’iyati va bilimga bo‘lgan intilishi, shuningdek, ingliz tili fani ustozlarining fidokorona mehnati, sabr-toqati va puxta tayyorgarligi samarasi hisoblanadi. 👏 Baxtiyorov Muhammadni ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Ustozlarimizga esa cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida bundan-da baland marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz! 🌟 Mehnatning mevasi – yuksak natija! Biz👉https://t.me/Paxtachi_IM
без подписи
без подписи