FVMMTB - Rasmiy kanali
СтатистикаFarg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari
- Последний пост
- 17:34
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 39
- Всего постов
- 206
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 536
- 1/48двое суток
- 1 760
- 1/72трое суток
- 1 898
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. 📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. ⚡Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. ➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: 🔷 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; 🔷 Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: 🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; 🔷 Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; 🔷 Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; 🔷 aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; 🔷qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; 🔷 Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; 🔷 Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. ➕Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. ✅Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. ✅Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. ✅Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. ⛔Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV biz haqimizda 💎Narkojinoyatning sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish holati o‘rganilmoqda. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
💎Farg‘onada 12 yoshli o‘quvchi IELTS’dan 7,5 ball oldi 📊Dang‘ara tumanidagi 8-maktabning 6-sinf bitiruvchisi Muhammadrizo Jamoliddinov IELTS imtihonida 7,5 ball natija qayd etib, C1 darajasini qo‘lga kiritdi. 🔰Muhammadrizo C1 darajasiga erishish uchun CEFR imtihonini bir necha bor topshirib, B2 darajasida qolgan bo‘lsa-da, maqsadidan voz kechmadi. ♻️Uning qat’iyati va mehnati nihoyat yuksak natija bilan taqdirlandi. ✔️Yosh iqtidor egasi kelgusi yilda IELTS’dan 8,5 ball olish, SAT sertifikatini qo‘lga kiritish hamda dunyoning nufuzli universitetlaridan birida tahsil olishni maqsad qilgan. 🟢Muhammadrizoni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Kelajakdagi katta marralar sari omad tilaymiz! Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursida o'qish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga! Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz. Kurs haqida 📚 O‘qish muddati: 7 oy 🟢 2 oy — oflayn 🟢 5 oy — onlayn 💳 Kontrakt miqdori: 11 600 000 so‘m Darslar talabgorlar soni 25–30 nafarga yetganda va kontrakt to‘lovining 50 foizi oldindan to‘langanda boshlanadi. Kursga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlar qabul qilinadi: Oliy ma’lumotli mutaxassislar (Oliy ta'lim muassasalarini 5 yillik davrida tamomlaganlar) 1. Oliy pedagogik ma’lumotga ega mutaxassislar Bakalavr darajasiga ega bitiruvchilar 1. Pedagogik ma’lumotga ega bakalavrlar Qayta tayyorlash kurslarida tahsil olib, umumta’lim maktablarida amaliyotchi psixolog bo'lib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ling! 📌 Hujjatlar retrain.uzedu.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🌿 Kasbiy rivojlanish sari muhim qadamni bugundan boshlang! Murojaat uchun: +998906303055 Zohidjon Bakirov +998911175507 Azamatjon Omonov @fargona_vpmm
Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir. Abdulla Avloniy
✅✅✅✅ 🔴 Ayni damda Xorazmda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Hay’at yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati va tuman (shahar) bo’linmalari mas’ullari qatnashmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktablarga tarqatilayotgan darsliklar kim tomonidan yetkazib berilishi kerak?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Mazkur xabarda Farg‘ona shahridagi umumta’lim maktablariga darsliklarni kim yetkazib berayotgani, ushbu jarayonga pedagog va o‘qituvchilar jalb etilayotgani yoki etilmayotgani yuzasidan savollar ilgari surilgan. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2026–2027-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun 4 ta ta’lim tili — o‘zbek, rus, qirg‘iz va tojik tillarida jami 10 370 118 dona darslik va o‘quv-metodik majmualarga buyurtma berilgan. Mazkur buyurtmalar asosida darsliklar vazirlik tomonidan “Ta’minot va logistika xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatining viloyat filiali orqali umumta’lim maktablariga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinf o‘quvchilari uchun: ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar — 77 898 to‘plam; ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar — 9 298 to‘plam; ta’lim qirg‘iz tilida olib boriladigan maktablar — 56 to‘plam; ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktablar — 1 639 to‘plam jami 88 891 to‘plam darslik yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga qadar 2 844 978 dona darslik “Ta’minot va logistika xizmati” MChJ bazasiga yetkazilgan bo‘lib, 12-avgust holatiga 1 990 856 dona darslik umumta’lim maktablariga yetkazib berilgan. Hozirda buyurtmalar asosida darsliklarni yetkazib berish ishlari kunlik tartibda davom ettirilmoqda. Ta’minot bazasiga kelib tushayotgan darsliklar bir vaqtning o‘zida umumta’lim maktablariga bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda. Muhimi, darsliklarni maktablarga yetkazib berish va tarqatish jarayoniga maktab pedagoglari va o‘qituvchilari jalb etilmayotganini ma’lum qilamiz. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda o‘qituvchilar darsliklarni tashish yoki yetkazib berish ishlariga jalb etilayotgani haqidagi savollarga aniqlik kiritib, mazkur ishlar belgilangan tartibda mas’ul ta’minot va logistika tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotganini bildiramiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, jumladan, o‘quvchilarni zarur darslik va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlash masalasi doimiy nazoratga olingan. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
💎“Suvni asraymiz — kelajakni asraymiz” 📍Beshariq tumanidagi 35-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish davri hamda “Suvni asraymiz — kelajakni asraymiz” oyligi doirasida “Suv bayrami” tashkil etildi. ⌛Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga suvni tejash, undan oqilona foydalanish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati tushuntirildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи