MMTV | Dilfuza Sobirova
СтатистикаМактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Ахборот хизмати раҳбари. Head of the Information Service of the Ministry of Preschool and School Education. Writer, translator. MMTV расмий сайти: www.uzedu.uz Murojaat uchun tel.:tel: 71 202 09 09
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 08:16
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 694
- 1/48двое суток
- 5 379
- 1/72трое суток
- 5 801
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar o‘rtasida boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qo‘shma qarori bilan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur Nizomning 15-bandida “boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha taʼlim olganligi inobatga olinadi” deya qayd etilgan. Mazkur band boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim va tarbiya sifatini oshirish hamda dars soatlari taqsimotidagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida kiritilgan. 7–10 yoshli bolalarda tushunchalarni idrok etish va fanlarni o‘zlashtirish jarayoni yuqori sinf o‘quvchilarinikidan tubdan farq qiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan fanlar xususan, jismoniy tarbiya alohida boshlang‘ich taʼlim metodikasini talab etadi. Yangi tartib bilan o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha taʼlim olgan bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Taʼkidlash joizki, boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya metodikasi bo‘yicha taʼlim olgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari dars o‘tish huquqiga ega. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram
✅✅✅✅ #1_kun 🔴 “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning birinchi kun jarayonlaridan videolavha. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram X
Maktab sumkasining og‘irligi qancha bo‘lishi kerak? ➖ 1-sinf o‘quvchilarining darsliklari og‘irligi qancha bo‘lishi kerak? ➖ 1 kunlik dars soatlarida o‘quvchilar maktabga qancha og‘irlikdagi kitob va daftarlarni olib borishadi? Ko‘pchilikni qiziqtiradigan ushbu savollarga batafsil javoblar videolavhada. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram X
#No_comment #Press_tur ✅ 2026-2027- o‘quv yili uchun "Prezident sovg‘asi" karvoni yo‘lga tushdi. 🌐 Press-turdan VIDEOLAVHA. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram X
🌌 Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan Xalqaro informatika olimpiadasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. ⚜️Shu munosabat bilan 6-avgust kuni soat 11:00 da 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi. ✅Matbuot anjumanida Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov hamda boshqa masʼul rahbarlar ishtirok etib, olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni, ishtirokchilar koʻlami va tadbir dasturi yuzasidan maʼlumot berishadi. 📈Vaqti: 6-avgust, soat 11:00; 🗺Joyi: Milliy matbuot markazi. 🗺 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy koʻchasi, 16-uy ❗️Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillarini taklif etamiz. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
##MehrUlashing ✅ Hayvonlar ham tabiatning bir boʻlagi. Ularga gʻamxoʻrlik va mehribonlik qilish har bir kishining insoniylik burchidir. ➖ Bugun bu beozor jonivorlarga har tomonlama mehr koʻrsatish, yashashlari uchun munosib sharoitlarni yaratish va eng muhimi, ularga ozor yetkazmaslik barchamizning oldimizda turgan vazifalardan biriga aylanib bormoqda. 👉 Videolavhada Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi binosida parvarishlanayotgan jonivorlar aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram X
видео или голосовое, без подписи
#видеоқўлланма #Qabul_2026 ✅ 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoniga doir videoqo‘llanma 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Davlatimiz rahbarining e’tibori va ustozlar fidoyiligi mujassam bo‘lgan tanlov Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk bora o‘tkazilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi nafaqat ta’lim tizimida, balki butun jamiyatimiz hayotida o‘ziga xos tarixiy voqelikka aylandi. E’tiborlisi shundaki, bu tanlovda odatiy o‘rinlar bo‘lmaydi — yurtimizning 208 ta tuman va shahridan saralangan 208 nafar fidoyi muallimning har biri Prezidentimiz tomonidan BHMning 1400 baravari miqdoridagi (bugungi kunda bu mablag‘ 576 million 800 ming so‘mni tashkil etadi) mukofot bilan taqdirlanadi! Bizning eng katta boyligimiz — aynan shunday salohiyatli, zahmatkash ustozlarimizdir. ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
RASMIY IZOH Oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlarini taqsimlashda oʻzgartirishlar kiritilganligiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: 2025-yilning 28-oktabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli qoʻshma qarori bilan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, 3271-1 raqam bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan asosiy maqsad, oʻqituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlash talablarini soddalashtirish va jarayonni yanada shaffof hamda adolatli tashkil etishdan iborat. Aniqroq aytganda, shu vaqtga qadar amalda boʻlgan dars taqsimoti ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirildi. Bu oʻzgarishlar koʻp sonli oʻqituvchilarning takliflari asosida amalga oshirildi. Xususan, barcha oʻqituvchilar uchun birdek imkoniyat yaratish maqsadida “TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar” yoki “Xalqaro va asosiy fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar” kabi mezonlar chiqarib tashlandi. Sababi bunday imkoniyatlardan har bir pedagog foydalana olmaydi. Shu bois, yangi tartib boʻyicha dars soatlarini taqsimot qilishda asosiy eʼtibor natija koʻrsatgan raqabatdosh hamda fanni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga va zamonaviy kompetensiyalarga ega oʻqituvchining kasbiy salohiyati va natijasiga qaratilgan. Natijada dars soatlarini taqsimlashda oʻz ustida ishlaydigan, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan va sifatli taʼlim bera oladigan oʻqituvchilarga birinchi navbatda dars soatlari berish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali tajribali oʻqituvchilar tomonidan sifatli taʼlim berilishi taʼminlanadi, shuningdek, oʻquvchilarning bilim natijalarini yaxshilash hamda maktablarda taʼlim sifati oshishiga xizmat qiladi. Yangi oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladigan mazkur tartib maktablarda dars soatlari taqsimotida pedagogning kasbiy salohiyatini munosib baholash, natijaga asoslangan kadrlar tayyorlash siyosati yoʻlga qo‘yishda muhim jihatdir. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, Hurmatli Prezident! ❤ Telegram X
#IChO_2026 бўйича охирги постим☺️ Тадбир ҳақида қанча кўп гапирсам ҳам кам аслида. Бу тадбир бизнинг медиа жамоа учун катта мактаб бўлди. Бу қадар кенг масштабдаги тадбирларни ўтказишда энди бизнинг ҳам тажрибамиз етарли деб бемалол айта оламан! Чунки жамоамизнинг ҳар бир аъзоси ўзига белгиланган вазифани сидқидилдан бажарди. Табиийки, бу каби тадбирларни сифатли, жаҳон стандартларига мос тарзда ёритиш учун катта жамоа керак. Шу мақсадда, 📍 Вазирлик Ахборот хизмати, 📍 Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги, 📍 Фан олимпиадалари маркази, 📍 A.Авлоний номидаги педагогик маҳорат миллий институти, 📍 Келажак марказлари, 📍 Янги Ўзбекистон университети матбуот хизматлари ходимлари бир жамоа бўлиб ҳаракат қилдик. Зиммамиздаги вазифани амалга оширишда жамоамизнинг ҳар бир вакилининг ўрни беқиёс! Бир сўз билан айтганда биз буни уддаладик!!! Уни қандай амалга оширганимиз, эса фақат ўзимизга аён)) Уриш-жанжаллар, ҳазиллар, "истерический смех"лару, кўз ёшлар, "олимпиададан омон чиққанлар" деган "значок" ясатиш ғоясию, тонгга қадар давом этган монтажларда ухлаб қолмаслик "чора"ларини бир умр унутмаслигимиз аниқ. Тажрибаларни йиғиб, тадбир ўтказиш бўйича қўлланма ёзсам, киритарман ҳаммасини)) P/S. 58-Халқаро кимё олимпиадасининг тақдирлаш тадбиридан энг ҳаяжонли лавҳаларни видеороликда кўришингиз мумкин. ❤ Telegram X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Fakt24 | 15.07.2026 10 ming nafardan ortiq o‘quvchi milliy sertifikatga ega bo‘ldi mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x
MMTV | Dilfuza Sobirova pinned «RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Rayyona kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi tomonidan tarbiyalanuvchiga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lingani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan…»