Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
СтатистикаБухоро давлат университети ректори Обиджон Хамидовнинг телеграм канали Facebook: /obidjon.khamidov.98 Вазирлик телеграм канали - @eduuz Университет телеграм канали - @buxdu_uz
- Последний пост
- 07:29
- Последнее чтение
- 12:33
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 128
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 365
- 1/48двое суток
- 1 564
- 1/72трое суток
- 1 687
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Rektor_tabrigi AZIZ YOSHLAR, BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI BO‘LGANINGIZ MUBORAK! Qadrli yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka qabul natijalari e’lon qilinib, minglab yoshlar hayotida yangi sahifa ochildi. Ana shunday baxtga muyassar bo‘lib, Buxoro davlat universiteti talabasi degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan barcha yoshlarni universitetimiz jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman! Buxoro davlat universitetini tanlaganingiz - katta maqsadlar sari qo‘yilgan muhim qadam. Endilikda siz asrlardan buyon ilm-ma’rifat qadrlangan Buxoro zaminida shakllangan boy akademik an’analar, zamonaviy ta’lim va ilmiy izlanishlar muhitining bir qismiga aylandingiz. Bugundan boshlab sizning zimmangizda yangi mas’uliyat ham bor. Talabalik - faqat auditoriyada bilim olish emas. Bu - mustaqil fikrlashni o‘rganish, o‘z ustingizda ishlash, yangi g‘oyalar yaratish, tashabbus ko‘rsatish va kelajak kasbingiz uchun mustahkam poydevor qurish davri. Bugungi dunyo tez o‘zgarmoqda. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar barcha kasb va sohalarga yangicha talablarni olib kirmoqda. Shu sababli sizlardan faqat o‘z mutaxassisligingizni puxta egallash emas, balki xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, tadqiqot olib borish va global fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni kutamiz. Buxoro davlat universitetida sizning bilim olishingiz, ilmiy va ijodiy salohiyatingizni namoyon etishingiz, xalqaro dasturlarda qatnashishingiz, yangi loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishingiz uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarning haqiqiy natijaga aylanishi esa, avvalo, sizning intilishingiz, mehnatingiz va tashabbusingizga bog‘liq. Aziz talabalar! Universitetga ilk qadam qo‘ygan kundanoq oldingizga katta maqsadlar qo‘ying. Vaqtni qadrlang, ustozlaringizdan o‘rganing, izlanishdan cho‘chimang. BuxDUdagi har bir kuningiz kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun muhim sarmoya bo‘lsin. Ishonamanki, bugun universitetimiz safiga qo‘shilayotgan yoshlar orasidan kelajakda yetuk olimlar, zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar, tadbirkorlar, pedagoglar va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan fidoyi insonlar yetishib chiqadi. Sizlarni talabalik maqomiga erishganingiz hamda yangi hayot bosqichini boshlayotganingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman! Buxoro davlat universitetiga xush kelibsiz! Talabalik yillaringiz bilim, izlanish, unutilmas lahzalar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin! Hurmat bilan, Obidjon Xamidov Buxoro davlat universiteti rektori, professor Bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Telegram 🌐 Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🔵Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taniqli olimlari ishtirokida ilmiy muloqot tashkil etildi ➡️Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti akademigi O‘tkir Roziqov hamda S.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Qodir Gʻulomov ishtirok etdi. Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, mavjud infratuzilmasi hamda istiqboldagi rivojlanish loyihalari bilan tanishtirdi. ⌛Xususan, universitet hududida bunyod etilayotgan yangi kampus loyihasi haqida ma’lumot berildi. Yangi kampusda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. 💬Akademiklar universitetda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo‘linmasi faoliyati bilan ham tanishdilar. Mehmonlarga bo‘linmada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar natijalari va yosh olimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. ℹ️Shundan so‘ng professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirokida ilmiy uchrashuv o‘tkazildi. ✔️Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy tajriba almashish, yosh olim va talabalarning ilm-fanga qiziqishini oshirish hamda ularni fundamental tadqiqotlarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔼Muloqot yakunida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar va talabalar akademiklarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taniqli olimlar bilan bevosita fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🔖Bunday ilmiy uchrashuvlar yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, fundamental tadqiqotlarga qiziqishni oshirish hamda ta’lim va ilm-fan o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 📸 Tohir Istatov olgan suratlar. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи